Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


Lyudvig Feyerbax (1804-1872)


Download 344 Kb.
bet26/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Lyudvig Feyerbax (1804-1872) moddiyunchilik nuqtai nazaridan Xegel falsafasini jiddiy va har tomonlama tanqid ostiga olgan birinchi faylasufdir. Falsafa mavzusini ifodalab, Feyerbax shunday qarorga keladiki, uning diqqat markazida inson turmog’i lozim. «YAngi falsafa, -deb yozadi nemis mutafakkiri, – tabiatni ham inson poydevori sifatida qo’shgan holda, insonni falsafaning yagona, umumiy va oliy mavzusiga aylantiradi»10. SHundan ko’rinadiki, Feyerbax moddiyunchiligi antropologik xususiyat kasb etadi. Insonni vujudga keltiradigan yagona sabab yoki asos tabiatdir. SHuning uchun, falsafaning vazifasiga qayta to’xtab, Feyerbax yozadiki, uni ta’limotini «ikki og’iz so’zda ifodalash mumkin: tabiat va inson».
Tabiat (yoki olam) Feyerbax uchun abstrakt tushuniladigan substansiya emas, balki o’zining butun xilma-xil va behisob ko’rinishlarida berilgan hissiy hodisadir: «tabiat tushunchasi ostida men shuni tushunamanki, - deb yozadi faylasuf, - u insonni o’zidan boshqa insoniy bo’lmagan barcha hissiy kuchlar, narsalar va mavjudotlardan farq qiladigan majmuadir… Tabiat inson uchun bevosita uning hayotining asosi va mavzusi sifatida hissiy jihatdan namoyon bo’ladigan barcha narsadir»11. Xuddi shuningdek, cheksizlik, kuch-qudrat, birlik, zaruriyat, abadiylik kabi tabiatning xususiyatlari, ya’ni «barcha hissiy xususiyatlarni chiqarib tashlangandan keyingi qolgan mohiyat», «tabiatning mavhum mohiyatidan» yoki fikrdagi tabiatdan boshqa narsa emas.
Tabiat abadiy bo’lib, hech kim tomonidan yaratilgan emas. U o’z-o’zining sababi bo’lib, «fikrda yoki niyatda va iroda hukmlarida emas, balki astronomik yoki samoviy, mexanik, kimyoviy, fizik, fiziologik yoki organik kuch yoki sabablarda»12 o’zining asosiga ega. Biror bir vaqtda tabiat (olam) bo’lmagan edi degan tasavvurni faylasuf «be’mani va asossiz uydirma» deb ataydi. Tabiat doimiy ravishda rivojlanish jarayonidadir. Hozirgi yer qurasi o’zining avvalgi holatidan farq qiladi. Hayot murakkab kimyoviy o’zaro ta’sirlar (reaksiyalar) mahsuli sifatida paydo bo’lgan. Ilgari mavjud bo’lgan ko’plab hayvonlar va o’simliklar hozir vaqtda qirilib ketgan. Inson va uning ongi ham tabiat rivojining mahsulidir. Idealizmni tanqid qilib, Feyerbax borliq bilan ongning bir-biriga nisbati haqidagi masalaning moddiyuncha yechimini ifodalab beradi: «borliq - sub’ekt (ega), ong - predikat (kesim)»13. «Fikriy borliq haqiqiy ongdan tashqaridagi siymosi modda bo’lib, voqeylikning umumiy asosidir»14.
Feyerbax nuqtai nazaricha, idealizm va din umumiy ildizlarga ega. «Agar siz idealizmni inkor etsangiz, u vaqtda Xudoni ham inkor etasiz! – deb yozadi u. Faqat Xudogina idealizmning asoschisidir»15. Feyerbax yoshlik yillaridayoq o’z ismini yashirgan holda «O’lim va abadiy yashash haqida fikrlar» degan asarini nashr qildirib, unda jonning o’lmasligi haqidagi e’tiqodni tanqid ostiga olgan edi. Buning kim tomonidan yozilganligi aniqlangandan keyin, kitob musodara qilinib, uning muallifi esa dars berish huquqidan mahrum qilinib, universitetdan bo’shatildi. yetuk yoshda Feyerbax ochiqdan-ochiq xudosizlik nuqtai nazariga o’tib, uni u «insondan farq qiluvchi Xudodan yuz o’girish» sifatida ifodaladi.
Feyerbax tug’ma diniy his-tuyg’ular haqidagi nazariyaga qarshi chiqib, dinni tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida qarab chiqadi. Xudo, Feyerbax qarashicha, insonlarning o’zlari tomonidan o’z mohiyatlarini ifodalash sifatida vujudga keltirilgan ob’ektga aylantirilgan abstrakt tushunchadir. Dinning ildizlarini Feyerbax kishilar hayotining sharoitidan, va avvalo, unga tobe bo’lmagan va hissiy jihatdan tashqi ta’siri insonga tushib turadigan kuchlarda ko’radi. Inson hamma vaqt o’z ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Ammo uning bu intilishlari insonning tabiat kuchlari oldidagi ojizligiga borib taqaladi. Uydirma va xayol xudolar to’g’risidagi tasavvurlarni tug’diradiki, ular insonning amalga oshirib bo’lmaydigan ehtiyojlarini qondirishga qoldirdilar. Din insonga uning hayotini o’zgartirish, orzulariga yetkazish imkonini beradigan umid va kuch bag’ishlovchi uydirma va xayol mahsulidir. «Xudo, - deb yozadi faylasuf, - shunday zotki, inson o’zining mavjudligi uchun unga ehtiyoj sezadi»16. Feyerbax fikricha, dinning ildizlari bashariyat tarixi jarayonida o’zgaradi. Agar ma’jusiylik dinlarining ildizlari insonning tabiat kuchlari oldida ojizligi va undan tobeligida yashiringan bo’lsa, hozirgi zamon jamiyatda ular ijtimoiy kuchlar sohasida yotadilar.
Diniy axloqqa Feyerbax insonning baxt-saodatga bo’lgan tabiiy intilishi asosiga qurilgan «xudbinlik axloqi»ni qarama-qarshi qo’yadi. SHu bilan birga, faylasuf baxt-saodatni alohida olingan kishining emas, balki bashariyatniki sifatida nazarda tutadi. «Ayrim olingan baxt-saodat» g’oyasini u «umumiy baxt-saodat» g’oyasi bilan almashtiradi. Bu baxt - saodatga erishish imkoniyati faqat kishilarning bir - birlariga muhabbati asosidagina amalga oshishi mumkin. Feyerbax fikricha, aynan «muhabbat axloqi»gina jamiyatda uyg’unlikka olib keladi va ijtimoiy adolatsizlikka barham beradi.
Mumutoz falsafasi davrining tugallanishi bilan, uning yangi sahifasi ochiladiki, uni jahon falsafasining hozirgi bosqichining boshlanishi sifatida qayd etish mumkin. U XX asrning butun falsafasiga o’z ta’sirini o’tkazgan falsafiy tizimlarning paydo bo’lishi bilan belgilanadi.
Nemis faylasufi Artur SHopengauer (1788-1860) falsafasi volyungarizm (o’zboshimcha irodaga ishonish), irratsionalizm, umidsizlik falsafasi sifatida maydaonga chiqdi. SHopengauer o’zining asosiy g’oyalarini o’zining bosh asari bo’lgan «Olam iroda va tasavvur sifatida» (1819) nomli ishida bayon etgan. Garchi SHopengauer o’z falsafiy sistemasini XIX asrning 20-nchi yillaridayoq vujudga keltirgan bo’lsa ham, uning asarlari butun umri davomida ma’lum bo’lmasdan qola berdi. Faqatgina umrining oxiridagina, ya’ni 50-yillarda u tan olindi. 1848 yil inqilobining mag’lubiyati, germaniyadagi yangi iqtisodiy va mafkuraviy vaziyat, umidsizlik kayfiyatlari, afsus-nadomat, bo’g’iq va umidsizlik muhiti SHopengauer falsafasi g’oyalarini qabul qilish uchun qulay sharoit yaratdi.
SHopengauer falsafiy sistemasi asosida o’zining to’rt ko’rinishida yoki ildizida borliqning va bilishning umumiy qonuni sifatida namoyon bo’ladigan aprior yetarli asos qonuni yotar edi: tashkil topish asosi qonuni yoki sababiyat (fizik asos), bilish asosi qonuni (mantiqiy asos), borliq asosi qonuni (matematik asos) va faoliyat asosi qonuni yoki tamoyiliy asos (axloqiy asos). yetarli asos qonuni bilish ob’ektlari o’rtasida bo’lishi mumkin bo’lgan barcha munosabatlarni belgilab beradi. Bilish ob’ektlari ma’nosi ostida faylasuf tasavvurlarni tushunadi: «Sub’ekt uchun ob’ekt bo’lish va bizning tasavvurlarimiz bo’lish - bu bir xil narsaning o’zidir»17. Tashqi dunyoning voqeyligi haqidagi falsafiy bahsni SHopengauer «telbalik» hisoblaydi: «Ashyolar mavjudligini o’zini va boz ustiga ularning bizning ongimizdan tashqarida va undan mustaqil borligiga yo’l qo’yish – haqiqatan be’manilikdir»18.
Olam tasavvur sifatida faqat sub’ekt uchun faraz qilinadi va o’ylanadi. Tasavvur sifatidagi olam haqidagi ta’limotda SHopengauer Kantga ergashadiki, uning uchun tashqi dunyo sub’ekt uchun nodir hodisa bo’lib tuyuladi, ya’ni sub’ektning olam haqidagi tasavvuri sifatida. Biroq, Kant bu dunyoning mavjudligini o’zini «narsa o’zida» sifatida tan olar ediki, albatta, ular o’zlaricha qanday ekanliklarini biz bila olmaymiz va ular to’g’risida biz faqat o’zimizning tasavvurlarimizga ko’ra hukm yurita olamiz. Kantning agnostitsizmini bartaraf etishga uringan SHopengauer shunday xulosaga keladiki, «narsa o’zida» iroda (xohlash) dan o’zga narsa emas.
SHunday qilib, SHopengauer fikricha, olam faqat tasavvur sifatidagina emas, balki iroda sifatida ham mavjud. Iroda bu «butun borliqning voqeyligi», «yagona haqiqiy voqeylik», «butun tabiat o’zagi», «olam qalbi», «butun hodisalarning umumiy asosi», «yagona birlamchi asos va metafizik ibtido» dir. SHopengauerning iroda haqidagi tasavvuri inson ongining namoyon bo’lishi emas, balki butun olamning ichki tuzilishiga va ayrim olingan hodisaga xos bo’lgan qandaydir irratsional, ongsiz ijodiy kuchdir. Faqat insongina emas, balki har qanday biologik jism irodaning namoyon bo’lishidir. Masalan, tishlar, tomoq, ichaklar, «ochlikning voqeyligi» bo’lsa, jinsiy a’zolar «jinsiy tamoyilning voqeyligi»dir. Iroda noorganik dunyoda ham namoyon bo’ladi: qayishqoqlik, qattiqlik, eguluvchanlik, magnetizm, kimyoviy xossalar - bularning barchasi irodaning namoyon bo’lishidir. Olam o’zini o’zi idrok etadigan mutlaq haqiqat va o’z-o’zidan yaratilish natijasi sifatida namoyon bo’ladi. SHunday qilib, moddiyunchilik bilan idealizmni bir-biridan ajratuvchi bir-biriga muvofiq keluvchi eng muhim mumtoz tushunchalar nisbati bo’lgan «tabiat va ruh», «modda va ong», «borliq va tafakkur» SHopengauer nazarida «iroda va tasavvur» bilan almashtiriladi. Va agar SHopengauer falsafasining boshlang’ich nuqtasi sub’ektiv idealizm (olam tasavvur sifatida) bo’lsa, u o’zining «olam iroda sifatida» degan ta’limotida ob’ektiv, mutlaq idealizm qarashlariga yetib keladi.
SHopengauerning irratsionalizmi va volyuntarizm falsafasidan uning rahm qilish va itoatlik axloqining uxusiyati kelib chiqadi. Iroda - bu yashash uchun bo’lgan iroda bo’lib, xohish-istaklarni qondirishga qaratilgan intilishdir. Ana shu yerdan inson hatti-harakatining bosh xislati bo’lgan xudbinlik (egaizm) kelib chiqadi. Xohish - istaklarni qondirishga bo’lgan intilish qoniqmaslikdan kelib chiqadi, demakki - jafo va uqubatdan. Xohish-istaklarni qoniqtirish yangi istaklarni va yangi uqubatlarni keltirib chiqaradi. Hayot «ko’tarib bo’lmaydigan og’ir yuk»ka aylanib qoladi». SHuning uchun, ehtimol, ko’pincha afsus nadomat bilan aytiladigan hayotning qisqaligi, aynan undagi eng yaxshi narsadir», - deb xulosalaydi SHopengauer19. Hayotga bo’lgan irodadan voz kechmoq zarur, kishi o’zida bo’lgan xohish - istaklarni o’ldirishi kerak, kelgusidagi yaxshi hayot uchun kurashishdan o’zini tiyishi lozim.
SHopengauerning falsafasi XIX asr oxiri XX asrdagi intuitivizm, ekzistensializm, yangi kantchilik, hayot falsafasi va boshqa falsafiy oqimlarning shakllanishiga kata ta’sir ko’rsatdi.

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling