Sitologiya va


Jinssiz ko‘payishning biologik ahamiyati


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

Jinssiz ko‘payishning biologik ahamiyati. Jinssiz ko‘pa-
yishda faqat bitta hujayra yoki bitta organizm qatnashganligi 
uchun hosil bo‘lgan yangi avlodlar ona avlodning ayni nusxasi 
hisoblanadi (ularning irsiy moddalari bir xil bo‘ladi). Jinssiz ko‘pa-
yishning bu xususiyatidan foydalanib hozirgi vaqtda ba’zi murak-
kab o‘simliklar va hayvonlarning juda ko‘p sonli aynan nusxalarini 
yaratish (klonlash) ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Jinssiz ko‘pa yish 
organizmlarning tez ko‘payishini va ko‘p avlod qoldirishini ta’min-
laydi.
1. organizmlar asosan qanday usullarda ko‘payadi?
2. Jinssiz ko‘payishning qanday xillarini bilasiz?
3. Nima uchun jinssiz ko‘payish natijasida olingan organizm -
lar bir-biriga va ota-ona organizmga o‘xshash bo‘ladi?
1. Bir hujayrali organizmlarning jinssiz ko‘payish usullarini
o‘zaro taqqoslab tushuntirib bering.
2. ko‘p hujayrali organizmlarning jinssiz ko‘payish usullarini
misollar asosida tushuntirib bering.
3. Bir va ko‘p hujayrali organizmlarning jinssiz
ko‘payishidagi o‘xshashlik va farqli tomonlarini ayting.
4. Jinssiz ko‘payishning biologik ahamiyatini tushuntiring.
41­ §. Jinsiy ko‘payish
Jinsiy ko‘payish deb, jinsiy bezlarda hosil bo‘lgan maxsus jinsiy 
hujayralar hisobiga nasllarning gallanishi va rivojlanishiga aytiladi. 
http:eduportal.uz


107
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
Jinsiy ko‘pa yishda yangi avlod, har xil ota-ona organizmdan hosil 
bo‘lgan ikkita jinsiy hujayraning qo‘shilishi natijasida rivojlanadi. 
Jinsiy ko‘payish biologik jihatdan g‘oyat katta ahamiyatga 
ega. uning jinssiz ko‘payishdan afzalligi shundaki, u ota va ona 
irsiy belgilarini birlashib olish imkonini beradi. Shu sababli av-
lod ota-onaga nisbatan yashovchan, o‘zgargan muhit sharoitiga 
moslanuvchan bo‘ladi. organizmlar evolutsiyasida jinsiy ko‘pa yish 
juda muhim rol o‘ynaydi.

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling