Ta`lim va tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish


Fazoda mo‘ljalga olishni rivojlantirish uchun ta’limiy o‘yinlar


Download 0.58 Mb.
bet2/6
Sana25.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1719805
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fazoda mo‘ljalga olishni shakllantirish vazifalari o‘ziga nisbatan tinch va harakat holatidagi asosiy yo‘nalishlarni farqlash

Fazoda mo‘ljalga olishni rivojlantirish uchun ta’limiy o‘yinlar. Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish: “Ertalab”, “Kechqurun”, “Kunduz”, “Tun”, “Kecha”, “Bugun”, “Ertaga” tushunchalarini farqlash va bu so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini mustahkamlash. Bolalarni hafta kunlari bilan tanishtirish va hafta kunlari nomlarini izchillik bilan aytishga o‘rgatish. Kecha haftaning qaysi kuni bo‘lganligini, bugun qanaqa kun, ertaga qaysi kun bo‘lishini aniqlashni o‘rgatish. Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish. Yil fasllari bilan tanishtirish va fasllarning nomini to‘g‘ri ketma-ketlikda aytishga o‘rgatish. Vaqt tushunchalarini shakllantirish ishini kundalik turmushda o‘tkazish kerak. Aniq kun tartibi (qat’iy o‘rnatilgan turish vaqti, ertalabki badantarbiya, mashg‘ulotlar, ovqatlanish, hordiq chiqarish vaqtlari) bolalarda sutka qismlari haqida tasavvurlarni shakllantirish uchun real sharoitdir. Sutka davomida tarbiyachi bolalar e’tiborini ular faoliyatlari xarakterlari bilan bog‘lik har xil vaqt oraliqlari o‘rtasidagi munosabatlarga qaratadi. Tarbiyachi sutka qismini aytadi va bolalarning shu qismga mos keluvchi faoliyat turlarini sanab o‘tadi, masalan: “Hozir ertalab. Siz gimnastika qildingiz, yuvindingiz, nonushta qilasiz” yoki “Hozir kunduzi. Kunduzi ota- onalarimiz ishlashadi, biz esa shug‘ullanamiz” Tarbiyachi bitta bola bilan, kichik-kichik guruhlar bilan suhbatlashib, ulardan kechasi, ertalab (uyg‘onganlaridan keyin), kunduzi nima qilganliklarini gapirib berishni so‘raydi. Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda bolaning sutka haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir vaqt oralig‘i uchun xarakterli bo‘lgan faoliyat turlari tasvirlangan rasmlar o‘zlariga ko‘rsatiladi va ulardan so‘raladi: “Rasmda tasvirlangan bolalar nima suhbatda?”, “Buni ular qaysi vaqtda suhbatda? “Ushbu savollarga javob berish taklif qilinadi: “Sen qachon dam olasan? Sayr qilasan? Uxlaysan? va hokazo. Kichkintoylarga kunduzi, kechasi, ertalab, kechqurun tasvirlangai rasmlarni sutkaning berilgan qismi uchun xarakterli bo‘lgan amaliy faoliyatlari tavsiflangan hikoyalardan, she’rlardan parchalar o‘qishdan ham foydalanish mumkin.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling