Rashid zohid


Tahqiq ­­– haqiqatni yuzaga chiqarish; isbotlash; qarorlashtirish.135 Toshbosma ­­


Download 0.83 Mb.
bet61/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Tahqiq ­­haqiqatni yuzaga chiqarish; isbotlash; qarorlashtirish.135

  • Toshbosma ­­– kitob chop qilishning bir turi bo‘lib, bunda ustida bo‘rtma yozuvlar hosil qilingan maxsus tosh (mum)ga siyoh surtilib, qog‘oz o‘sha tosh ustiga bosilgan. Natijada toshdagi matn to‘la holida qog‘ozda aks etgan. Bu uslub tosh ustidagi matnni bir necha nusxada ko‘chirish imkonini bergan

  • Toqa – qo‘lyozmaning o‘ng va ters qismidagi muqova varaqlari

  • Transkripsiya ­­– matnning talaffuz shaklini hozirgi yozuvda ifodalash, bunda so‘zning talaffuz shakli, tovushlar holati inobatga olinadi va shu narsa yozuvda aks ettiriladi

  • Transliteratsiya – matnni joriy yozuvga o‘girish, bunda matndagi so‘zlar aynan, harfma-harf joriy yozuvda aks etishi lozim

  • Tushunchaviy apparat ­­– adabiy manbashunoslik va matnshunoslik asoslarining tushunchaviy apparatini fanning terminologik lug‘atlari tashkil qiladi

  • Tug‘ro – qo‘lyozma kitoblar ilk sahifasining‘ orqa tarafiga qorada chizilgan turli belgilar

  • Unvonavvalgi sahifaning uchdan bir qismiga zarhal rangda ishlangan bezakli naqsh (naqsh o‘rtasiga asar nomi yoki basmala bitiladi)

  • Fanning predmeti – mavzular majmuini aniqlash – tadqiqot ob’ektini, “konkret nima o‘rganilyapti – hodisami, qonuniyatmi, o‘zaro aloqalarmi”, degan savolga javob topish, ya’ni tadqiqot hududini aniqlash – bu tadqiqot predmetidir136

  • Fanning metodologik asosi – fanning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rganishdan iborat

  • Faol nusxa – ilmiy-tanqidiy matnni tayyorlash jarayonida tayanch nusxadan keyingi pog‘onada turuvchi yordamchi manbalar

  • Xattot – xat ustasi; chiroyli xat bituvchi


  • Download 0.83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   100




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling