Reja: Shaxs axloqiy tarbiyasini shakllantirishda milliy qadriyatlarning o`rni


Download 24.88 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi24.88 Kb.
#1778286
Bog'liq
Tarbiya usullarini tanlashga qo‘yiladigan talablar. O’quvchilar shaxsini hartomonlama kamol toptirish.


Tarbiya usullarini tanlashga qo‘yiladigan talablar. O’quvchilar shaxsini hartomonlama kamol toptirish.

Reja:

  1. Shaxs axloqiy tarbiyasini shakllantirishda milliy qadriyatlarning o`rni

  2. Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda ota-ona mas’uliyati.

  3. Adabiyot va san’at – shaxs ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi.

Axloqiy tarbiyaning asosi axloq va axloqiy me'yorlardir. Axloq (lotincha «moralis» xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo'lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig'indisi. Axloqiy me'yorlar to'g'risidagi bilimlar o'quvchilar ongiga ta'lim va tarbiya jarayonida singdirilib boriladi. Axloqiy tarbiyaning natijasi o'quvchilarda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko'nikmalari va axloqiy madaniyatning shakllanishida ko'rinadi.


Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo'lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy istiqlol g'oyasining o'quvchilar ongida aks etishidir.
Axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko'nikmalari hamda axloqiy madaniyat ta'lim-tarbiya jarayonida yo'lga qo'yilayotgan axloqiy, ijtimoiy-g'oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, debatlar xalq xo'jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilm-fan, madaniyat, ishlab chiqarish hamda sport sohalarida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarni qo'lga kirish bilan O'zbekiston Respublikasi nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro'-e'tiborining oshishiga o'zining munosib hissasini qo'shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to'g'risidagi ma'lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko'rsatgan, xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi.
Axloqiy tarbiya o'quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, uni samarali tashkil etishda ong, his-tuyg'u hamda xulq-atvor birligiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Zero, ular birligida ma'lum kamchiliklarning yuzaga kelishi ham o'quvchilarning komil shaxs bo'lib kamol topishlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Dunyoqarash tabiat, jamiyat, inson tafakkuri hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e'tiqodlar tizimidir.
YUksak ma'naviy komillik, yurt ozodligi, obodligi va xalq farovonli yo'lida fidokorona mehnat qilish, o'ziga va atrofdagilarga nisbatan talabchan bo'lish, o'zida
irodaviy sifatlarni tarbiyalay olish, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ijodkorlik hamda mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo'lish kabi xislatlarni mustaqil O'zbekiston Respublikasi hayotida ustuvor bo'lgan tamoyillar sifatida e'tirof etish mumkin.
O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasi asoslari tayanch omillar sifatida namoyon bo'ladi.
Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida axloqiy mazmundagi suhbat, ma'ruza, bahs-munozara, konferentsiya, seminar hamda debatlardan foydalanish o'zining ijobiy natijalarini beradi.
NATIJA VA TAHLIL
Yosh avlod tarbiyasida milliy qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati va o'rni katta. Ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning tiklanishi. Biron -bir jamiyat imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo'lga kiritgach, o'z taqdirining chinakam egasi, o'z tarixining ijodkori, o'ziga hos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o'lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o'zlikni anglashni, ta'bir joiz bo'lsa,milliy iftixorni tiklash va o'stirish jarayonida g'oyat muhim o'rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda.
Tarixiy tajriba, an'analarining meros bo'lib o'tishi- bularning barchasi yangidan- yangi avlodlarga tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog'i lozim. Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o'ziga rom etib kelayotgan markaz bo'lib qolganligi tasodif emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san'at ihlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan. Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr- bardoshi ma'naviy uyg'onishning yana bir bitmas- tuganmas manbaidir.
Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g'oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch totuv yashagan markaz bo'lib kelgan. Etnik sabr- toqat, bag'rikenglik hayot bo'ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me'yorlarga aylandi.
Har bir yosh avlod o’qishni, tarbiya olishni istaydi, ulg’ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni hohlaydi. O’qituvchi uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi lozimligini bilishi kerak. Shu bilan birga bola o’zini o’zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmaslik lozim. O’quvchilar yaqin kishilarining (ota-onasi, o’qituvchilari, tarbiyachilarining) munosabatlarini yaxshi bilsa, bu unga ishda yordam bersa, shundagina bola pedagogik ta‘sir o’tkazishga ochiq va moyil bo’ladi. O’qituvchi - do’st, murabbiy, yo’l boshlovchi bo’lgandagina o’quvchilar o’zlarining ichki olamlarini ochib ko’rsatadilar.
Ma‘lumki, tarbiya – tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o’z ichiga olgan ikki yoqlama jarayondir. Tarbiyachilar – bilim va tarbiyaga ega bo’lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar – bilim va tajriba o’rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko’rsatmasalar, tajriba va bilim o’rgana olmaydilar.
Demak, tarbiya usullari - o’qituvchi, tarbiyachining tarbiyalanuvchilarga ta‘sir ko’rsatish usullari, ularga ijobiy xulq-atvor ko’nikmalari va malakalarini singdirish maqsadida ularning hayoti va faoliyatini tarbiyaviy jihatdan to’g’ri tashkil etish yo’llaridir. Aniqrog’i, tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarda axloq-odob fazilatlarini tarkib toptirish maqsadida ularning ongi va irodasiga ta‘sir etish yo’llariga aytiladi. Tarbiya usullari tarbiyaning maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, komil inson shaxsini tarbiyalashga qaratilgan.
Ajdodlarimiz davr sinovidan o’tgan ajoyib insoniy fazilatlar hamda ularni amalga oshirish usul va vositalarini yaratganlar, shu asosda yoshlarni ijtimoiy hayot talablariga javob beradigan kishilar qilib tarbiyalab kelganlar. O’quvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun tarbiyashakllaridan foydalaniladi. Masalan: sinf majlisi, yig’ilishlar, klub ishlari va boshqalar.
Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo’l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi (ko’rsatmali qo’llanmalar, kitoblar, radio, televideniya). Bundan tashqari o’quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari – kinofilmlar, san‘at asarlari, o’qituvchining jonli so’zi, bolalar o’yini, sport, badiiy havaskorlik to’garaklari va boshqa faoliyat turlari tarbiyaviy vositalari bo’lishi mumkin. Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o’qituvchi-tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog’liq. Tarbiyachilar ta‘sir etishning boshla shaxsiyatiga mos usulini, eng maqbul usulini tanlab olishlari, uning shaxsini o’zgartirish uchun kerakli sharoit yaratishlari darkor.
Yoshlarni tarbiyasida o’zining ijobiy sifattlari, axloqiy fazilatlarini namoyon qilganda, mehnat faoliyatda, berilgan topshiriq va vazifalarni astoydil, yaxshi bajarganda ham, o’quv ishi natijalarini ham rag’batlantirish o’qituvchidan talab etiladi, ya‘ni bu ish lozimdir. Shunday qilib, tarbiya jarayonida o’qituvchi yakka o’quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yo’lida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan holda ta‘sir etish shakllari majmuasiga tarbiya usuli deyiladi.
Tarbiya usullari, vosita va omillari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, o’zini oqlagan urf-odatlar an‘anaga aylanadi. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning o’z udumi, usuli tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi tarbiya vositalari bo’ladi, shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak.

Ajdodlarimiz davr sinovidan o’tgan ajoyib insoniy fazilatlar hamda ularni amalga oshirish usul va vositalarini yaratganlar, shu asosda yoshlarni ijtimoiy hayot talablariga javob beradigan kishilar qilib tarbiyalab kelganlar. O’quvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun tarbiyashakllaridan foydalaniladi. Masalan: sinf majlisi, yig’ilishlar, klub ishlari va boshqalar.


Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo’l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi (ko’rsatmali qo’llanmalar, kitoblar, radio, televideniya). Bundan tashqari o’quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari – kinofilmlar, san‘at asarlari, o’qituvchining jonli so’zi, bolalar o’yini, sport, badiiy havaskorlik to’garaklari va boshqa faoliyat turlari tarbiyaviy vositalari bo’lishi mumkin. Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o’qituvchi-tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog’liq. Tarbiyachilar ta‘sir etishning boshla shaxsiyatiga mos usulini, eng maqbul usulini tanlab olishlari, uning shaxsini o’zgartirish uchun kerakli sharoit yaratishlari darkor.
Yoshlarni tarbiyasida o’zining ijobiy sifattlari, axloqiy fazilatlarini namoyon qilganda, mehnat faoliyatda, berilgan topshiriq va vazifalarni astoydil, yaxshi bajarganda ham, o’quv ishi natijalarini ham rag’batlantirish o’qituvchidan talab etiladi, ya‘ni bu ish lozimdir. Shunday qilib, tarbiya jarayonida o’qituvchi yakka o’quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yo’lida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan holda ta‘sir etish shakllari majmuasiga tarbiya usuli deyiladi.
Tarbiya usullari, vosita va omillari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, o’zini oqlagan urf-odatlar an‘anaga aylanadi. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning o’z udumi, usuli tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi tarbiya vositalari bo’ladi, shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak.
14. 2. Tarbiya usullariga tavsif.
Xalq pedagogikasida turli xil tarbiya usullari va vositalaridan foydalaniladi, bu usul, vositalar nihoyatda rang-barang bo’lib, ko’p tomonlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Xalq pedagogikasida qo’llanib kelayotgan xilma-xil tarbiya usullarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
1. Tushuntirish (o’rgatish, odatlantirish, mashq qildirish).
2. Namuna (maslahat berish, uzr so’rash, yaxshiliklar haqida so’zlash, o’rnak bo’lish).
3. Nasihat berish, o’git (undash, ko’ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma‘qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo’l tilash va hokazolar).
4. Qoralash va jazo (ta‘qiqlash, ta‘na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo’rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar). Ushbu usullar tizimga solinsa, birlashib umumiy bir yaxlitlikni ifodalaydi. Tarbiyaviy jarayonda avval bolaga umumiy manzara, mazmun-mohiyati tushuntiriladi va ko’rsatma beriladi. Bolalar narsa va hodisalarga, berilgan topshiriqlarga tushunmaganlarida tarbiyachi namuna vositasini o’taydi, ya‘ni yoshlarning mustaqil kuzatuvchanligiga e‘tibor beriladi. Shunda ham tushunmaganlar kattalarning, yaqinlarining nasihati, o’giti orqali narsa va hodisalarning mohiyatiga yetadigan bo’ladi. Bordi-yu bunda ham bolalar tushunmasa yoki tushunishni istamasa, aytganlarni qilmasa, unda qoralash va jazo usullaridan foydalanishga to’g’ri keladi. Bu tarbiyalashda so’nggi chora usulidir.
Milliy tarbiyamizdaga axloqiy mezonlarga asosan yoshlarni tarbiyalashda milliy an‘analar, umuminsoniy qadriyatlar asos qilib olinishi kerak. Bular o’z navbatida, yangicha tarbiyaning o’zgacha muvofiq uslub va shakllarini taqozo etadi.
Tarbiya usullarini o’rganish, tahlil qilish va bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish uchun tarbiyaviy usullarni ularning vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi va o’quvchilar faoliyatini yo’lga qo’yish usullari: tushuntirish, o’rgatish, suhbat va hikoya, ibrat-namuna, ishontirish, o’yin, musobaqalar. Bu guruh usullarining mohiyati shundan iboratki, ular orqali jamiyat o’quvchilar ongiga qanday talablar qo’yayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko’maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo’llaniladi.
Tushuntirishning mohiyati jamiyatning ma‘naviy va moddiy hayotidagi eng muhim voqealar to’g’risida axborot berish asosida o’quvchilar diqqatini atrofdagi voqelikka, o’z fuqarolik burchlariga ongli munosabatni shakllantirishga qaratishdan iborat. Tarbiyachi tegishli qoida va talablarga qanday rioya qilish zarurligini bolalarga ko’rsatadi va tushuntiradi.
Uqtirish biror axloqiy fazilatni o’quvchilar ongiga singdirish va ularning tushunib bajarishi, o’zlashtirishiga asoslanadi.
Suhbat va hikoya. O’quvchi shaxsini g’oyaviy va axloqiy shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi eng ta‘sirli usul hisoblanadi. Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin: etik mavzular (kishilarning jamiyatdagi axloq mezonlari, o’zini tutish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat va inson go’zalligi), siyosiy mvzularda (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari), ta‘lim va bilishga oid mavzularda (koinot, hayvonot dunyosi). O’quvchilar odatda hayotdan va badiiy adabiyotdan olingan hikoyalarni qiziqib tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tabiiy boyliklari, mehnatkash kishilari, tarix, adabiyot, san‘at haqida hikoya qilib berish mumkin.
Ta'lim to‘g‘risidagi Qonunning 17 moddasida «Maktabdan tashqari ta'limda bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qodirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta'lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga bolalar o‘smirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari, markazlari, bolalar sport maktablari, san'at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi» - deb ta'kidlangan.
Milliy dasturda «Maktabdan tashqari ta'limni rivojlantirish, uning tizilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
Ta'lim berish va kamol toptirishga yo‘naltirilgan xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasalar tarmog‘ini va bunday xizmatlar turlarini ko‘paytirish;
Milliy pedagogik qadriyatldarga asoslangan jahondagi ilg‘or tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallarni ishlab chiqish;
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil etishning, shu jumladan, ommaviy sport va jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish», - alohida ta'kidlanadi.
YUqoridagi talablardan kelib chiqib quyidagi tarbiyaviy ishlar olib boriladi:
Sinfdan tashqari vaqtlarda o‘qituvchilar yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar o‘quvchilar bilan turli xil ta'lim-tarbiya ishlarini olib boradilar. Bunday ishlar sinfdan tashqari ishlar deb ataladi. Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar maktabda yoshlarni tarbiyalash tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu ishlardan o‘quvchilar shaxsini kamol toptirish maqsadida keng foydalaniladi.
Maktabdan tashqari ishlar maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan uyushtirilgan ta'lim-tarbiya va madaniy oqartuv ishlaridan iboratdir. Bular ikki tipga bo‘linadi: birinchisi, ko‘p tarmoqli, 'ni ko‘p xil ishlarni o‘z ichiga oladi. O‘quvchi va o‘smirlar saroylari, uylari, bolalar klublari, madaniyat uylaridagi bolalar sektorlari, bolalarning istirohat bog‘lari, maydonchalari, yozgi lagerlari va boshqalar.
Ikkinchisi tor tarmoqli muassasalar, ya'ni bir soha bo‘yicha ta'lim-tarbiya va madaniy ishlar olib boriladigan muassasalar. Bolalar kutubxonalari, yosh tabiatshunoslik stansiyalari, bolalar texnika stansiyalari, bolalar teatrlari, bolalar ijodiy uylari, bolalar ekskursiya turistik bazalari, bolalar temir yo‘llari, stadionlari kabilar.
Sinfdan va maktabdan tashqarish ishlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan o‘qish mashg‘ulotlaridan farq qiladi. Bu ish ixtiyoriy asosda tashkil qilinadi. O‘quvchilar o‘z qiziqish va layoqatlariga qarab turli to‘garaklarga yoziladilar, darsdan tashqari vaqtda o‘tkazilayotgan ommaviy va yakka tartibdagi ishlarda ham o‘z istaklari bilan qatnashadilar.
Sinfdan va maktabdan tashqarish ishlarning yana bir xususiyati shundaki, bu ishda o‘quvchilarning mustaqil ishlari asosiy o‘rin tutadi. To‘garaklarda, sport jamoalarida, bolalar lagerlarida, maktab maydonchalarida mustaqil ishlar uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Sinfdan va maktabdan tashqarish ishlar darsda olib boriladigan o‘quv-tarbiya ishlarini mustahkamlaydi va to‘ldiradi, o‘quvchilarni pedagogik ta'sirga to‘la jalb etishga, dars uchun ajratilgan vaqt ichida amalga oshirish qiyin bo‘lgan ishlar amalga oshiriladi.
Sinfdan va maktabdan tashqarish tarbiyaviy ishlar jarayonida mehnat va o‘quv mashg‘ulotlari bilan o‘yin kulgu, hordiq chiqarish tadbirlari o‘zaro muvofiqlashtirilishi kerak.
Sinfdan va maktabdan tashqarish ishlardan ko‘zda tutilgan maqsad bolalarda turli sohalar bo‘yicha qiziqishlarni yuzaga keltirish, ularni rivojlantirish va tarbiyalashdir. Bolalarning hayotini chinakamiga madaniy qilish ularni jamoa bo‘lib yashashga o‘rgatishdan iboratdir.
Sinfdan va maktabdan tashqarish ishlarni tashkil qilish shakllari quyidagicha:
a) og‘zaki ish usullari (siyosiy axborotlar, majlislar, lineykalar, leksiyalar, dokladlar, kitobxonliklar, konferensiyalar, munozaralar, uchrashuvchi);
b) ko‘rgazmali ish usullari (maktab muzeylari, turli sohaga oid albomlar majmuasi, urush va mehnat qaxramonlari badiiy ijod ko‘rgazmalari);
v) amaliy ish usullari (poxodlar, ekskursiyalar, spartakiadalar, olimpiadalar va konkurslar, qizil iztoparlar harakati, texnika ijodi, yosh naturalistlar to‘garaklari, shanbaliklar va temurchilar harakati) va boshqalar.
Download 24.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling