Rashid zohid


Mavzu:Temuriylar davri matnshunosligi


Download 0.83 Mb.
bet19/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Mavzu:Temuriylar davri matnshunosligi33


Reja:
1. Hirot matnshunoslik maktabi
2. Maxsus kitobat guruhining tashkil etilishi
3. Boysunqur Mirzoning manbashunoslik faoliyati
4. Xattotlik va kitobat san’atining rivojlanishi
Tayanch ibora va tushunchalar: Shohruh, Boysunqur Mirzo, Hirot matnshunoslik maktabi, yoqutona xat, Fiyosiddin Naqqosh, “SHohnoma”, “Guliston”.


Hirot matnshunoslik maktabi. SHohrux hukmronligi davrining 1397 sanasidan boshlab Hirotda fan va madaniyatga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Bu erdagi madaniy hayot Hirotning dovrug‘ini butun SHarq mamlakatlariga yoydi. Shohruh butun oilasi bilan, xususan, ayoli Gavharshodbegim, o‘g‘li Boysunqur Mirzo ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida chor atrofga mashhur bo‘ldi. Temuriylar xonadonining ilmu adab hamda san’at ahliga bo‘lgan saxovatini eshitgan olim va shoirlar, mashshoq va me’morlar butun o‘lkadan markazga oqib kela boshladilar. Hirot tom ma’noda madaniyat markaziga aylandi.
Ma’naviyat uchun zarur bo‘lgan asarlarga e’tibor kuchaydi, yangilari yaratildi, borlari tarjima qilindi, nusxalari ko‘paytirildi. Ma’naviyat xazinasiga e’tiborning bunchalik ortishida Temurning nabirasi, SHohruxning o‘g‘illari Samarqand hukmdori Ulug‘bek va SHeroz hukmdori Ibrohim Sultonlardan keyingi uchinchi o‘g‘li Boysunqur Mirzo (1397-1434)ning xizmatlari katta bo‘ldi. Hirot matnshunoslik maktabining yuksalishini uning fidokorona mehnatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Saroy muhitida qoniqarli tarbiya topgan Boysunqur Mirzo 17 yoshdanoq Mozandaron, Astrobod va Jurjon viloyatlarining hokimligiga tayinlandi (1414). Shohrux katta o‘g‘li Ulug‘bek bilan qanday faxrlansa, Boysunqur Mirzo bilan ham shunday faxrlanardi. 1416-da Boysunqur Mirzo Hirotga qaytib, otasining saroyida vazirlik lavozimiga tayinlandi. U davlat idora ishlarida faol qatnasha boshladi. 1420-yil dekabr va 1421-yil may oylari Pekinga Shohruh, Ulug‘beklar tomonidan yuborilgan elchilar qatorida Boysunqur Mirzoning ham elchilari bo‘lib, ulardan Fiyosiddin Naqqosh nomli kishining kundaliklari o‘z davrida Xitoy haqidagi eng mufassal va mashhur asar sifatida tan olingani yosh shahzodaning o‘z atrofidagi qanday odamlarga ishonch bildirganini namoyish etuvchi bir dalildir. Mirzo Ulug‘bek ilmi nujum va handasada o‘z davrida yagona bo‘lgani kabi, Boysunqur Mirzo she’riyat va xatda o‘z davrining eng mashhur kishisi edi. Forsiy tildagi adabiyotga bo‘lgan mehri tufayli Boysunqur Mirzo Amir Xusravning she’rlarini to‘plashda, Firdavsiy, Sa’diy, Nizomiy kabi o‘nlab daho san’atkorlarning asarlarini xalq orasida keng yoyishda alohida jonbozlik ko‘rsatgan. Bartoldning xabar berishicha, Boysunqur Mirzo SHohruxning o‘g‘illari ichida fors tilini eng mukammal biluvchilaridan bo‘lgan.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling