Reja: - bosqich yilu oydan boshlab to 3 yoshgacha bo'lgan davr


«A» tovushi  «Mexmonlar»


Download 27.85 Kb.
bet4/9
Sana04.02.2023
Hajmi27.85 Kb.
#1165271
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarning nutqining tovush madaniyatini rivollanishida ta`limiy o`yindan foydalanish

«A» tovushi 
«Mexmonlar» 

Maqsad: tovush tinglay olish va tovush taqlidlarini to’g’ri talaffuz qilishni tarbiyalash. Bir vaqtning o’zida ovozdan o’rtacha balandlikda foydalanish mashq qilinadi. 

Mazmuni: Pedagog bolalarga ular mexmonlarni kutib olishlari lozimligini ma’lum qiladi. Tarbiyachi bolalardan biri bilan xonadan chiqar ekan, unga kuchuk surati tasvirlangan niqob- qalpoqchani kiydiradi. So’ngra ular «taq-taq» deb, eshikni ochishadi. Bolalar so’raydilar: «kim u?» Bola javob beradi: «vov-vov». Tarbiyachi bolalarga murojaat qiladi: «Bizga kim mexmon bo’lib kelibdi?». Bolalar javob beradilar: «kuchukcha». Tarbiyachi: «kuchukcha qanday vovullaydi?». Bolalar: «vov-vov». Pedagog bolalarga g’oz, qurbaqa, tovuq, echki va boshqa jonzotlar tasvirlangan niqob-qalpoqchalarni kiydirgani holda o’yinni takrorlaydi. 

Metodik ko'rsatmalar. Bolalar tovush birikmalarini aniq va yetarli darajada baland talaffuz etishlarini nazorat qiling. 

«Qo'g'irchoqni allalash» 

Maqsad: artikulyatsiya apparatini rivojlantirish va tinglash qobiliyatini shakllantirish. Bir vaqtning o’zida uzoq muddat mobaynida nutqiy nafas chiqarish va ovoz balandligini o’zgartira olish qobiliyati mashq qilinadi. 

Mazmuni: Pedagog bolalarga qo’g’irchoqlarni tarqatadi va «a» tovushini uzoq vaqt mobaynida cho’zib aytish - aaaa - orqali ularni allalashni taklif qiladi. Dastlab bolalar «a» tovushini baland ovozda talaffuz qiladilar. So’ngra tarbiyachi qo’g’irchoqlar uxlab qolayotganini aytadi va bolalardan sekinroq allalashni so’raydi. Bolalar «a» tovushini past ovozda ayta boshlaydilar. 

Metodik ko 'rsatmalar: Bolalar «a» tovushini ancha uzoq vaqt mobaynida, bir nafasda aytishlarini nazorat qiling; ovozidan unchalik yaxshi foydalana olmaydigan bolalarni yaxshiroq nazorat qilish uchun ularni kichik guruhlarga ajrating. 

«U» tovushi 

«Bu kimligini (nimaligini) top» 

Maqsad: Tinglash qobiliyatini tarbiyalash (talaffuz etilgan tovush taqlidining turli balandliklarini tinglash orqali aniqlash qobiliyati) 

Mazmuni: Tarbiyachi turli tovush birikmalarini narsalar va xayvonlar bilan taqqoslagan holda talaffuz qiladi. Bolalar buning nimaligini yoki kimligini aniqlashlari zarur. Masalan, tarbiyachi parovozning chinqirig’iga, sigirning ma’rashiga, xo’rozning qichqirig’iga, nay tovushiga taqlid qiladi. Takroriy o’yinda pedagog bolalardan narsa yoki jonzotlarning uzoq yoki yaqindaligini aniqlashni so’raydi. 

Metodik ko'rsatmalar: Tegishli narsalar, jonzotlar tasvirlarini tanlash; tovushga taqlidlarni baland ovozda ijro etish. 

«Xay-xuylash» 

Maqsad: Artikulyatsiya apparati organlarining aniq harakatlarini mashq qildirish. 

Mazmuni: Pedagog bolalarga ular boqqa gul tergani kelganligini ma’lum qiladi. Ayrim bolalar uzoqqa ketib qolishdi, ularni xay-xo’ylab chaqirish lozim (kaftlarini og’ziga karnay qilib qo’yadi va qanday qilib «xoy-xuv» deb talaffuz qilish kerakligini ko’rsatadi). Bolalar ikki kichik guruhga bo’linadilar. Bir guruh pedagog yonida qoladi (ular past ovozda «xoy-xuv» deb talaffuz qilishlari kerak), boshqa guruh esa ajratilgan joyga yo’l oladi (ular «uzoqda» va baland ovozda chaqiradilar). 

Metodik ko'rsatmalar: Past ovozda so’zlaydigan bolalar baland ovozda «xoy-xuv» deb talaffuz qiladigan» guruhga kiritiladi. Barcha bolalar har ikki tovushni bir tekisda talaffuz etishlari, ovoz balandligidan to’g’ri foydalanishlarini nazorat qilish darkor. 


Download 27.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling