Rashid zohid


Saralash (qiyos natijasida saralangan nusxalarning “matn butunligi


Download 0.83 Mb.
bet53/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Saralash (qiyos natijasida saralangan nusxalarning “matn butunligi” aniqlanadi. YA’ni, qadimiylik, to‘liqlik, husnixat, saqlanish sifatining yaxshiligi kabi qiyos uchun muhim jihatlarning imkon qadar bitta qo‘lyozma matnida jamlanishi – “tom butunlik”ni, bittadan ortiq qo‘lyozma matnlari asosida jamlanishi – “matnlar aro butunlik”ni anglatadi).

Bu tamoyillar “Sabotul ojizin”ning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash jarayonida amaliyotga tadbiq etildi va sinovdan o‘tdi. Navbatdagi ilovada mazkur tamoyillar asosida olib borilgan jarayon va ularning natijalari konkret qo‘lyozma misolida aks ettiriladi.
7-ilova
SABOTUL OJIZIN”NING ILMIY-TANQIDIY MATNINI TAYYORLASH TAJRIBALARIDAN

“Sabotul ojizin”ning O‘zRFA SHI va jahon fondlarida, Shuningdek, shaxsiy kutubxonalarda mavjud 200 ga yaqin qo‘lyozma va toshbosma nusxalari ichida “tom butunlik”ka da’vogar nusxa uchramadi. Eng qadimiy hisoblangan A1057 qo‘lyozmaning ham boshi yo‘q, o‘rtalarida butun bo‘limlar tushib qolgan. Nisbatan to‘liq nusxa S2 qo‘lyozmasi va “Hidoyatut tolibin” sharhidagi matn variantidir. Bu uchta manbani “Sabotul ojizin” ilmiy-tanqidiy matni uchun asos nusxalar sifatida tanladik. Asos nusxalar ishonchli matnni tiklash silsilasining avvalgi halqasini tashkil qiladi. Nusxalarning halqada joylashish o‘rnini darajasiga ko‘ra, shunday ketma-ketlikda berish mumkin:


1) A1057;
2) S2;
3) “HT” 121
O‘zaro muqoyasa jarayonidan so‘nggi xulosamiz shunday bo‘ldiki, bu nusxalar bir umumiy manbadan ko‘chirilgan emas. Sarlavhalarning nomlanishidagi, bo‘limlarning tuzilishi, so‘zlarning fonetik-grafik ko‘rinishi, morfologik shaklidagi tafovutlar shunday xulosaga kelishimizga sabab bo‘ldi. Agar ilmiy-tanqidiy matnni bir butun organizm sifatida tasavvur qilsak, A1057 qo‘lyozmasi uning “suyagi”, qolgan ikki nusxa matni “et” vazifasini o‘tadi. YA’ni, A1057 da tushib qolgan baytlar S2 nusxada mavjud matnlar bilan to‘ldirildi, bahsli o‘rinlarda “HT” matniga murojaat qilindi. Chunki “HT” matni, birinchidan, 5 ta qo‘lyozma va toshbosma nusxalarni o‘zaro qiyoslash natijasida yuzaga kelgani bilan e’tiborga loyiq. Qolaversa, saralash jarayoni “Ilmiy-tanqidiy matn va qo‘lyozma kitoblarni nashrga tayyorlash asoslari”122 kitobida aytilganidek, “boshqa nusxalar bilan o‘zaro taqqoslash natijasida tayyorlangan nusxa taqqoslanmagan nusxadan afzal” qoidasiga amal qilishni taqozo etadi. Ikkinchidan, bu matnga sharh ilova qilingan. Uchinchidan, manbashunoslik va matnshunoslik nuqtai nazaridan mazkur sharhning o‘zigacha va o‘zidan so‘ng qilingan sharhlardan maqomi ancha baland.
Ishonchli matnni tiklash silsilasining ikkinchi halqasini A1074, 2061 qo‘lyozmalar matni va “”Irshodul o’izin” sharhining matn varianti tashkil qiladi. “SHarqshunoslik institutidagi turkiy qo‘lyozmalarning tavsifi”123 katologida A1074 qo‘lyozmasining ko‘chirilgan yili hijriy 1254, milodiy 1838/39 deb ko‘rsatilgan. Lekin qo‘lyozma bilan yaqindan tanishar ekanmiz, kolofonda keltirilgan quyidagi ma’lumotlar yuqoridagi sanani shubha ostiga qo‘ydi:
اتممت اتماما. كاتب هذه النسخة الشريفة عبد الضعيف الحقيرو الفقير محمد كريم بن ابراهم غفر الله تعالى لى ولوالدى ولجميع المؤمنين و المؤمنات و المسلمين و المسلمات. سنة ١٢٥٤ماهى محرم ننك ١٥. ١٧٨٩سنة.
YA’ni: “To‘la tamomladim. Bu sharif nusxaning kotibi – Ollohning ojiz, haqir va faqir bandasi Muhammad Karim Ibrohim o‘g‘li, Olloh taolo meni va barcha mo‘min-musulmonlarni mag‘firat qilsin. 12(?)4 muharram oyining 15, (milodiy) 1789 yil”.
Kotib qo‘lyozmaning ko‘chirilgan yilini milodiy sanada 1789 deb ko‘rsatgan. Hijriy hisobda bu 1204 bo‘ladi. 1204 ning arab raqamlaridagi ifodasi – ١٢٠٤. Nolni ifodalovchi nuqta (٠) sal kattaroq qo‘yilsa, besh (٥)ga aylanib qoladi. Bunday holat qo‘lyozmalarda kuzatiladi. CHamasi, bu o‘rinda kotib shunday yanglishga yo‘l qo‘ygan. Aks holda milodiy hisobni ١٧٨٩ – 1789 deb yozmagan bo‘lardi.
Demak A1074 qo‘lyozmasi qadimiyligi uchun ikkinchi halqa nusxalari orasidan joy oldi. Bundan tashqari mazkur nusxa matni so‘zlarga harakatlar qo‘yilgani, ya’ni qisqa unlilar yozuvda aks ettirilgani, misralar va baytlar aro vaqti-vaqti bilan izohlar berib borilgani bilan ham ajralib turadi. Masalan, “Sabotul ojizin”dagi talqini murakkab hisoblangan “Kalomi haqdakim yad ayladi yod” misrasidagi “Kalom” lafzining tagiga فى قرآن – “Qur’onda”, ياد so‘zining ustiga esa “eslamoq”, “yodlamoq” ma’nosidagi ذكر kalimasi yozib qo‘yilgan. Misradagi “yad” so‘zi esa matn ostida shunday izohlangan: “YA’ni Kalomi sharifda Olloh taolo “yad” lafzi zikr qildi. Ammo “qo‘l” ma’nosida dagil (emas)dur. Balki Haq taoloning bir sifati. Imomlar ba’zisi “qudrat” ma’nosida ta’vil qilgan”.124
2061 qo‘lyozma O‘zRFA SHI H.Sulaymon fondidagi eng qadimiy nusxa bo‘lgani va savodli ko‘chirilgani e’tiboridan ikkinchi halqaning ikkinchi o‘rindagi manbasi sifatida belgilandi. “Irshodul o’izin” “Sabotul ojizin”ning bosma matnlari orasida qadimiy va sharh jihatidan ishonchliroq bo‘lgani uchun tanlandi.
Ishonchli matnni tiklash silsilasining uchinchi halqasini V4149, S1420, V317, S161, S1, “Risolai Aziza” sharhining matn varianti tashkil qiladi. V4149, S1420, V317 qo‘lyozmalar qadimiy bo‘lsa-da, ikkinchi halqaga kirmaganligining sababi, bu nusxalarda A1074 qo‘lyozmasi bilan bo‘limlarning joylashishida, so‘zlarning yozilishida va nuqsonli o‘rinlarda umumiy o‘xshashliklar mavjud. Agar juz’iy farqlarni hisobga olmasa, go‘yo bu nusxalar bitta manbadan ko‘chirilgandek taassurot uyg‘otadi. SHunga ko‘ra, bu nusxalar to‘pida ayrim afzalliklari bilan A1074 qo‘lyozmasi etakchilik qildi va ikkinchi halqaning birinchi o‘rindagi manbasiga aylandi. S161, S1 nusxalarda S2 qo‘lyozma bilan umumiy jihatlari kuzatildi. S2 qadimiyroq va to‘liqroq bo‘lgani uchun bu nusxalardan afzal deb topildi. “Risolai Aziza” sharhi “Irshodul o’izin”dan qadimiyroq bo‘lsa-da, uchinchi halqaga tushib qolganining boisi, sharhlar o‘rtasidagi ishonchlilik darajasi bilan bog‘liq.
Demak, ishonchli matnni tiklash silsilasi o‘zaro bog‘langan uch halqadan iborat bo‘ldi. Birinchi halqadagi uchta – A1057, S2, “HT” manbalar “asos nusxalar” deb nomlanib, matnning poydevorini tashkil etdi. Ikkinchi halqadagi uchta – A1074, 2061, “IO”125 manbalar “faol nusxalar” degan nom bilan matndagi muhim tafovutlarni ko‘rsatishga xizmat qildi. Uchinchi halqadagi oltita – V4149, S1420, V317, S161, S1, “RA”126 manbalar “yordamchi nusxalar” nomi bilan atalib, zarur o‘rinlarda ikkinchi darajali farqlarni aks ettirdi.
“Tom butunlik” tamoyilining birlamchi alomati qo‘lyozmaning qadimiyligi bilan xarakterlanadi. Asos nusxalarning ikkitasi “Sabotul ojizin” qo‘lyozmalarining hozirgi kunda eng qadimiy hisoblangan nusxalaridir. To‘g‘ri, Rossiya fanlar akademiyasining SHarq qo‘lyozmalari instituti (Sankt-Peterburg) fondi katologida A1057 dan tashqari yana sakkizta qo‘lyozmaning XVIII asrga oidligi ko‘rsatilgan. Mazkur nusxalarni birma-bir o‘rganib, avvalo, hech bir nusxada matnning ko‘chirilgan yili qayd etilmaganiga, qolaversa, paleografik kuzatuvlarimizdan kelib chiqib, matnning ko‘proq XIX asrga taalluqli ekaniga guvoh bo‘ldik. Biz tanlagan nusxalarning deyarli hammasida qo‘lyozmaning ko‘chirilgan yili aniq ko‘rsatilgan.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling