Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi?


Download 3.1 Mb.
bet2/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi?
- o‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etish;
- mustaqil harakatlanish;
- hamkorlikda ishlash imkoniyati;
- dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi;
- o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari ortadi;
- o‘zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi;
- ilgari o‘ziga sezilmagan imkoniyatlarini seza boshlaydi;
- yotsirash, yakkalanish kabi holatlar yo‘qoladi.
Inklyuziv ta’lim sog‘lom bolalar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
- O‘zlariga o‘xshamagan tengdoshlari borligini va ularning alohida ehtiyojlarini his qiladilar.
- Tengdoshlariga g‘amxo‘rlik qilish hissi uyg‘onadi.
- Alohida ehtiyojga ega bolalarni qo‘llab-quvvatlash, yordam berishga intilish –insonparvarlik hissi tarbiyalanadi.
- O‘quvchilarda atrofdagi insonlarga, imkoniyati cheklanganlarga yaxshi munosabat, o‘zaro hurmat tarbiyalanadi.
- Yordamga muhtoj insonlarga e’tiborsizlik qilmaslikka o‘rganishadi.
Inklyuziv taʼlim jarayonida ota-onalar bilan ishlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-onalarga ularning farzandlari jamiyatning bir boʻlagi boʻlish huquqiga ega ekanini tushuntirish, bu ishonchni ularning ongiga yetkazish kerak.
Shuningdek, 2021-2022-oʻquv yilida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida majburiy oʻrta taʼlim 11 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonli bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab internatlarda 9 yillik muddatlarda amalga oshiriladi. Shuningdek, ularni kasbga oʻqitish kurslari tashkil etilib, bitiruvchilarga sertifikat beriladi.
Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilishga har tomonlama sharoit yaratilmoqda. Inklyuziv taʼlimni butun mamlakat boʻylab rivojlantirishga qaratilgan islohotlar bunga amaliy misol boʻladi4.
Hech kimga sir emaski, imkoniyati cheklangan bolalar va balog‘at yoshiga yetganlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, etnik va jismoniy kelib chiqishi oddiy odamlarga solishtirganda ma’lum bir to‘siqlarga ega.
Imkoniyati cheklangan bolalar bu kabi holatlardan psixologik va hayotiy travmalar olishadi. Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakat aholisining kambag‘allik to‘g‘risidagi ko‘rsatkichining qariyb 62 % i imkoniyati cheklangan aholi hissasiga to‘g‘ri kelyapti. Ushbu vaziyatni yanada chuqurroq o‘rganish uchun Lisa Jordan, Victor Santiago Pineda, Helen Meekosha, David Mugawe, Natasha Graham va Natalia Raileanu5 kabi tadqiqotchilar imkoniyati cheklangan insonlarning tarixiga nazar soldilar. Olib borilgan so‘rovnomalar va izlanishlar natijasida ular bir nechta muammolarni kelib chiqishining asl sababini topdilar.
Kishilik jamiyatida imkoniyati cheklangan insonlar moddiy va ma’naviy holatining qoniqarli darajada emasligi sababi ularning yoshlik chog‘idagi intensivligi, ta’lim olishga bo‘lgan imkoniyatsizligi va moddiy texnikaviy ta’minotning mavjud emasligida deb topilgan. Shu sababdan imkoniyati cheklangan insonlarning o‘z salohiyatidan unumli foydalanishida, ularning kasbiy va moddiy holatini yaxshilash borasida mamlakatimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, butun jahon miqyosida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda.
UNICEF (United Nations Children’s Fund – Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar fondi) tashkilotining bosh mutaxassislaridan biri Sruthi Atmakur o‘zining “The state of the world’s children” deb nomlanadigan kitobida shunday fikrlarni ilgari suradi: “Nogiron bolalar va o‘smirlar duch keladigan mahrumlik hissi ularning huquqlari va tenglik tamoyilining buzilishi bo‘lib, uning zamirida barcha bolalarning, shu jumladan, jamiyatning eng zaif va yordamga muhtoj bolalarning qadr-qimmati va huquqlariga g‘amxo‘rlik yotadi. Boshqalar kabi gullab-yashnash imkoniyati berilganda, nogiron bolalar to‘laqonli hayot kechirish va o‘z jamoalarining ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy hayotiyligiga hissa qo‘shish potensialiga ega”6 .
Ta’lim olish imkoniyatlarining barcha uchun teng huquqli tarzda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi inklyuziv ta’lim tushunchasi keyingi davrlarda jahon davlatlarida bosqichma-bosqich ravishda rivojlanib bormoqda. Bu o‘quv ta’lim shakli nogironligi bo‘lgan bolalarning sog‘lom tengdoshlari bilan o‘zaro hamkorlikda maxsus sharoitlar asosida bilim olishini ko‘zda tutadi. Shu ma’noda, inklyuziv ta’limga nisbatan yondashuvlar xilma-xillik kasb etadi7.
Inklyuziv ta’limga nisbatan bo‘lgan pedagogik yondashuvlarda bu ta’lim shakli jismoniy nuqsoni mavjud o‘quvchilarning bilim olishini, sog‘lom fikrli bo‘lishini nazarda tutadi. Psixologlarning fikricha esa, inklyuziv ta’lim qo‘shimcha ehtiyojli bolalarni ruhan tetik bo‘lishga undaydi. Sotsiologlar inklyuziv ta’lim orqali nogironligi bor o‘quvchilar sog‘lom jamiyat muhitiga moslashadilar, degan fikrni ilgari surishadi. Huquqshunoslar inklyuziv ta’lim borasida so‘z yuritishar ekan, uning sub’yektiv huquq ekanligini ta’kidlashadi. Darhaqiqat, bilim va ta’lim olishning formal shaklini tanlash huquqi har bir shaxsning, shuningdek, nogironligi bor o‘quvchi yoshlarning ham konstitutsion huquqi sanaladi. O‘z navbatida, inklyuziv ta’limning sotsiologik takomillashuvi hamda yuridik mustahkamlanib borishi sohada tizimli faoliyat yo‘lga qo‘yilishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bir qator soha vakillari bu borada quyidagi fikrlarni bildirishadi.



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling