Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Banklararo kredit resurslari bozori


Download 1.01 Mb.
bet92/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Banklararo kredit resurslari bozori – bu kredit resurslarini oldi-sotdi qilish maqsadida tashkil etilgan maxsus markazlardir. Banklararo kredit resurslari bozori ssuda kapitallari bozori ham deb ataladi.

Banklararo kredit resurslari bozorida tijorat banklarining birinchi qismi kredit resursi sotuvchi sifatida, ikkinchi qismi esa, kredit resursini sotib oluvchi sifatida ishtirok etadi.


Banklararo kredit resurslari bozori ikki segmentdan iborat:





  • pul bozori;




  • kapital bozori.

Pul bozorida qisqa muddatli, yaʻni muddati 12 oygacha boʻlgan depozitlar va kreditlarning foiz stavkalari shakllanadi.


Kapital bozorida oʻrta va uzoq muddatli depozitlar va kreditlarning foiz stavkalari shakllanadi.


Banklar resurslarini boshqa banklardan ssuda olish, yaʻni banklararo kredit hisobiga ham kengaytirish mumkin. Ortiqcha kredit resurslarini sotish bilan moliyaviy barqaror tijorat banklari shugʻullanadi. Bu resurslar daromad keltirishi uchun banklar bu resurslarni boshqa banklarga joylashtirishga harakat qiladilar. Banklar resurslarini joylashtirib, daromad olishdan tashqari, bank-kreditor uchun bankning boshqa faoliyatlari boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlariga ega boʻladi. Banklar uchun oʻz kredit resurslarini xoʻjaliklarga joylashtirishdan koʻra, banklarga joylashtirish foydaliroqdir. Ayniqsa, hozirgi sharoitda kreditning qaytishi uchun kafolat xoʻjalik korxonalaridan koʻra banklarda kattaroqdir.


182
Banklararo kreditning muddatlari har xil. Rivojlangan davlatlar tijorat banklari amaliyotida bir, uch, olti oy muddatli banklararo kredit berish koʻprok ishlatiladi. Yana shuni aytib oʻtish joizki, 1 kundan tortib bir necha yil muddatga beriladigan banklararo kredit berish ham rivojlanmokda.

Hozirgi paytda MDH davlatlarida 3 oydan 6 oy muddatgacha banklararo kreditdan foydalanish banklar faoliyatida keng tarqalgan. Banklararo kreditning foiz stavkasi, odatda, xoʻjaliklarga beriladigan kreditlar foiz stavkasidan past boʻladi va Markaziy bank tomonidan bu stavkalar nazorat qilinadi. Resurslarni jalb qilish nuqtayi nazaridan esa bank uchun banklararo kredit boshqa depozitlarni jalb qilishdan koʻra qimmatroqqa tushadi. Banklar resurslarini banklararo kreditlar hisobiga shakllantirishdan maqsadi shuki, banklar oʻz mijozlarini kreditga boʻlgan ehtiyojini qondirishdir va kredit qoʻyilmalarini yanada kengaytirib foyda olishdir.


Banklararo bozor moliya bozorining segmentlaridan biri hisoblanib, bank investitsiyalarini real iqtisodiyotga bank tizimida jamlangan mablagʻlarni tez va samarali qayta taqsimlash orqali joylashtirishni taʻminlaydi. Banklararo bozorning faoliyat yuritishi iqtisodiyot uchun investitsiya boʻyicha maʻlum qarorlarini qabul qilish nuqtayi nazaridan ularning umumiy hajmi va samaradorligiga taʻsir koʻrsatadi va pirovard natijada, iqtisodiy oʻsishga erishishni taʻminlashda muhim rol oʻynaydi. Banklararo bozor faoliyatida tartibga solingan tizimning mavjudligi har qanday zamonaviy bank tiziminining asosini tashkil etib, banklarning zaruriy mablagʻlardan foydalanishlarini yengillashtiradi, bank bitimlari hajmini koʻpayishini taʻminlaydi, qoʻshimcha mablagʻlarni ushlab turish zaruriyatini pasaytiradi. Shuningdek, banklarning ham harajatlar evaziga yanada samarali ishlashlariga imkoniyat yaratib beradi. Yaxshi ishlaydigan banklararo bozor nafaqat banklar faoliyatini yengillashtiradi, balki bozor nomutanosibliklarining vujudga kelishini kamaytiradi. Har qanday bank tizimiga likvidlilikning tebranishi xos. Lekin yaxshi faoliyat yuritayotgan banklararo bozor likvidli mablagʻlarning nazarda tutilmagan isteʻmoli natijasida vujudga kelgan nobarqarorlikni kamaytiradi va kutilmagan holatlarga nisbatan bank sektori barqarorligini taʻminlaydi.


183
Tor ma‘noda, ssuda kapitalining jahon bozori (SKJB) deganda – xalqaro kredit operatsiyalari roʻy beradigan bozor yoki ssuda kapitalining xalqaro bozori tushuniladi. U oʻz ichiga chet el kreditlari va zayomlar bozorini oladi. Bu bozor, oʻz navbatida, ssuda kapitali (SK) milliy bozoridagi xalqaro operatsiyalarini keltirib chiqaradi. Yevrovalyuta bozori yoki yevrobozor bu chet el valyutasida mamlakat tashqarisida naqd pulsiz depozit – ssuda operatsiyalari roʻy beradigan bozordir. Yevrovalyuta operatsiyalari SKJ bozorini deyarli qamrab olganligi tufayli baʻzi adabiyotlarda SKJB sinonimi sifatida yevrobozor tushunchasi ham ishlatiladi. (Baʻzi bir maʻlumotlarga qaraganda SKJBdagi 70-90% operatsiyalar yevrovalyuta operatsiyalariga toʻgʻri keladi).

Keng manoda, SKJB deganda ssuda kapitalining jahon miqyosida taqsimlanishi va kayta taqsimlanishining iqtisodiy mexanizmi tushuniladi. Yaʻni, bu jarayon ssuda kapitali milliy bozorini va yevrobozorni muvofiqlashtirishga asos boʻladi.


SKJB evolyutsiyasi jahon iqtisodiyotining baynalminallashuv jarayoni dinamikasida oʻz aksini topadi. Bu rivojlanish bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin:


Birinchi bosqich, rivojlanishining monopol darajasi, SKJB koʻp tarqalgan SK milliy bozorlarining muvofiqlashuvi sifatida koʻringan.


Ikkinchi bosqich, yuqori rivojlanish davrida xoʻjalik aloqalarining baynalminallashuvi va xalqaro kreditning rivojlanishi asosida SKJB shakllanadi.


Dastlab xalqaro kreditning rivojlanishi milliy bozorlarda faqat xalqaro operatsiyalar shaklida namoyon boʻlgan. Asta-sekin yirik bozorlar (London, Parij, Nyu-Yorkda) jahon moliya markazlariga aylanadi. Bu moliya markazlarida oʻtkazilgan operatsiyalar jahon bozorining ikkinchi sektorini shakllantirdi. Bu markazlar offshoring. Off-shove – mamlakat tashqarisida maʻlum bir masofada joylashgan. Jahon moliya markazlariga banklar va kredit-moliya institutlari jamlangan. Xalqaro kredit oltin va chet el valyutasida operatsiyalar olib boradigan bu muassasalar SKJBning tashkiliy markazlari boʻlib qoldi. 1929-1933-yillarda jahon iqtisodiy tanazzuli, undan keyin depressiya va II Jahon urushi davrida tashqi


184
savdo hajmi, shuningdek, jahon markazlarida ham, milliy bozorda ham xalqaro operatsiyalarning soni qisqarib bordi. Keyingi bosqichlarda SKJBning rivojlanishining 50-yillardagi yevrobozorning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Valyuta munosabatlarini olib borishda valyuta cheklovlarining yuzaga kelishi va SK milliy bozorlari orasidagi farqlanish mavjudligi sharoitida xalqaro moliya kapitalining harakati va rivojlanishi yagona, milliy davlat boshqaruvidan uctunroq boshqariluvchi bozorni talab qildi. Yevrobozor shunday bozor sifatida vujudga keldi. U milliy bozorlar oʻrtasida oʻziga xos faoliyat olib boruvchi vositachi hisoblanadi. Chunki bunda operatsiyalar milliy davlat tashkilotlari tomonidan boshqarilmaydi. Yevrobozorlar dastlab yevrodollar bozori shaklida rivojlana bordi. Yevrodollarning paydo boʻlishi dollarning chet el banklarida jamgʻarilishiga va ularning kredit operatsiyalarda ishlatilishiga olib keldi. 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab yevrobozor operatsiyalari yevromarka, yevrosterling, yevrofranklar kabi boshqa valyutalarda olib borila boshlandi. Yevrobozor taʻsirida Yevropada yirik jahon moliya markazlari vujudga keldi. Londonda, Syurixda, Parijda va boshqa rivojlangan davlatlarda moliyaviy markazlar paydo boʻlib bordi. ―Yevrobozor‖ terminidagi yevro qoʻshimchasi shu bilan izohlanadi. 60-yillar iqtisodiyotining yana bir xususiyati shundaki, bu davrda Amerika dollar bozori paydo boʻldi.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling