Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet4/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Har bir soha rivojida ilm-fanning tutgan o‘rni beqiyosdir.
Ya’ni, ta’lim sohasining samaradorligi davlat taraqqiyotining ishonchli kafolati sanaladi. Shu ma’noda, davlat har bir shaxsning chuqur va puxta bilim olishi uchun keng qamrovli imkoniyatlar yaratib beradi.
Xususan, nogironligi bo‘lgan insonlarning ta’lim olishi bo‘yicha ham hukumat zarur davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularni bosqichma-bosqich amaliyotga kiritadi. Bu kabi davlat dasturlarining amaliyotga tatbiq etilishi jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning ta’lim olish sifati oshishiga xizmat qiladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, alohida ehtiyojli insonlar uchun ta’lim sohasi ular hayotining muhim sharti sifatida qabul qilinadi.
Biz o‘z tadqiqot ishimizda kuzatish, taqqoslash hamda tahlil qilish metodlari va VENN diagrammasidan keng foydalandik. Tadqiqotlarimiz natijasida O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim metodologiyasi bir qator o‘ziga xos xususiyatlar va yondashuvlarga ega ekanligi aniqlandi (1-rasm).




1-rasm: O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni tashkil etish xususiyatlari

Ijtimoiy muhitga moslashuv – bunda, nogironlarning ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda atrof-muhit hal qiluvchi o‘rin egallaydi.
Tartibga solish – ushbu yondashuvda ta’lim sohasining tartibga solinishi va boshqarilishi tushuniladi.
Ijtimoiy yondashuv nogiron o‘quvchilarning jamiyatga integratsiyalashuvini nazarda tutadi.
Assotsiatsiyaviy yondashuv inklyuziv ta’limning yakuniy maqsadi nogiron o‘quvchi shaxsining moslashuvchan salohiyatini oshirish ekanligini tushunishga asoslanadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv nogiron o‘quvchining shaxsiy qiziqishlari, ehtiyojlari va qobiliyatlarini hisobga olishga qaratilgan. Bu yerda dinamika shaxsiy yo‘nalishlarning shakllanishini hisobga olishi muhimdir. Ya’ni, nogiron o‘quvchi ham odatdagi shaxs kabi o‘quv jarayonida rivojlanishi, uning shaxsiy yo‘nalishlari, ehtiyojlari va imkoniyatlari o‘zgarishini hisobga olish kerak.

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling