S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari


Individning ehtiyojlarini qondirish bilan


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/65
Sana02.01.2022
Hajmi0.95 Mb.
#191219
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
Bog'liq
shaxsning bilish jarayonlari

Individning ehtiyojlarini qondirish bilan 

bog`lik bo`lgan faoliyatga undovchi sifatida 

namoyon bo`luvchi motiv sifatidagi 

motivlashtirish. 

 

 



 

 

 



Subyektni faoliyat  

ko`rsatishiga qanday  



ehtiyojlar undayotganini  

izoxlab beradi. 

 

2.   


Motivlashtirish faollik nimaga 

qaratilganligini, nima uchun qandaydir 

boshqa xulq-atvor emas, balki xuddi 

shunaqasini tanlanganligini  izoxlash. 

 

 



 

 

 

 

Motivlar xulq-atvor  



yo`nalishini tanlashni  

belgilaydigan sabablardir  

hamda birgalikda kishi  

shaxsining yunalganligini  

tashkil etadi. 

3.   

Motivlashtirish kishi axloqi va faoliyatni 

o`zi boshqaradigan vosita hisoblash. 

 

 



 

 

Bu vositalarga hissiyotlar,  



emotsiyalar, istaklar,  

qiziqishlar, dunyoqarash va  

ehtiqod kiradi. 

 

 




Irodaviy  harakatda  uni  motivlashtirishning  barcha  uchta  tomoni  -  faollik 

manbai,  uning  yo`nalganligi  va  o`z-o`zini  boshqarish  vositalari  namoyish 

kilingandir. 

Shunday  qilib,  ehtiyojlar  bir  xil  harakatlarning  bajarilishini  belgilaydigan  va 

boshqalarining bajarilishiga xalaqit beradigan har xil motivlarga aylanadi. Irodaviy 

harakatlarning  sabablari  hamisha  ozmi-ko`pmi  darajada  anglanilgan  harakterda 

bo`ladi.  U  yoki  bu  ehtiyojning  qanchalik  anglanilganiga  bog`liq  holda  intilish  va 

istakni  ham  farq  qilsa  bo`ladi.  Yetarli  darajada  anglanilmagan  ehtiyojdan  iborat 

faoliyat  motivi  -  intilishdir.  Faoliyatning  motivi  sifatida  ehtiyojning  yetarli 

darajada  tushunib  yetilganligi  bilan  harakterlanashi  -  istakdir.  Malakali  yosh 

muxandis  mehnat  unumdorligini  yanada  oshirish  istagini  bildirib,  yangi  ilg`or 

texnologiya  yordamida  o`z  chizmalarini  yanada  takomillashtirish  to`g`risida 

o`ylaydi, o`z ish jadvalini qayta ko`rib chiqib, har bir harakatini hisobga oladi. 

Irodaviy  xatti-harakatning  so`nggi  jihati    -  ijrodir.  Unda  qaror  harakatga 

aylanadi, irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo`ladi.  

Irodaviy  xatti-harakatning  eng  muhim  bo`g`inlari  -  qaror  qabul  qilish  va  uni 

ijro  etish  -  ko`pincha  alohida  hissiy  holatning irodaviy  zo`r  berish  sifatida 

tavsiflanadigan  holatning  kelib  chiqishiga  sabab  bo`ladi.  Irodaviy  zo`r  berish  bu 

hissiy  xayajon  shakli  bo`lib,  kishining  harakatga  qo`shimcha  motivlarni  vujudga 

keltiruvchi,  gohida  yo`q  bo`luvchi  yoki  yetarli  bo`lmagan  ichki  resurslarini 

(xotirasi,  tafakkuri,  hayoli)  safarbar  etuvchi  sabablardir.  Irodaviy  zo`r  berish 

natijasida bir xil motivlarning harakati to`xtatlib, boshqalarining harakatini haddan 

ziyod  kuchaytirish  mumkin  bo`ladi.  Burch  hissi  bilan  tug`ilgan  irodaviy  kuch-

g`ayrat  tashqi  to`siqlarni  bartaraf  etishga  va  harakat  qilishga  safarbar  etadi. 

Irodaviy  kuch-g`ayrat  ishlatish  natijasida  dangasalik,  qo`rquv,  charchash  kabilar 

ustidan qozonilgan g`alaba anchagina hissiy zavq beradi, o`z ustingdan erishilgan 

g`alaba  kabi  boshdan  kechiriladi.  Tashqi  to`siq  yengib  o`tish  lozim  bo`lgan  ichki 

qiyinchilik,  ichki  qarshilik  kabi  boshdan  kechiriladigan  bo`lsa  u  irodaviy  zo`r 

berishni  talab  qiladi.  Irodaviy  kuch-g`ayrat  sarflash  odati  matonatli  fe’l-atvorni 

shakllantirishning majburiy sharti bo`lib xizmat qiladi. 





Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling