Tarix-7 2017.(Uzb). indd


Download 3.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/127
Sana06.10.2023
Hajmi3.8 Mb.
#1693258
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   127
Bog'liq
7-sinf-Jahon-Tarixi

Vengerlar bilan kurash. Genrix I ning o‘g‘li Otton I 
(936–973) davrida kuchli nemis otliq qo‘shini vujudga 
kel 
di. Uning aso 
sini og‘ir qurollangan ritsarlar otliq qo‘-
shini tashkil etgan.
Burglarga tayangan yangi otliq qo‘shin ko‘magida 
Otton I vengerlar bilan hal qiluv 
chi jangga shaylanadi. 
955-yilda Bavariya 
ning Lex daryosi bo‘yida bo‘lib o‘tgan 
og‘ir jang 
da vengerlar mag‘lub etiladi. Shundan so‘ng 
ularning Germaniyaga bosqinlari to‘xtaydi.
Yangi imperiya. O‘zidan avval 
hech kim yenga olmagan dushman-
ni mag‘lub etgan Otton I o‘zini 
Yevropadagi eng kuchli qirol deb 
hisob 
lay boshlaydi. Ushbu g‘alaba 
unda Buyuk Karl singari Rimda 
imperatorlik tojini kiyish hamda 
imperator unvonini olish istagini 
uyg‘otadi.
962-yilda o‘z qo‘shini bilan 
Rimga kelgan Otton I ga papa 
Ioann XII imperatorlik tojini kiy-
diradi. Yangi imperiya – Muqaddas 
Rim imperiyasi nomini oladi. Uning tarkibiga Germaniya 
yerlaridan tashqari Italiyaning shimoliy hududlari ham 
kirgan, lekin bu yerdagi shahar 
lar german imperatorlariga 
18-rasm. Muqaddas 
Rim imperiyasi 
imperatorlarining toji


28
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
hech qachon to‘liq bo‘ysunmagan. Shunga qaramasdan
har bir german qiroli taxtga kel 
ganidan so‘ng o‘z qo‘shi-
ni bilan Alp tog‘lari orqali Italiya 
ga yurish qilib, Rimda 
imperatorlik tojini kiyardi.
German imperatorlari o‘z davlatlarini qa 
dimgi Rim-
ning davomchisi deb hisoblaganlar. Zamondoshlari «dun-
yo mo‘ 
jizasi» deb nomlagan Otton I ning nabirasi Ot ton 
III Rimni ulkan davlatning poytaxtiga aylantirish orzusida 
bo‘lgan. U butun xristian dunyosi Rim impera 
tori hukmi-
da birlashishi lozim deb hisoblagan. Tabiiyki, butun dunyo 
xristian imperiyasi haqidagi orzularning amalga oshi 
shi 
mushkul ish edi. Shunga qaramasdan, german mo 
narx 
lari 
o‘z davlatlarini Rim impe riya si, keyinroq Muqaddas Rim 
imperiyasi deb atashda davom etadilar. Bu davlat uzoq 
asrlar davomida hukm surgan.
Muqaddas Rim imperiyasi 962-yildan 1806-yil-
gacha hukm surgan. Xristian katolik cherkovi 
homiyligida bo‘lgani uchun unga «muqaddas» 
nomi berilgan.

Download 3.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling