Samandarov Javlonbekning Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fanidan


Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlik va foyda


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana21.11.2021
Hajmi0.55 Mb.
#176259
1   2   3   4   5
Bog'liq
yakuniy kichik biznes

Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlik va foyda. 

  

Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy 

faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar 

berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega 

boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish 

hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, 

resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish 

samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. 

Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot 

ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan 

oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. 

Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan 

foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va 

kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan 

aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining 

umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining 

oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga 

toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va 

aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari 

muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi 

surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat 

unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. 

Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab 

chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi

mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy 

samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi. 

Ishlab  chiqarish  samaradorligini  har  tomonlama  oshirish 

iqtisodiyotni  hozirgi  bosqichida  rivojlantirishning  eng  muhim 

xo’jalik  vazifasidir.  Bu  vazifani  hal  etish  maksimal  foyda  bergan 

mahsulot  hajmining  optimal  yo’llarini  tanlash  bo’yicha 

qilinadigan  ishlarni  davom  ettirish  bilan  bog’liqdir.  Foydani 




maksimallashtirish  to’g’risidagi  taxminlar  makroiqtisodiyotda 

ko’p ishlatiladi. Chunki uning yordamida korxona va firmalaning 

xatti-harakatlarini  (faoliyatini)  aniq  bashorat  qilish  va  keraksiz 

murakkab analitik hisoblashlardan voz kechish mumkin. 

Daromad  miqdori  foydadan  kattadir.  Korxonaning  xo’jalik 

faoliyatidan olingan daromad uning hisobiga kuyidagi qismlar 

bo’yicha qo’shiladi: 

I. 


Mahsulotni sotishdan kelgan sof tushum. 

II. 


Asosiy faoliyat natijalardan kelgan daromad. 

III. 


Moliyaviy faoliyatdan kelgan daromad. 

IV. 


Favqulotdagi xolatlardan kelgan foyda. 

Mahsulot  sotishdan  kelgan  sof  tushumni  aniqlash  uchun 

(ishlar,  xizmatlar)  sotishdan  kelgan  tushumdan  qo’shilgan 

qiymat  solig’i  (QQS),  aktsizmar  qiymati,  chetga  chiqarilgan 

mahsulot  solig’i  kabilar  ayirib  tashlanadi.  Xuddi  shu  sotilgan 

mahsulotdan  olingan  sof  tushum  ko’rsatkichi  korxonani  o’z 

ixtiyorida  bo’lgan  daromadini  ko’rsatadi  va  bu  daromad 

undan  keyingi  barcha  turdagi  foyda  ko’rsatkichlarini 

hisoblash uchun asos bo’lib hizmat qiladi

Foyda turlari quyidagilar: 

I. 

Yalpi sotishdan ko’rgan foyda. 



II. 

Asosiy faoliyatda ko’rgan foyda. 



III. 

Umumiy xo’jalik faoliyatidan ko’rilgan foyda.



 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling