Reja: - bosqich yilu oydan boshlab to 3 yoshgacha bo'lgan davr


Download 27.85 Kb.
bet6/9
Sana04.02.2023
Hajmi27.85 Kb.
#1165271
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarning nutqining tovush madaniyatini rivollanishida ta`limiy o`yindan foydalanish

«Sayrda» 

Mazmuni: Pedagog bolalarga qarab, deydi: «Bizning tilimiz sayr qilishga qaror qilibdi. U o’z uyini ochdi (og’zini ochadi), dastlab chapga, so’ngra o’ngga qaradi, keyin yana chapga, o’ngga qaradi, qarasa hech kim yo’q. SHuning uchun panjaraga yotib, quyoshga toblanmoqchi bo’ldi (tilini pastki tishlari ustiga qo’yadi)».
Bu vaqtda bolalar tarbiyachi harakatiga taqlid qiladilar.


Metodik ko'rsatmalar: Keng tilning pastki old tishlar ustida bemalol yotishini nazorat qiling.
«Qorcha uchqunlamokda»


Mazmuni: Bolalarga «qor uchqunlari» - ipga terilgan paxta tutamchalari tarqatiladi. Bolalar, shamolni tasvirlaganlari holda shoshmasdan «qor uchqunlarini» puflaydilar. 

Metodik ko'rsatmalar: Bolalarning yuzlarini shishirmagan holda uzoq vaqt mobaynida bir tekis puflashlarini nazorat qiling. 




  1. ish turi: 


Maqsad: Artikulyatsiya apparati harakatlarini aniqlashtirish, alohida ajratilgan «S» tovushini to’g’ri talaffuz etish. Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish, uzoq vaqt davomida og’izdan nafas chiqarishni mashq qilish. 

«Nasos» 

Mazmuni: Tarbiyachi deydi: «Bolalar velosipedda sayr qilishga qaror qilishgan edi, lekin ular g’ildiragining dami chiqib ketibdi. Ular nasoslarni olib, g’ildiraklarni damlashga kirishdilar. Nasosdan chiqayotgan havo xushtak chalmokda: sssss..sss..Barchamiz birgalikda g’ildiraklarni damlaymiz. Bolalar ana shu harakatlarga taqlid qiladilar, tarbiyachi bilan birgalikda «s» tovushini cho’zib aytadilar. 

Metodik ko'rsatmalar: Bolalarning tovushni aniq, to’g’ri va cho’zib aytishlarini nazorat qiling. 




  1. ish turi: 


Maqsad: so’zlarda «s» tovushining to’g’ri talaffuz qilinishini mustahkamlash, fonematik tinglashni rivojlantirish, so’zlarning adabiy me’yorlarga muvofiq holda aniq talaffuz etilishiga erishish. 


Download 27.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling