Reja: - bosqich yilu oydan boshlab to 3 yoshgacha bo'lgan davr


«V» tovushi  Bo'ri va it


Download 27.85 Kb.
bet5/9
Sana04.02.2023
Hajmi27.85 Kb.
#1165271
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarning nutqining tovush madaniyatini rivollanishida ta`limiy o`yindan foydalanish

«V» tovushi 

Bo'ri va it 

Maqsad: Tinglash qobiliyatini va «v» tovushini aniq talaffuz qilishni tarbiyalash. Bir vaqtning o’zida og’izdan uzun nafas chiqarishni, ovoz balandligini o’zgartirishni mashq qilish. 




  1. variant: Tarbiyachi bolalarga bo’rining qanday uvillashini tinglashni taklif kiladi (sekin ovozda: uvvvv...), so’ngra itning qanday xurishini tinglashni taklif qiladi (baland ovozda: vov-vov). Uning ko’rsatmasi bo’yicha bolalar ovoz balandligini oshiradilar, bo’rining uvillashi va itning xurishiga taqlid qiladilar. 


Metodik ko'rsatmalar: Taqlidlarning to’g’ri talaffuz etilishini nazorat qiling. Bo’rining uvillashi past ovozda, itning xurishi baland ovozda. 




  1. variant: Tarbiyachi bolalarga bir nafasda bo’rining uvillashi, itning xurishi va yana bo’rining uvillashini ko’rsatishni taklif kiladi. Bolalar bu jonzotlar ovoziga ketma-ket taklid qiladilar: past-baland-past. 


Metodik ko'rsatmalar: Bolalarning ovozni pasaytirish va kuchaytirishni boshqa nafas olmasdan bir nafasda amalga oshirishlari, past ovozdan baland ovozga oxisa o’tishlarini nazorat qiling. 


  1. yoshdan 5 yoshgacha. 




«S» tovushi 

Maqsad: Artikulyatsiya apparati organlarining aniq harakatlari va ularning to’g’ri holatini mashq qilish. 

«Farruxning qanday jaxli chiqishi va uning qanday quvonishini ko'rsat» 

Mazmun: Tarbiyachi bolalarga Farruxning jaxli chiqqanida uning lablarini mana bunday qilib cho’chchaytirishini (lablarini shishiradi), Farrux xursand bo’lganida esa uning jilmayishini (lablarini cho’zadi, yuqori va pastki tishlarini ko’rsatadi) aytadi.
Tarbiyachi: «Endi esa men sizga Farrux haqida hikoya qilib bermoqchiman. Uning jaxli chiqqanida siz lablaringizni cho’chchaytirasiz (lablarini shishirib ko’rsatadi), u xursand bo’lganida esa siz jilmayasiz... Farruxning oyisi unga mashina olib berdi. Farrux xursand, u jilmaymokda... U mashinasini ko’tarib, ko’chaga o’ynagani chiqdi, tashqarida esa yomg’ir yog’moqda, u nima qilishini bilmay qoldi. Alisher Farruxdan mashinasini o’ynash uchun berib turishni iltimos qildi. Farrux mashinani bergisi kelmadi, u lablarini cho’chchaytirdi. Ko’p o’tmay bulutlar tarqab, quyosh chikdi. Farrux jilmaydi va Alisherga dedi; «Ketdik, mashinamni birga o’ynaymiz».


Metodik ko'rsatmalar: Bolalarning jilmayish uchun lablarini qiynalmasdan cho’zishlarini va old tishlarini ko’rsatishlarini nazorat qiling. Lablar oldinga cho’zilganida ular bir-biriga tegib turishi lozim. 


Download 27.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling