Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


Download 344 Kb.
bet28/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Marksizm. Mumtoz marksizm nemis mutaffakiri Karl Marks (1818-1883) va uning eng yaqin safdoshi Fridrix Engels (1820-1895) tomonidan ishlab chiqilgan falsafiy, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlar tuzimidir. Ularning birgalikda yozgan asosiy asarlari quyidagilardir: «Nemis mafkurasi», «Kommunistik partiya Manifesti», «Falsafa qashshoqligi», «Muqaddas oila», hamda «1844 yilning iqtisodiy-falsafiy qo’lyozmalari», «Kapital», «Gota dasturini tanqidi» (K.Marks), «Lyudvig Feyerbax va nemis mumtoz falsafasining oxiri», «Anti-Dyuring», «Tabiat dialektikasi», «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» (F.Engels).
Agar biz Fitxe va Xegel ta’limotlarida sub’ektiv va ob’ektiv idealizmning to’la tugallangan va izchil tizimlariga to’qnash kelsak, markizm moddiyunchilikning izchil va mantiqiy tugallangan shakli sifatida namoyon bo’ladi.
Markscha moddiyunchilik xudoga ishonmaslik ateistik (panteizm va deizmdan farqli o’laroq) moddiyunchiligi sifatida kelib chiqdi. Markscha ta’limotda Xudoning yoki boshqa g’ayri tabiiy kuchlarning (ruhlar, devlar, farishtalar va shunga o’xshashlar) qandaydir ravishda mavjudligi inkor etiladi. Modda abadiy bo’lib, o’ziga xos ob’ektiv qonunlar asosida rivojlanadi. F. Engels yozganidek, «moddiyuncha dunyoqarash qandaydir tashqi qo’shimchalarsiz, tabiatni qanday bo’lsa, shundayligicha sodda tushunish demakdir»28. Markscha ta’limotda dinning o’zi voqeylikning xayoliy in’ikosi sifatida o’zining bilish nazariyasi va ijtimoiy-sinfiy o’zaklariga ega bo’lgan, «xalq afyuni» sifatida qarab chiqiladi.
Markscha moddiyunchilik (XVII-XVIII asrlardagi mexanistik va metafizik moddiyunchilik shakllaridan farqli o’laroq) dialektik moddiyunchilik sifatida maydonga chiqdi. Dialektika tabiat, insoniy jamiyat va tafakkurning harakat va rivojlanishining umumiy qonunlari haqidagi fan sifatida markscha falsafaning eng muhim tarkibiy qismidir. Markscha ta’limotda u ashyolar va hodisalarni o’zaro bog’liklik va rivojlanishda qarab chiqishni talab qiluvchi usul, mantiq va bilish nazariyasi sifatida maydonga chiqadiki, uning ichki manbasi qarama-qarshilikdir. Dialektikaning asosiy qonunlari sifatida miqdor o’zgarishlaridan sifat o’zgarishlarga o’tish va uning aksi qonuni, qarama - qarshiliklarning o’zaro bir-biriga kirish qonuni va «inkorni inkor» qonuni shakllanadilar.
Markscha moddiyunchilikning eng muhim xususiyati moddiyuncha qoidalarni bashariyat tarixiga tadbiqan yoyish, ya’ni tarixiy moddiyunchilik ta’limotini vujudga keltirish bo’ldi. Tarixiy moddiyunchilikning tayanch shiori: ijtimoiy ongni ijtimoiy borliq belgilaydi. Markscha ta’limot nuqtai nazaridan tarix bir-birini almashtirib turadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar yoki o’zining asosida muayyan ishlab chiqarish tarziga ega bo’lgan tarixiy jihatdan bo’lishi shart bo’lgan jamiyat turidir. Tarixni g’ildiratuvchi kuch hukmron va eziluvchi sinflar o’rtasidagi sinfiy kurash (ozod kishilar va qullar, patritsiylar va plebeylar, zamindorlar va chorikorlar, burjualar va proletar) bo’lib, u oxir oqibatda proletar inqilobiga olib kelishi lozim bo’lib, xususiy mulkni bekor qilib, sinfsiz kommunistik jamiyatni barpo qilib, ozod uyushma mehnatiga asoslangan va shiorga: «Har kimdan o’z qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga yarasha», deb yozilgan jamiyatni vujudga keltirishni ko’zda tutar edi.
Marksning dunyoqarashi XX asrning butun mafkurasi va ijtimoiy amaliyotiga mohiyatan kuchli ta’sir o’tkazdi. Bu ta’limot bayrog’i ostida juda ham xilma-xil, ba’zida esa qarama-qarshi harakatlar: sotsial-demokratlar, kommunistlar, milliy-ozodlik, o’ta murosasiz kuchlar faoliyat ko’rsatib, ijtimoiy inqiloblar va siyosiy to’ntarishlarni amalga oshirdilar. Garchi markscha ta’limotning asoschilarining o’zi o’z qarashlarini qotib qolgan qat’iy e’tiqodga aylantirishga qarshi chiqqan bo’lsalar ham, muayyan tarzda talqin qilinagn va muqaddaslashtirilgan marksizm «sotsialistik lager» mamlakatlarining rasmiy mafkuraviy ta’limotiga aylantirildi. Markscha ta’limotni «asliga muvofiq» aqidaga aylantirilishi va uni siyqalashtirilganligi (stalincha ta’limotda va unga qardosh bo’lgan maoizm, chuchxe va boshqa oqimlarda) XX asrda G’arbiy yYevropa va AQSH da tanqidiy va g’arb marksizmini (neomarksizm) paydo bo’lishiga olib keldi. G’arb neomarksizmning bosh vazifalaridan biri Marks g’oyalarini totalitar ruhdagi talqinlardan tozalash edi.
XX asr oxiriga kelib «real sotsializm» ning barbod bo’lishi va «sotsialistik sistema»ning tarqab ketishi jahon taraqqiyotini o’zida mujassamlashtirgan deb e’lon qilingan proletariatning manfaati uchun ayrim olingan mamlakatlarda va umuman jahonda ijtimoiy tuzumni zo’rlik bilan almashtirishning muqarrarligi va zarurligi haqidagi nazariy qurilmalarning asossiz va amaliy jihatdan zararli ekanligini ko’rsatdi.
XIX asrning oxiri – XX asrning boshlaridagi davr shu bilan ajralib turadiki, falsafiy maktablar XIX asr ikkinchi yarmida ijod qilgan mutafakkirlarning g’oyalarini rivojlantirib, to’plagan ilmiy bilimlarni Xegeldan keyingi davrdagi falsafiy asoslarning biri atrofida birlashtirishga harakat qildilar.

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling