Ta`lim va tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish


Fazoda mo‘ljal olishni rivojlantirish uchun ta’limiy o‘yinlardan foydalanish


Download 0.58 Mb.
bet4/6
Sana25.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1719805
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fazoda mo‘ljalga olishni shakllantirish vazifalari o‘ziga nisbatan tinch va harakat holatidagi asosiy yo‘nalishlarni farqlash

Fazoda mo‘ljal olishni rivojlantirish uchun ta’limiy o‘yinlardan foydalanish. Tarbiyachi sutka qismini aytadi va bolalarning shu qismga mos keluvchi faoliyat turlarini sanab o‘tadi, masalan: “Hozir ertalab. Siz gimnastika qildingiz, yuvindingiz, nonushta kilasiz” yoki “Hozir kunduzi. Kunduzi ota-onalarimiz ishlashadi, biz esa shug‘ullanamiz” Tarbiyachi bitta bola bilan, kichik-kichik guruhlar bilan suhbatlashib, ulardan kechasi, ertalab (uyg‘onganlaridan keyin), kunduzi nima qilganliklarini gapirib berishni so‘raydi. Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga bagishlangan mashg‘ulotlarda bolaning sutka haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir vaqt oralig‘i uchun xarakterli bo‘lgan faoliyat turlari tasvirlangan rasmlar o‘zlariga ko‘rsatiladi va ulardan so‘raladi: “Rasmda tasvirlangan bolalar nima suhbatda?”, “Buni ular qaysi vaqtda suhbatda?” Ushbu savollarga javob berish taklif qilinadi: “Sen qachon dam olasan? Sayr qilasan? Uxlaysan? va boshqalar. Kichkintoylarga kunduzi, kechasi, ertalab, kechqurun tasvirlangai rasmlarni sutkaning berilgan qismi uchun xarakterli bo‘lgan amaliy faoliyatlari tavsiflangan hikoyalardan, she’rlardan parchalar o‘qishdan ham foydalanish mumkin. 5-javob. Bolalar hafta kunlarining nomlarini va ular tartibini yaxshi eslab qolishlari uchun, ularning e’tiborini hafta kunining nomi bilan uning tartibi orasidagi bog‘lanishga qaratish kerak. Masalan, chorshanba - haftaning o‘rtasi, payshanba-haftaning to‘rtinchi kuni, juma esa haftaning beshinchi kuni va hokazo. Bolalar hafta qismlarini farqlash va aytishni o‘rganib olganlaridan keyin, kunning hamma nomlarini ketma-ket o‘zlashtirish ustida ish boshlash mumkin. Bolalar haftada hammasi bo‘lib necha kun borligini aniqlashadi, ularning tartibini aytishadi. Tarbiyachi bolalardan haftaning qaysi kunlarini bilishlarini, ular haftada nechta ekanligini so‘raydi. Haftaning hamma kuni tartibi bilan kelib ketishini tushuntiradi: birinchi kun dushanba, ikkinchi kun seshanba, uchinchi kun chorshanba va hokazo. 6-javob. Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish uchun: “Ertalab”, “Kechqurun”, “Kunduz”, “Tun”, “Kecha”, “Bugun”, “Ertaga” tushunchalarini farqlash va bu so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini mustahkamlash kerak. Bolalarni hafta kunlari bilan tanishtirish va hafta kunlari nomlarini izchillik bilan aytishga o‘rgatish kerak . Kecha haftaning qaysi kuni bo‘lganligini, bugun qanaqa kun, ertaga qaysi kun bo‘lishini aniqlashni o‘rgatish kerak. Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish kerak. Yil fasllari bilan tanishtirish va fasllarning nomini to‘g‘ri ketma-ketlikda aytishga o‘rgatish kerak bo‘ladi. Katta guruhda asosiy e’tibor haftadagi o‘zgarishni, yil fasllarining xarakterli xususiyatlarini ongli o‘zlashtirishga qaratiladi. Bolalar kecha qaysi kun bo‘lgani, bugun qaysi kun ekanini, ertaga qaysi kun bo‘lishini, haftadagi kunlar sonini, ularning tartibini aytishni o‘rganadilar. Bundan tashqari, bolalar yil fasllarining xarakterli belgilarini) o‘zlarining bu vaqtdagi o‘yinlarni, odamlarning tabiatdagi mehnatlarini aniqlaydilar.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling