Rashid zohid


Ishonchli matnni tiklashning silsilaviy halqalari


Download 0.83 Mb.
bet39/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Ishonchli matnni tiklashning silsilaviy halqalari. Asos nusxalar ishonchli matnni tiklash silsilasining avvalgi halqasini tashkil qiladi. Nusxalarning halqada joylashish o‘rnini darajasiga ko‘ra, shunday ketma-ketlikda berish mumkin:
1) A1057;
2) S2;
3) “HT” 75
O‘zaro muqoyasa jarayonidan so‘nggi xulosa shundan iborat bo‘ldiki, bu nusxalar bir umumiy manbadan ko‘chirilgan emas. Sarlavhalarning nomlanishidagi, bo‘limlarning tuzilishi, so‘zlarning fonetik-grafik ko‘rinishi, morfologik shaklidagi tafovutlar shunday xulosaga kelishimizga sabab bo‘ldi. Agar ilmiy-tanqidiy matnni bir butun organizm sifatida tasavvur qilsak, A1057 qo‘lyozmasi uning “suyagi”, qolgan ikki nusxa matni “et” vazifasini o‘tadi. YA’ni, A1057 da tushib qolgan baytlar S2 nusxada mavjud matnlar bilan to‘ldirildi, bahsli o‘rinlarda “HT” matniga murojaat qilindi. Chunki “HT” matni, birinchidan, 5 ta qo‘lyozma va toshbosma nusxalarni o‘zaro qiyoslash natijasida yuzaga kelgani bilan e’tiborga loyiq. Qolaversa, saralash jarayoni “Ilmiy-tanqidiy matn va qo‘lyozma kitoblarni nashrga tayyorlash asoslari”76 kitobida aytilganidek, “boshqa nusxalar bilan o‘zaro taqqoslash natijasida tayyorlangan nusxa taqqoslanmagan nusxadan afzal” qoidasiga amal qilishni taqozo etadi. Ikkinchidan, bu matnga sharh ilova qilingan. Uchinchidan, manbashunoslik va matnshunoslik nuqtai nazaridan mazkur sharhning o‘zigacha va o‘zidan so‘ng qilingan sharhlardan maqomi ancha baland.
Ishonchli matnni tiklash silsilasining ikkinchi halqasini A1074, 2061 qo‘lyozmalar matni va “”Irshodul o’izin” sharhining matn varianti tashkil qiladi. “SHarqshunoslik institutidagi turkiy qo‘lyozmalarning tavsifi”77 katologida A1074 qo‘lyozmasining ko‘chirilgan yili hijriy 1254, milodiy 1838/39 deb ko‘rsatilgan. Lekin qo‘lyozma bilan yaqindan tanishar ekanmiz, kolofonda keltirilgan quyidagi ma’lumotlar yuqoridagi sanani shubha ostiga qo‘ydi:
اتممت اتماما. كاتب هذه النسخة الشريفة عبد الضعيف الحقيرو الفقير محمد كريم بن ابراهم غفر الله تعالى لى ولوالدى ولجميع المؤمنين و المؤمنات و المسلمين و المسلمات. سنة ١٢٥٤ماهى محرم ننك ١٥. ١٧٨٩سنة.
YA’ni: “To‘la tamomladim. Bu sharif nusxaning kotibi – Ollohning ojiz, haqir va faqir bandasi Muhammad Karim Ibrohim o‘g‘li, Olloh taolo meni va barcha mo‘min-musulmonlarni mag‘firat qilsin. 12(?)4 muharram oyining 15, (milodiy) 1789 yil”.
Kotib qo‘lyozmaning ko‘chirilgan yilini milodiy sanada 1789 deb ko‘rsatgan. Hijriy hisobda bu 1204 bo‘ladi. 1204 ning arab raqamlaridagi ifodasi – ١٢٠٤. Nolni ifodalovchi nuqta (٠) sal kattaroq qo‘yilsa, besh (٥)ga aylanib qoladi. Bunday holat qo‘lyozmalarda kuzatiladi. CHamasi, bu o‘rinda kotib shunday yanglishga yo‘l qo‘ygan. Aks holda milodiy hisobni ١٧٨٩ – 1789 deb yozmagan bo‘lardi.
Demak A1074 qo‘lyozmasi qadimiyligi uchun ikkinchi halqa nusxalari orasidan joy oldi. Bundan tashqari mazkur nusxa matni so‘zlarga harakatlar qo‘yilgani, ya’ni qisqa unlilar yozuvda aks ettirilgani, misralar va baytlar aro vaqti-vaqti bilan izohlar berib borilgani bilan ham ajralib turadi. Masalan, “Sabotul ojizin”dagi talqini murakkab hisoblangan “Kalomi haqdakim yad ayladi yod” misrasidagi “Kalom” lafzining tagiga فى قرآن – “Qur’onda”, ياد so‘zining ustiga esa “eslamoq”, “yodlamoq” ma’nosidagi ذكر kalimasi yozib qo‘yilgan. Misradagi “yad” so‘zi esa matn ostida shunday izohlangan: “YA’ni Kalomi sharifda Olloh taolo “yad” lafzi zikr qildi. Ammo “qo‘l” ma’nosida dagil (emas)dur. Balki Haq taoloning bir sifati. Imomlar ba’zisi “qudrat” ma’nosida ta’vil qilgan”.78
2061 qo‘lyozma O‘zRFA SHI H.Sulaymon fondidagi eng qadimiy nusxa bo‘lgani va savodli ko‘chirilgani e’tiboridan ikkinchi halqaning ikkinchi o‘rindagi manbasi sifatida belgilandi. “Irshodul o’izin” “Sabotul ojizin”ning bosma matnlari orasida qadimiy va sharh jihatidan ishonchliroq bo‘lgani uchun tanlandi.
Ishonchli matnni tiklash silsilasining uchinchi halqasini V4149, S1420, V317, S161, S1, “Risolai Aziza” sharhining matn varianti tashkil qiladi. V4149, S1420, V317 qo‘lyozmalar qadimiy bo‘lsa-da, ikkinchi halqaga kirmaganligining sababi, bu nusxalarda A1074 qo‘lyozmasi bilan bo‘limlarning joylashishida, so‘zlarning yozilishida va nuqsonli o‘rinlarda umumiy o‘xshashliklar mavjud. Agar juz’iy farqlarni hisobga olmasa, go‘yo bu nusxalar bitta manbadan ko‘chirilgandek taassurot uyg‘otadi. SHunga ko‘ra, bu nusxalar to‘pida ayrim afzalliklari bilan A1074 qo‘lyozmasi etakchilik qildi va ikkinchi halqaning birinchi o‘rindagi manbasiga aylandi. S161, S1 nusxalarda S2 qo‘lyozma bilan umumiy jihatlari kuzatildi. S2 qadimiyroq va to‘liqroq bo‘lgani uchun bu nusxalardan afzal deb topildi. “Risolai Aziza” sharhi “Irshodul o’izin”dan qadimiyroq bo‘lsa-da, uchinchi halqaga tushib qolganining boisi, sharhlar o‘rtasidagi ishonchlilik darajasi bilan bog‘liq.
Demak, ishonchli matnni tiklash silsilasi o‘zaro bog‘langan uch halqadan iborat bo‘lib, birinchi halqadagi uchta – A1057, S2, “HT” manbalar “asos nusxalar” deb nomlangan va matnning poydevorini tashkil etgan.
Ikkinchi halqadagi uchta – A1074, 2061, “IO”79 manbalar “faol nusxalar” degan nom bilan matndagi muhim tafovutlarni ko‘rsatishga xizmat qilgan. Uchinchi halqadagi oltita – V4149, S1420, V317, S161, S1, “RA”80 manbalar “yordamchi nusxalar” nomi bilan atalib, zarur o‘rinlarda ikkinchi darajali farqlarni aks ettirgan.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling