Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


Download 344 Kb.
bet30/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Pragmatizm falsafasi. Pragmatizm asoschisi mashhur Amerika matematigi, mantiqshunosi va faylasufi CHarlz Pirs (1839-1914) edi. Pragmatizm asosida «shubha – din» nazariyasi yotadi. O’z hayoti jarayonida inson qandaydir birlamchi xildagi faoliyatlarni ishlab chiqadi. Bizning barcha fikrlarimiz ushbu faoliyatlar ko’nikmasini ishlab chiqishga qaratilgandirlar. Pirs aqidasicha, bu maqsadga nimaiki taalluqli bo’lmasa, ularning barchasi fikrga qadaladi, ammo uning o’zi yoki uning qismi bo’la olmaydi. Bilish jarayonida bizning barchamiz qandaydir ishonchga (nimalargadir shonamiz) va qandydir shubhalarga yetib kelamiz. Bizning ishonchimiz yoki e’tiqodimiz (nimagalargadir ishonish) – bu muayyan sharoitlarda ishlab chiqilgan ko’nikmalar asosida muayyan tarzda faoliyat ko’rsatishga tayyorligimizdadir. E’tiqod – bu inson intilgan narsaga aqlning qoniqqan holatidir. SHubha esa –qoniqtirmaydigan holatdirki, inson undan qutilishga harakat qiladi. Pirs fikricha, har qanday, shu jumladan ilmiy tafakkurning ham maqsadi barqaror e’tiqodga (qat’iy fikrga) erishishdir. Haqiqat shunday narsadirki, biz uning borligiga ishonamiz.
SHubhadan ishonchga o’tish uch bosqichni bosib o’tadi: abduksiya (gipotezani, taxminni o’rtaga surish), deduksiya (taxmindan oqibatni keltirib chiqarish va uning aniqligini tekshirish) va induksiya (oqibatlarni tajribaviy tekshirish). Hosil qilingan ishonch to’rtta vosita orqali mustahkamlanishi mumkin.
Tirishqoqlik usuli. Tirishqoqlikka amal qilgan kishi tanqid va dalillarga qarmay o’z qarashlarida sobit turadi. Obro’ga e’tibor usuli. Bu usul qoidasiga binoan ba’zi ishonchlar qo’llab-quvvatlanadi, ba’zilariga esa taqiqlar qo’yilgan. Ma’qul ko’rilgan ishonchlar boshqa fikrdagilarni taqiq qilish yordamida o’rnatiladi. Ushbu usul o’rta asrlar davrida keng tarqalgan edi. Aprior usul. Bunda barqaror ishonchlarning shakllanishi metafizik nazariyalarning tug’ilish jarayonida o’z ifodasini topadi. Bu nazariyalarning yaratuvchilari ko’p hollarda o’z e’tiqodlarini aql bilan muvofiqlikda turgan deb tasavvur qiladilar.
Ilm-fan usuli. Turli kishilar ilmiy usulni qo’llab bir xil xulosalarga yetib kelishlari lozim. Pirs fikricha, bu usul asosida shunday gipoteza yotadiki, birinchidan, bizning fikrimizga bog’liq bo’lmagan aniq ashyolar mavjud; ikkinchidan, doimiy qonunlarga muvofiq bu voqeylik bizning his-tuyg’ularimizga o’z ta’sirini o’tkazadi va, uchinchidan, agarchi bizning hissiyotlarimiz va munosabatlarimiz ob’ektlarga nisbatan turlicha bo’lsa ham, mulohaza yuritish yordamida biz ashyolarning voqeylikda qanday ekanliklarini aniqlashimiz va birdan bir to’g’ri xulosaga kelishimiz mumkin.
«Ashyolarning voqeylikda qanday ekanligi haqidagi «haqiqiy xulosa»ning o’zi nimadan iborat? Mashhur «Pirs qoidasi» shunday deydi: «Agar biz o’zimiz o’ylagan «amaliy oqibatlar»ni ko’rib chiqsak, ular bizning tushunchalarimizning ob’ekti bo’lishi mumkin, unda ushbu oqibatlar haqidagi tushuncha, bizning ob’ekt haqidagi to’la tushunchamiz bo’ladi». Pirs fikricha, pragmatizm har bir tushuncha amaliy oqibatlarning fikriy tushunchasi haqidagi ta’limot.
Keyinchalik pragmatimz g’oyalari keng tarqalib, o’z rivojini Uilyam Djems (1842-1910) va Djon Dyui (1859-1952) asarlarida topdi.
U Djems Pirsning pragmatik qoidalarini rivojlantirib unga volyutarizm nuqtai nazaridan yondoshganligi tufayli, uning oqibatida irodaga asoslangan haqiqat nazariyasi vujudga keldi. Ana shu iroda inson tajribasida markaziy o’rinni egallaydi. Bizdan tashqarida bo’lgan ashyolarni ham qo’shib hisoblaganda bizning tajribamizda bo’lgan barcha narsa irodaga bog’liqdir. SHunday qilib, dunyo to’g’risidagi bizning bilimlarimiz voqeylikning in’ikosi emas, balki irodaviy qurilmaning o’zidir. «Haqiqiy» va «foydali» ifodalari Djems nazarida bir xil ma’noga egadirlar. O’z navbatida, foydali narsa iroda orqali ifodalanadi. Djems fikricha, voqeylikni biz qanday tasavvur etsak, shundayligicha namoyon bo’ladi, ya’ni biz uni qanday ko’rishni xohlasak, o’shanday ko’rinadi. Insoniy his-tuyg’u haqida to’xtab, Djems shunday yozadi: «O’z xulosalarimizdan qaysi biriga diqqat-e’tibor qaratishimiz, qaysi birini belgilashimiz va ulardan qaysi birini qat’iy talab qilishimiz bizning shaxsiy manfaatlarimizga bog’liqdir. Va biz nimaga urg’u berishimizga bog’liq ravishda haqiqatning butunlay turli-tuman ifodalari kelib chiqadi»32.
Djemsning diniy e’tiqodining asosida ham iroda yotadi. Garchi faylasuf hech qayerda Xudoning mavjudligi haqida yozmagan bo’lsa ham, uning fikricha, tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, Xudoga ishonishning kishilar uchun ulkan ahamiyati bor. Xudoga ishonish – bu bizning irodamizning omilidir.
Pirs va Djems g’oyalarini rivojlantirib D.Dyui o’z e’tiborini muammoviy vaziyat deb atalmish narsaga qaratdiki, u o’zining taraqqiyot bosqichlarida shubhadan ishonchga (imon-e’tiqod) o’tishi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Dyui nazarida tushunchalar, g’oyalar va nazariyalar instrumentaliklik («asbob va qurol») xususiyatiga, ya’ni ularning haqiqiyligi qay darajada muammoviy vaziyatni xal qilishga qodirligi bilan ifoda qilinadi.
Neopozitivizm YAngi pozitivizm (neopozitivizm) yoki mantiqiy empirizm – XX asr falsafasida eng ko’zga ko’ringan oqimlardan biridir. U pozitivizm rivojida uchinchi bosqichdir. Falsafiy oqim sifatida yangi pozitivizm Vena to’garagi asosida 20-nchi 30-nchi yillarda shakllandi. YAngi pozitivizmning asosiy vakillari – L.Vitgenshteyn (1889-1951), M. SHlik (1882-1936), R.Karnap (1891-1970), O.Neyrat (1882-1945), G.Reyxenbax (1891-1953), B.Rassel (1872-1970), A.Ayer (1910-1989) va boshqalar edilar.
YAngi pozitivizmga muvofiq ilmiy bilimni ikki tabaqaga bo’lish mumkin: formal imlar (matematika va mantiq) va faktual ilmlar. Birinchi ilmlarda bayon qilingan narsalar tahliliy yoki analitikdirlar, ya’ni tajribadan mustaqil bo’lib, dunyo haqida ma’lumotlarga ega emas. Ularning haqiqiyligi mantiqiy jihatdan ifodalanib, faqat ularni tashkil etgan atamalarning ma’nosigagina bog’liqdir. Faktual ilmlar sintetik bayonotlar bilan ish ko’rganliklaridan mazmunga egadirlar va voqey hodisalarga asoslanadirlar. Ular tajribaviy «kuzatish gaplariga» tengdirlar.
YAngi pozitivistlar ilmiy bilimning tajribaviy asosida aniq (protokol uslubidagi) gaplar yotadilar, deb hisoblaydilar. Ilmlarning barcha gaplari ularga kelib taqalishi zarur edi yoki boshqacha aytganda, verifikatsiya qilinishi (tasdiqlanishi) lozim edi. Verifikatsiya qoidasi yangi pozitivizm gaplarni fikriy barqarorligini o’rnatuvchi metologik talab sifatida markaziy o’rinni egallaydiki, uning mohiyatida har qanday fikriy ifodaning to’g’riligini tekshirish yotadi. Bunday tekshirishdan o’tmaydigan barcha narsa, ilmlardan bartaraf etilishi lozim bo’ladi.
Verifikatsiya qoidasiga muvofiq ravishda yangi pozitivistilar barcha metafizikani (an’anaviy falsafani) bema’ni deb e’lon qiladilar. YAngi pozitivistga talqinda falsafa fan tilining mantiqiy tahliliga aylanib qoladi. Uning vazifasi fan tilini be’mani, «soxta ilmiy» gaplardan tozalashdir. YAngi pozitivizmning fanlar talqiniga xos xususiyati deskriptivizm (fanlarni vazifasini tariflash), uslubiy empirizm (nazariy bilimlarni baholashda tajribaviy tekshirishlar jarayonini mutaronlashtirish), o’ta induktivizm (ilmiy bilimning mantiqiy-uslubiy muammolarini hal etishda induktiv mantiqqa yagona vosita sifatida ishonish) va o’ta so’l siyentizm (ilmiylikka tayanish) dir.
XX asrning ikkinchi yarmida yangi pozitivizm o’z ta’sirini yo’qota boshlaydi. SHu narsa oshkor bo’lib qoldiki, yangi pozitivizm be’mani narsa sifatida bartaraf qilmoqchi bo’lgan (uloqtirmoqchi bo’lgan) dunyoqarash, jamiyat rivojiga ham, shuningdek, fanning o’ziga ham o’lgan ahamiyatlidir. SHu narsa o’z isbotini topdiki, fundamental fanlarning eng muhim nazariy asoslari verifikatsiya qilib bo’lmaydi, ilmiy bilimning esa, o’z rivoji va oldiga qo’yilgan vazifasini bajarishi murakkab omillar tizimini, jumladan, uning tarkibida hissiy tajribaga tayanmaydigan va «metafizik» (falsafiy) xususiyatga ega bo’lgan dunyoqarashga va uslubiy asoslarga (zamin) ega bo’lganligidan kelib chiqadi.

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling