Rashid zohid


Lug‘aviy va istilohiy ma’no chegaralari


Download 0.83 Mb.
bet37/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Lug‘aviy va istilohiy ma’no chegaralari. E’tibor berilsa, matn so‘zining lug‘aviy ma’nolari qaysidir darajada o‘zak tushunchada qarorlashgan: “narsaning ustki, yuza qismi”, “aks ettirilgan nutq”, “yozuv orqali aks ettirilgan nutq”, “yozuvda qayd etib qo‘yilgan nutq”. Bu ma’nolar asarning yozma yoki og‘zaki belgilar vositasida qayd etilgan tashqi, ya’ni konkret-hissiy qabul qilinadigan tomonini aks ettirsa, tekst so‘zining “pishiqlik, mustahkamlik, butunlik”ka dalolat qiluvchi lug‘aviy ma’nolari esa matn tushunchasining ichki xususiyatlarini anglatadi.
Matnshunoslik ilmida o‘rganiladigan “matn” tilshunoslikdagi matn tushunchasidan farqlanadi. Tilshunoslikda matnning ko‘rinishi emas, tuzilishi ko‘proq e’tiborga olinadi. Shuning uchun bu sohada “matn nima?”, “matnning eng kichik birligi nimadan iborat?” degan savollarga javob topish birlamchi ahamiyatdagi masala sifatida qaraladi.68
Matnshunoslikda esa har qanday yozuv matn sanaladi. Albatta, bunda matnni tashkil etuvchi muayyan ma’no qatorlarining lisoniy qolipidan tashqaridagi, faqat yozuv va belgi ko‘rinishidagi (masalan, kotibning tasodifiy bir so‘zni tushirib qoldirishi yoki qo‘shib yuborishi yoxud to‘kilgan siyoh izi kabi) beixtiyor sodir etilgan xatolarning qo‘lyozma matniga aloqasi yo‘q.69
Matnshunoslikda yozuv matn sanalar ekan, muayyan matnning paydo bo‘lishidan to oxirigi holatigacha davom etgan o‘zgarishlar silsilasi matn tarixini tashkil qiladi. Aksar matnlar ma’lum vaqt mobaynida sub’ektiv (muallif, kotib, nashrga tayyorlovchi, muharrir) va ob’ektiv (ijtimoiy) omillar ta’sirida o‘zgarishga uchraydi. Matnshunosning vazifasi mana shu o‘zgarishlarni aniqlash, ularni tarixiy, ilmiy dalillar bilan asoslash va shu yo‘l bilan asl matnni tiklashdir.
Matn – majoz, matn – ramz. YUqorida filologik sohada matn tushunchasiga berilgan ta’riflar, ularning lug‘aviy va istilohiy ma’no chegaralari haqida ma’lumotlar berdik. Bu ma’lumotlar ratsional xususiyatga ega bo‘lib, ular matn tushunchasini matnshunoslik va tilshunoslikning ob’ekti sifatida gavdalantiradi. Adabiyotshunoslik esa o‘z tabiatiga ko‘ra matn tushunchasiga ta’rif berishda masalaga irratsional yondashishi ham mumkin. Masalan, rus olimlaridan Baxtin matnning mavjudlik shaklini shunday ifodalaydi: “Matn boshqa matn (kontekst – nutq yoki asarning tugal fikr anglatuvchi parchasi) bilan bog‘liq holdagina yashaydi. Matnlar bog‘langan mana shu nuqtadan “yalt” etib nur taraladi. Ham oldni, ham orqani yorituvchi bu nur mazkur matnni muloqotga tortadi. Ta’kidlaymiz, bu bog‘lanish matnlar (bayonlar) aro muloqatiy bog‘lanishdir. Bu bitta matn (matn bilan kontekst emas) bilan mavhum unsurlar (matndagi belgilar) doirasida va anglashning (mazmunni anglash, fikrni emas) faqat avvalgi bosqichida zarur bo‘lgan qarshi tomonlarning shunchaki mexanik tutashuvi emas. Bu bog‘lanish ortida narsa emas, shaxs turadi. Agar biz muloqotni bitta yalpi matnga aylantirsak, ya’ni ko‘p ovozlilikni o‘chirsak, chuqur (cheksiz) ma’no yo‘qoladi (tubga borib urilamiz, harakat to‘xtaydi)”.70
Fransuz adabiyotshunosi Rolan Bartning aytishicha, asar – moddiy, ashyoviy unsur, uni qo‘l bilan ushlash mumkin. Matn esa metodologik amaliyot maydoni. Har qanday matn boshqa matnga nisbatan “matnlararo matn”dir.71
Adabiyotshunos Suvon Meli Rolan Bartning matnni asarga bog‘liq, asarga yuzma-yuz, hatto qarama-qarshi qo‘yib o‘rganish asosida bu ikki hodisaning ham bog‘liq, ham farqli tomonlarini chuqur va asosli tarzda ochishga erishganligini ta’kidlaydi. Suvon Melining yozishicha, Rolan Bart “Asardan – matnga” deb nomlangan maqolasida matn – asarning parchalanib ketishi emas, aksincha, asar matn ortidan sudralib yuruvchi tasavvur shleyfi, yoki boshqachasiga matn faqat ish jarayonida, ishlab chiqarishda bilinishi, matn harakatsiz qotishi mumkin emas, u o‘z tabiatiga ko‘ra, nimanidir oralab, masalan, asar oralab, qator oralab harakatlanishi zarurligini, asar nari borsa, kam ramziy, uning ramziyligi tezda yo‘qqa chiqadi, ya’ni u harakatsizlikda qotib turadi. Matn bo‘lsa, to‘liq ramziy: o‘zining butun ramziy ko‘lamida tushunilgan, idrok etilgan va hazm qilingan asar, ayni shu matn ekanligini, boshqacha aytganda, asar matnlashuv jarayonini boshidan kechirganda, shunga erishilgan taqdirdagina badiiy asar bo‘la olishini qayd etadi.72
Rus madaniyatshunos olimi (kulturolog) Mixail Lotmanning ta’rif berishicha, matn shunchaki matndan tashqari, matngacha mavjud narsaning(til, g‘oya, matnga kirmagan voqelik va hokazo) ifodasi emas, balki matn bularning hammasini yuzaga chiqaruvchi, o‘z ichiga oluvchi mustaqil yaxlitlikdir. Matnni chalkash-chulkash aylanma yo‘llarga o‘xshatishadi. Bu yo‘llar o‘quvchi va tadqiqotchini adashtiradi. YOki matn chigal qilib tashlangan, echilishi lozim tugunga ham o‘xshatiladi. Bu aylanma yo‘llardan chiqib ketishning yoki chigalni echishning mukammal nazariyasi yo‘q. Faqat ergashsa zarar qilmaydigan ba’zi evristik(nazariy izlanish, yangiliklar kashf etish jarayonida qo‘llanadigan mantiqiy usul va metodik qoidalar majmui) prinsiplar bor. Biroq chigalni echishga kirishar ekansiz, uni oxirigacha echib tashlashingizga oldindan sizda kafolat yo‘q. Shuningdek, chigalni echolmaganingiz uchun “bu asos e’tibori bilan echilmas tugundir!” deb qaror berishga ham haqqingiz yo‘q. CHigalni echish tashqarida amalga oshadi, chalkash-chulkashlikdan chiqib ketish yo‘lini topish esa ichkarida kechadi. Matnda muallif yashirin bo‘ladi, matn uning borligining guvohidir. Har qanday ijod u yoki bu darajada ijodkor timsolini o‘z ichiga oladi.73
Italyan faylasufi Umberto Eko aytadi: “Matn – bu na qomusiy, na lisoniy tizim. Matnlar tizimning cheksiz yoki noaniq imkoniyatlarini toraytiradi va yopiq butunlik (zakrыtыy universum), yaxlitlikni paydo qiladi. Tizimlar chegarali, lekin oxiri yo‘q. Matnlar esa chegarali va oxiri bor, garchi talqinlar juda ko‘p bo‘lsa ham”.74
Umuman, dunyo adabiyotshunoslarining matnga nisbatan bunday falsafiy yondashuvlarini tor ma’noda ijod ahlining ramziy qarashlari, keng ma’noda majoziy tafakkur samaralari sifatida qabul qilish mumkin.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling