Rashid zohid


اول خالق حمديكم مخلوقات تصويريغه انينك قلم صنع


Download 0.83 Mb.
bet34/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

اول خالق حمديكم مخلوقات تصويريغه انينك قلم صنع چهره کشا دورور و مصنوعات تحريريغه انينك خامهء حكمتى جمال افزا...
Mavzu to‘la ravishda Olloh taoloning yaratuvchiligiga bag‘ishlangani uchun mazkur bob خالق – “YAratuvchi” sifatiga hamd aytish bilan ochilgan. Hamdda kelgan xoliq, maxluqot, tasvir, sun’, masnu’ot kabi so‘zlarning barchasi yaratish fe’li bilan bog‘liq tushunchalardir. Mumtoz nazmiy matnlarda uchraydigan yana bir holat asardagi ilk baytning avvalgi misrasi arab tilida berilishidir. Misol uchun “G‘aroyib sig‘or” devonidagi avvalgi bayt:
اشرقت من عكس شمس كأس انوار الهدا يار عكسين مي ده كور ديب جامدين چیقتى صدا
Fuzuliy devonidagi avvalgi bayt:
قد انار العشق للعشاق منهاج الهدا سالك راه حقيقت عشقه ايلار اقتدا
So‘fi Olloyorning “Sabotul ojizin” asaridagi avvalgi bayt:
ثناء للخالق غبراء افلاك يراتتى قطرهءدين گوهر پاک
Na’t. Hamddan so‘ng Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom eslab, u zotga solavot aytish mumtoz adabiyotimizdagi qat’iy qoidalardan biridir. Adabiy matnlardagi bunday bag‘ishlovlarga na’t, sano, durud degan nomlar berilgan.61 Insoniyat tarixida hayotining barcha jihatlari eng kichik nuqtalarigacha butun tafsilotlari bilan qayd etib borilgan va hech o‘zgarishsiz bugungi kunlargacha saqlangan yagona shaxs Muhammad alayhissalomdir. Bu insonning ismi zotiga to‘la muvofiq ekani o‘sha zamonlardan to bugungacha uzluksiz silsila bilan bog‘langan tarixiy hujjatlarda tamoman aks etgan. Tarixiy hujjatlarning ishonchliligi rad qilib bo‘lmas ilmiy dalillar bilan isbotlangan. SHu sababdan, sog‘lom mantiq izmida yashagan ajdodlarimiz Muhammad ismi taqozo qilgan ma’noni qavatma-qavat ochish bilan kitob muqaddimasini ziynatlaganlar. Ahzob surasining 56-oyatida Olloh taolo deydi: “Albatta Olloh ham, Uning farishtalari ham Payg‘ambarga duo-yu solavot ayturlar. Ey mo‘minlar, sizlar ham u zotga solavot va salom aytinglar!”
Zamaxshariy o‘zining “Al-Kashshof” nomli tafsir kitobida aytadi:Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga solavot va salom aytish – duo, ya’ni Olloh taolo Muhammad alayhissalomga O‘zining rahmati va salomini yog‘dirsin, degan ma’nodadir”.
Ismoil Haqqiyning “Ruhul bayon” kitobida yuqoridagi oyat tafsirida shunday hadis keltirilgan: “Uch toifa kishi mening yuzimni ko‘rmaydi: ota-onasiga oq bo‘lgan, sunnatimni tark qilgan va ismim zikr qilinganida menga solavot aytmagan kishi”. Shuningdek, Ismoil Haqqiy Payg‘ambarimizga solavot va salom aytish xat orqali ifodalanganda “sollallohu alayhi va sallam” iborasini qisqartirib (s.a.v. deb) yozish to‘g‘ri emas (makruh) ekanini aytgan va so‘zlarini quyidagi hadis bilan quvvatlagan: “Kimki menga xat bilan solavot va salom bitsa, to ismim o‘sha yozuvda ekan, solavotining savobi unga etib turadi”.
Sababi ta’lif. Odobi tasnif qoidalaridan yana biri hamd va na’tdan so‘ng kitobning yozilish sababini bayon qilish bo‘lib, bu sababi ta’lif deyiladi. Masnaviy yo‘lida bitilgan doston, noma kabi mustaqil asarlarda odobi tasnif qoidasiga ko‘ra kitobning dunyoga kelishiga turtki bo‘lgan omillar, ba’zan muallif do‘stlaridan birining iltimosi sabab qilib ko‘rsatiladi va ayni o‘rinda asarning nomi zikr qilinadi. Quyida mumtoz adabiyotimizdan bu hodisaga ba’zi misollar keltiramiz. Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarida keladi:

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling