Reja: - bosqich yilu oydan boshlab to 3 yoshgacha bo'lgan davr


-bosqich - uch yoshdan besh yoshgacha bo'lgan davr


Download 27.85 Kb.
bet2/9
Sana04.02.2023
Hajmi27.85 Kb.
#1165271
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarning nutqining tovush madaniyatini rivollanishida ta`limiy o`yindan foydalanish

2-bosqich - uch yoshdan besh yoshgacha bo'lgan davr
3 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan davrda bolalarning nutqi rivojlanishni davom etadi. Ushbu yoshda lug’at yig’iladi, aniqlashtiriladi va takomillashtiriladi. Bolalar so’zlarni mazmuniga qarab aniqroq ayta boshlaydilar. Ular grammatik shakllardan to’g’ri foydalana boshlaydilar, kichik ertaklar, hikoyalarni mantiqiy izchilikda hikoya qilish va suratlar mazmunini aytib berishga qodir bo’ladilar. Nutqning tovush jihati ham jadal rivojlanadi. Bolalar ona tilining ko’pgina tovushlarini o’zlashtirib oladilar va to’g’ri talaffuz qiladilar, so’zlar va iboralarni sof va aniqroq ayta boshlaydilar, o’z nutqining sur’atiga e’tibor bera boshlaydilar.
Mazkur bosqichda nutqning tovush madaniyatini shakllantirishdagi asosiy vazifa bolalarda fonematik tinglash qobiliyatini rivojlantirish hamda so’zlar va iboralarni aniq va tushunarli qilib talaffuz qilgan holda ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni rivojlantirishdan iborat bo’ladi.
Bu yoshda asosiy vazifani xal etish bilan bir qatorda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashning boshqa bo’limlariga oid ishlarni ham amalga oshirish, ya’ni: ovoz balandligini vaziyatga qarab moslashtirish, so’zlarni ulardagi urg’ularni aniq qo’ygan holda shoshmasdan, to’g’ri va aniq qilib aytish qobiliyatini tarbiyalashga doir ishlarni ham amalga oshirish zarur.
Ilk yoshdagi bolalar bilan ishlashda tovushga taqlid qilish keng qo’llaniladi. 3-4 yoshli bolalar uchun nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash tovush talaffuziga oid ishlarni olib borish jarayonida amalga oshiriladi. Uni shakllantirish maktabgacha ta’lim muassasasida nihoyasiga yetkazilishi lozim, nutqning tovush madaniyatiga oid qolgan bo’limlarni takomillashtirish esa maktabda davom ettiriladi. Ayni paytda tovush talaffuzi bo’yicha ishlarni nutqni tinglash qobiliyatini, nutqiy nafas olishni, ovozni, artikulyatsiya apparati, diksiya va intonatsiyani rivojlantirish bilan qo’shib olib borish osondir.
To’g’ri tovush talaffuzini tarbiyalash ona tilining barcha tovushlarini izchil mashq qilish jarayonida amalga oshiriladi. Bunda nafaqat u yoki bu tovushni to’g’ri talaffuz qilish ko’nikmalarini shakllantirish, balki bolaning tinglash va talaffuz qilish imkoniyatlarini shakllantirish, ya’ni tinglash va artikulyatsiya nazorati o’rtasidagi bog’liqlikni ham shakllantirish zarur, zero ularsiz tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish mumkin emas.
Agarda 3 yoshli bolalar - s, z, sh, ch, r, l kabi tovushlarini yetarli darajada yaxshi talaffuz eta olmasalar, darxol ularni mashq qilishga kirishish kerak emas, chunki bu bolalarning ularni noto’g’ri talaffuz qilishga odatlanib qolishlariga olib kelishi mumkin. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarining barcha bo’limlari bo’yicha ishlarni olib borish zarur. Nutqni tinglash qobiliyati va talaffuz imkoniyatlarini takomillashtirish bu tovushlarning bola nutqida paydo bo’lishi hamda ularning to’g’ri talaffuz etilishiga yordam beradi.
Masalan, 3 yoshli bolalar bilan talaffuz uchun nisbatan oson bo’lgan - «f», «v» tovushlarini mashq qilishda tarbiyachi yangi tovushlar guruhi - ya’ni artikulyatsiya apparati organlarining «i» tovushiga yaqin bo’lgan muayyan joylashuvi xos bo’lgan, shuningdek «f», «v» tovushlarini mashq qilishda hosil bo’ladigan maqsadli havo to’lqini mavjud bo’ladigan shuvillovchi - «s», «z», tovushlarining paydo bo’lishi uchun shart-sharoitlarni yaratadi. Bir tovushlar guruhi uchun ishlab chiqilgan ko’nikmalarning boshqasiga o’tish imkoniyati shu tariqa yaratiladi.
Tovushlarni ketma-ket mashq qilish nutqning tovush madaniyatini shakllantirish va uni yanada takomillashtirish borasidagi ishlarni muntazam ravishda o’tkazib borish imkoniyatini yaratadi.
Ona tilining barcha tovushlarini mashq qilish bir-birini ketma-ket almashtiruvchi to’rt ish turini ko’zda tutadi: artikulyatsiya apparati organlarini tayyorlash, ajratilgan tovushni talaffuz qilishni aniqlashtirish (bo’g’inlarda) va ushbu tovushni boshqa tovushlardan ajrata olish, so’zlarda tovushni to’g’ri talaffuz qilishni mustahkamlash, iborali nutkda tovushni to’g’ri talaffuz qilishni mustahkamlash.
So’nggi uchta ish turiga nutqiy tinglash qobiliyatini rivojlantirish ham kiradi. Bu ish turlari mashg’ulotlarda mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu barcha ishlar turlarini bitta mashg’ulotda amalga oshirish tavsiya etilmaydi, chunki tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishni o’zlashtirish jarayoni - bu muayyan ko’nikmaga ega bo’lishdan iborat, uni yaratish esa izchillik va doimiylikni talab etadi. Yuqorida sanab o’tilgan ishlar turlarini 3-6 kun oralig’ida bajarish bolalarga artikulyatsiya apparati organlarining muayyan joylashuvi va harakatini o’zlashtirish hamda mustahkamlash imkonini beradi, tovushni to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirish hamda uni yaxshi tinglay olishga yordam beradi.
Tovush talaffuziga oid ishlar nutq tovush madaniyatining boshqa bo’limlariga doir ishlar (nutqni tinglash qobiliyati, artikulyatsiya, nutqiy nafas olish, ovozlar, diksiya, nutq sur’ati, uning intonatsion ifodaliligini rivojlantirish) bilan birgalikda olib boriladi. Endi har bir ish turini batafsil ko’rib chiqamiz.
1 -ish turi - artikulyatsiya apparati organlari harakatini aniqlashtirish. Tarbiyachi harakatlarni rivojlantirish yoki aniqlashtirish, tovushning to’g’ri artikulyatsiyasiga yordam beradigan muayyan holatlarni ishlab chiqish uchun o’yin mashqlarini o’tkazadi. Bunda nutq tovush madaniyatining navbatdagi bo’limlariga oid ishlar ajratiladi: aniq va to’g’ri artikulyatsiyani, og’izdan uzoq muddat davomida bir tekis nafas chiqarishni o’rgatish, tovush balandligini rivojlantirish.

  1. ish turi - ajratib qo’yilgan tovushni talaffuz qilishni aniqlashtirish va nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish. Tarbiyachi ajratib qo’yilgan tovushni talaffuz qilishni aniqlashtirish yoki uni taqlid asosida atash uchun o’yinlarni yoki o’yinli mashqlarni olib boradi. Bolalarning diqqat-e’tibori ushbu tovushni talaffuz etishda artikulyatsiya apparati organlarining holatiga va uning jaranglashiga qaratiladi. Ushbu tovushni tovushlar guruhi ichidan ajratib olish uchun o’yinlardan foydalaniladi. 




Bu ish turi nutqni tinglash, ovoz balandligini taqqoslay olish qobiliyatlarini tarbiyalash, artikulyatsiya apparatini, nutqiy nafas olishni rivojlantirishga yordam beradi. 



  1. ish turi - so’zlarda tovushni to’g’ri talaffuz qilishni tarbiyalash va fonematik tinglash qobiliyatini rivojlantirish. 


Tarbiyachi so’zlarda tovushlarni aniq va to’g’ri qo’llashga yordam beruvchi turli materiallarni (asosan, didaktik o’yinlar) beradi. Dastlab mashq qilinayotgan tovush urg’uli bo’g’inda turgan so’zlarda beriladi. Bolalar uni yanada aniqroq, cho’zib talaffuz qilishni o’rganadilar, ya’ni tovushni ovoz yordamida ajratish ko’nikmasini mashq qiladilar, keyinchalik esa ularni nafaqat ajrata olish, balki uning bo’g’indagi joyini aniqlashni o’rganadilar. Bir vaqtning o’zida fonematik tinglash, so’zlarni orfoepiya me’yorlariga muvofiq holda talaffuz qilish vazifalari xal etiladi. 



  1. ish turi - tovushlarni iborali nutqlarda to’g’ri talaffuz qilishni tarbiyalash va nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish. 


Pedagog maxsus tanlab olingan nutqiy materiallar, ya’ni: so’zli o’yinlar, tez aytishlar, topishmoqlar, she’rlar va hikoyalarni beradi. U mazkur tovushning yuqorida sanab o’tilgan materialda to’g’ri qo’llanishini kuzatib boradi. Mustaqil nutqda tovushni to’g’ri talaffuz qilishni tarbiyalash nutqni tinglash va nutqiy nafas olish qobiliyatlarini rivojlantirish, nutqning oxista sur’ati va intonatsion ifodaliligidan foydalana olish qobiliyatini shakllantirish bilan birgalikda olib boriladi. 


Download 27.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling