Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


Download 344 Kb.
bet29/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Hayot falsafasi. Hayot falsafasining bosh tushunchasi – «hayotdir». Bu tushuncha juda ham tarqoq bo’lib, aniq va tushunarli ifodaga ega emas. U turli faylasuflar qarashlarida o’ziga xos xususiyatga ega. Nitsshe nuqtai nazarida hayot tirik, tabiiy, «kuchlarni to’plovchi iroda»ga va hokimiyatga intiluvchi narsadir. Diltey va Zimmel uchun hayot – bu «yuz bergan narsalarning irodasi, turtki va his-tuyg’usi», «boshdan kechirilgan afsus-nadomat»dir; Bergson qarashlariga muvofiq hayot – bu «uzunlik», «hayotiy jo’shqinlik», «to’xtovsiz ijod», «oqim»dir. Hayot uzluksiz oqim sifatida bo’lib, uni aql, mantiq, nazariya vositasida bilib bo’lmaydi, faqat bevosita, ichki tuyg’u bilangina idrok etish mumkin.
Hayot falsafasining asoschisi va eng yirik vakili F.Nitsshe hisoblanadi. Nitsshe falsafasida hokimiyatga nisbatan bo’lgan iroda haqidagi ta’limot markaziy o’rinda turadi. «Nima yaxshi? – deb so’raydi Nitsshe, - insondagi kuchga, hokimiyatga nisbatan bo’lgan iroda va qudratga nisbatan bo’ladigan his-tuyg’uni oshirib boruvchi hamma narsa. Nima yomon? Zaiflikdan kelib chiqadigan hamma narsa. Baxt-saodat nima? – Kuch va hokimiyatning oshib borishiga nisbatan bo’lgan tuyg’u, hamda yangi to’siqni bartaraf qilinganligi sezgisi»29. Tirik mavjudot dunyosida yashash uchun kurash ham, hokimiyat uchun kurash tarzi sifatida talqin etilgan. Jismoniy jarayonlar asosida ham hokimiyatga nisbatan bo’lgan iroda yotadi. Nitsshe tortilish va itarish kuchlari agar hokimiyatga nisbatan bo’lgan iroda nuqtai nazaridan qarab chiqilmas ekan, unda ularning barchasi ma’noga ega bo’lmagan «uydirma» bo’lib chiqadi.
Jismoniy jarayonlar va hodisalarni soxta deb e’lon qilib, Nitsshe «substansiya», «modda», «ruh», «sub’ekt», «ob’ekt» tushunchalarini taxminiy mohiyatlar sifatida rad etadi. Uning uchun «ashyoning mohiyati faqat ashyo haqidagi fikrdir». Nitsshe dunyoni talqin qilishda «ashyoviylik» va «moddiylik» tushunchalaridan ozod bo’lishni talab qiladi. Ammo unday bo’lsa dunyoning o’zi nima? Nitsshe bizga hodisa sifatidagi ko’rinishga ega bo’lgan dunyo va tartibsiz his-tuyg’u dunyosini bir-biridan farq qiladi. O’zining «Hokimiyatga bo’lgan iroda» asarida u yozadi: «Hodisalar» dunyosi qayta ishlangan dunyo bo’lib, biz uni vrqeylik sifatida sezamiz… bu hodisalar dunyosiga qarama-qarshi bo’lgan dunyo «haqiqiy dunyo» bo’lmasdan, balki shakli bo’lmagan, ifoda qilib bo’lmaydigan tartibsizlikni sezuvchi dunyodir…»30.
«Ashyolarni» va ularning xususiyatlarini sub’ektiv uydirma sifatida inkor etilishi Nitsshe bilish nazariyasining relyativistlik va agnostlik xususiyatini belgilab berdi. Bilish faqat «hokimiyatga bo’lgan intilish irodasi»ning vositasi bo’lib, foydanigini ko’zlaydigan xususiyatga ega. SHunga bog’liq ravishda Nitsshe haqiqatni bahosi haqidagi masalani o’rtaga qo’yadiki, u narsa uning fikricha, foyda, manfaat (agar ular foydali bo’lsa, xatto adashish, anglishish va yolg’on bilan ham) bilan tenglashtiriladi va voqeylikni aks ettirishga uning aloqasi bo’lmaydi. Bu bilan Nitsshe haqiqatning pragmatik nazariyasiga asos soladi. Nitsshe mantiq va fan, umuman aqliy tafakkurning tanqid ostiga oladi. Uning uchun mantiq qonunlari-«o’ydirma mohiyatlariga» taalluqli bo’lgan soxta narsalardir. Nitsshe dinni, avvalo, xristianlikni alohida tanqid ostiga oladi. Xristianlik raxm qilishni tashviq qilib ojizlarni qo’llab-quvvatlaydiki, bu «hokimiyatga nisbatan bo’lgan irodaga», o’z hokimiyatini yoyish uchun bo’ladigan kurash sifatidagi hayot mohiyatiga qarama-qarshidir.
Boshqatdan baholash, shu jumladan, hukmron xristianlik axloqni ham Nitsshe yYevropa sivilizatsiyasi asosidagi xristianlikni rad etib «barcha qadriyatlarni» kerakligini e’lon qiladi. Nitsshe ikki xil axloqni ya’ni asosiy axloqiy tushuncha bo’lgan «yaxshilik» va «yomonlik»ni «xo’jayinlar axloqi» va «qullar axloqi» kabi bir-biriga to’g’ridan to’g’ri qarama-qarshi nuqtai nazaridan talqin qiluvchi axloqni ajratib ko’rsatadi. Xo’jayinlar axloqida «xayrli ish», «yaxshilik» «aslzoda», «olijanob», «kuchli» degan ma’nolarga teng, «yomon», «qabohat» esa «past», «plebeylik» tushunchalariga teng. «Barcha qadriyatlarni qayta baholash» nobarobarlik qoidasidan kelib chiqadigan «xo’jayinlar axloqi»ni tiklashga qaratilgan edi. Tengsizlik o’zining barcha xilma-xilliklari va yuksalib borishi bilan barcha hayot mohiyatida yashiringandir. «Kishilar barobar emaslar, deydi Nitsshe, va ular teng ham bo’lmasliklari kerak»31. Tenglikni targ’ib qilish hasad, o’ch olish istagi va hokimiyatga ega bo’lmaslikdan kelib chiqadi. «Xo’jayinlar axloqi» yangi qadriyatlar tomon yo’naltirilishi lozim: «kimki buyura olmas ekan, bo’ysunishi lozim», «o’zingni yaqiningga shafqat qilma», «yiqilayotganni itarib yubor», «yaxshi narsa hukmron bo’lishi lozim», «xayrli ishlar qiluvchilar va taqvodorlarni daf’ etish lozim», «eng xayrli narsa – hammadan qattiqdir» va hokazo.
«YAngi axloq» va qadriyatning sub’ekti kelajakdagi «Zabarmard kishi» (Sverxchelovek)dir. Nitsshe tasavvuricha, kishilar o’z to’dalarida notavon, yolg’onchi, hasadchi, qo’rqoq, ikki yuzlamachi, shahvatron, injiq, qalbaki, nochor, sarosimachi, abgor va iflosdirlar. Ular uning uchun «poda», «bozor pashshalari»dirlar. Zabarmard kishi bilan solishtirganda oddiy odam maymunga o’xshaydi. «Zabarmard» siymosini Nitsshe Gomer qahramonlarida, vikinglar, Rim, arab, yapon va nemis aslzodalarida, sezar, Napoleon va Makiavelli kabi tarixiy shaxslarda ko’radi. «Zabarmard» siymosi – bu ilgarigi axloqdan, sarqitlardan mutlaqo ozod bo’lgan «yirtqich hayvon»dir.

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling