Samandarov Javlonbekning Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fanidan
Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlik va foyda
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
yakuniy kichik biznes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xuddi shu sotilgan mahsulotdan olingan sof tushum ko’rsatkichi korxonani o’z ixtiyorida bo’lgan daromadini ko’rsatadi va bu daromad
Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlik va foyda.
Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi. Ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama oshirish iqtisodiyotni hozirgi bosqichida rivojlantirishning eng muhim xo’jalik vazifasidir. Bu vazifani hal etish maksimal foyda bergan mahsulot hajmining optimal yo’llarini tanlash bo’yicha qilinadigan ishlarni davom ettirish bilan bog’liqdir. Foydani maksimallashtirish to’g’risidagi taxminlar makroiqtisodiyotda ko’p ishlatiladi. Chunki uning yordamida korxona va firmalaning xatti-harakatlarini (faoliyatini) aniq bashorat qilish va keraksiz murakkab analitik hisoblashlardan voz kechish mumkin. Daromad miqdori foydadan kattadir. Korxonaning xo’jalik faoliyatidan olingan daromad uning hisobiga kuyidagi qismlar bo’yicha qo’shiladi: I.
Mahsulotni sotishdan kelgan sof tushum. II.
Asosiy faoliyat natijalardan kelgan daromad. III.
Moliyaviy faoliyatdan kelgan daromad. IV.
Favqulotdagi xolatlardan kelgan foyda. Mahsulot sotishdan kelgan sof tushumni aniqlash uchun (ishlar, xizmatlar) sotishdan kelgan tushumdan qo’shilgan qiymat solig’i (QQS), aktsizmar qiymati, chetga chiqarilgan mahsulot solig’i kabilar ayirib tashlanadi. Xuddi shu sotilgan
Foyda turlari quyidagilar: I. Yalpi sotishdan ko’rgan foyda. II. Asosiy faoliyatda ko’rgan foyda. III. Umumiy xo’jalik faoliyatidan ko’rilgan foyda. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling