Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi” kafedrasi “texnik ijotkorlik asoslari” fanidan ma’ruzalar kursi andijon-2021-yil
Reproduktiv- ijodiy- produktiv fikrlash
Download 0.55 Mb.
|
Maruza tayyor
7.1. Reproduktiv- ijodiy- produktiv fikrlash.
Patentlash ma`lumotlarini tayyorlash va patetlashga izlash ishlarini olib borish Patentlash ma`lumotlarini tayyorlash va patetlashga izlash ishlarini olib borish. Patentlash ma`lumotnomasida ilmiy-tekshirish faoliyatining natijalari, yangilik ochishlar, ixtirolar, patentlar va ularga kiritilgan tuzatishlar haqidagi ma`lumotlar beriladi. Patentlash ma`lumotlarini tayyorlash va ishlatishni patentlash ma`lumotlarini davlat tizimi orqali amalga oshiriladi. PMDT kelishilgan holda patentlash ma`lumotlarini yig’ish, qayta ishlash, saqlash, qidirish va bo’lish ishlari bilan shug’ullanadi. Patentlashga izlash ishlarini olib borish uchun bir qancha asosiy va yordamchi operatsiyalarni bajarish kerak: izlash ishlarini reglamentini ishlab chiqish; patentlarni xujjatini izlash va ulardan kerakligini ajratib olish; ajratib olingan xujjatlarni sistemalashtirish va tahlil qilish; olingan natijalarni umumlashtirish va izlash ishlari haqida hisobot tuzish. Davlat patent-texnika kutubxonasi patentlash xujjatlarini to’plash va patentlash ma`lumotlarining iste`molchilariga xizmat ko’rsatishdan iborat. Patentlash ma`lumotlarini xalqaro tizimi chet ellardagi patentlash ma`lumotlarini tayerlash va ishlatish bilan shug’ullanadi. Ilmiy-texnika ma`lumotlarini davlat tizimi ham patentlash ma`lumotlarini yig’ish, ishlab chiqish, saqlash va ko’paytirish bilan shug’ullanadi. Uning bir nechta markazi bor: Ilmiy va texnikaviy ma`lumotlarning oliygoxi. U dunyodagi 90 foiz dan ko’prok ilmiy-texnika ma`lumotlarini qayta ishlab chiqadi va alohida tarmoqlar bo’yicha referativ jurnal chiqaradi. Umum fanlar bo’yicha ilmiy ma`lumotlar oliygoxi. Ilmiy-texnika ma`lumotlari markazi. U mamlakatdagi ilmiy-tekshirish ishlarini, tajriba-konstruktsiyalash ishlarini ro’yxatga oladi, e`lon qilinmaydigan xujjatlarni to’playdi. Ro’yxatga olingan ma`lumotlar bo’yicha bibliografik ko’rsatkich va tugatilgan ishlar bo’yicha referativ to’plamlar chiqaradi. Tarmoqlararo ma`lumotlar oliygoxi. Texnika ma`lumotlarini klassifikatsiya qilish va ma`lumotlarni kodlash ilmiy tekshirish oliygoxi. U GOST va OSTlarni ishlab chiqaradi. Davlat umumiy ilmiy-texnika kutubxonasi. U ilmiy-texnika xujjatlarini to’plab markazlashtirish bilan shug’ullanadi. Jihozlar bo’yicha ma`lumotlar markazi. U ishlab chiqarilayotgan va ishlab chiqarishdan olingan mahsulotlarni ro’yxatga oladi. Material va muddatlar bo’yicha ilmiy ma`lumotlar oliygoxi. U ishlab chiqarilayotgan va ishlab chiqarishdan olingan material va moddalarni ro’yxatga oladi. Xalq xo’jaligi yutuklari ko’rgazmasi. 7.2. Reproduktiv- produktiv- ijodiy fikrlash. Mamlakatda ixtiroga qo’riqlanadigan xujjatni tekshirish tizimi bo’yicha beriladi. Shunig uchun uning nusxasi e`lon qilinadi. Uning yozuvi 4 qismdan iborat: Bibliografik qismi. Grafik qismi. Predmet yozuvi. Ixtiro formulasi. Bibliografiya qismida muallif va uning arizasi bo’yicha olib boriladigan ishlar haqida barcha ma`lumotlar beriladi. Uning elementlari ISEREPAT (patentlash malumotlari bo’yicha xalqaro hamkorlik qo’mitasi) tizimi bo’yicha belgilangan. Unga ko’ra har bir element 2 xonali sonlardan tuzilgan indekslardan iborat bo’ladi. Masalan: 11 - qo’riqlanadigan xujjatning nomeri. 19 - Davlatni belgisi. 23 - arizaning berilgan muddati. 71 - ariza beruvchi. 72 - muallif(muallif) (lar). Rasmiy byulletenlar: Rasmiy byulletenlar 1924 yildan boshlab chiqa boshlagan. Ularning nomi bir necha marotaba o’zgargan. Hozirgi nomi: Otkro’tiya i izobreteniya (1 yilda 48 marta chiqariladi). Promo’shlenno’e obraztso’, tovarno’e znaki (har kvartalda). U quyidagi bo’limlardan iborat: 1 - bo’limda ochilgan yangiliklar haqida ma`lumotlar va asosiy bibliografik elementlari beriladi. 2 - bo’lim 2 bo’limga bo’linadi: ixtirolarning asosiy bibliografik elementlari, ixtironing formulasi va grafikasi. Chet el fuqarolariga patetlangan ixtirolar haqida ma`lumotlar berilgan. Byulletenning oxirida ko’rsatkichlar beriladi: Ko’rsatkichli. Nomerli. Birinchi ko’rsatkichda ixtironing indeksi va qo’riqlanadigan xujjatning nomeri beriladi. Ikkinchi ko’rsatkichda arizalarning va qo’riqlanadigan xujjatlarning nomeri beriladi. Har yili byulletenlarda harakat kuchi tugagan patentlar ko’rsatkichi bekor qilingan mualliflik guvoxnomalari ko’rsatkichi, mualliflik guvoxnomasiga o’zgartirilgan patentlar ko’rsatkichi berilgan. Yangi texnik ob`ektning patentlash tozaligi Patentlash tozaligi. Mamlakatimizda qilingan ixtirolarning chet ellarda patentlash ishlari boshqa davlatlar bilan har xil savollarni keltirib chikarmoqda. Ulardan biri mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (mashina, qurilma va boshqalar) shu bilan birga texnologik jaraenlarning patentlash tozaligidir. Patentlash tozaligi shunday tushunchaki, egasiga ixtirodan to’la foydalanish xuquqini beradi. Bundan ko’rinadiki patent egasining xuquqi buzilsa, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni olib qo’yilishi, to’lov undirib olinishi, ba`zan ozodlikdan mahrum qilinishi ham mumkin. Shunday qilib patent tozaligi texnik ob`ektning yuridik xossasi bo’lib, u shu mamlakatda kuchga ega bo’lgan patentlar xuquqini buzmay erkin qo’llanishi mumkin. Patentlash tozaligining texnik ob`ektlarni ekspertiza qilish bo’yicha qo’llanmasiga asoslanib patentlash tozaligini tekshirish ishlari olib boriladi. Agar texnik ob`ektning alohida konstruktsiyali, sxemali yechimi (o’zgarishi) yoki qismi patent kuchi saqlanayotgan ob`ektdagiga o’xshab qolsa, u shu mamlakatga nisbatan patentlash tozaligidan mahrum bo’ladi. 7.3. Adabiyotlar bilan ishlashning xususiyatlari. Ekspertiza qilish Texnik ob`ektni patentlash tozaligiga ekspertiza qilish ishlari quyidagi bo’limlarga bo’linadi: Ekspertizaning dasturini tuzish. Patentlarni qidirish, ularni o’rganib chiqish va tahlil qilish. Tahlil asosida taklif va yo’llanmalarni qilish. Birinchi bo’limda ob`ektning xarakteriga qarab har xil tayyorgarlik ishlari bajariladi. Hammasidan oldin qaysi mamlakatga nisbatan tekshirish kerakligini, tekshirish ob`ekti nima ekanligini, shartnomaning shartlari (ekspert yoki texnik yordam ko’rsatish va boshqalar)ni aniqlab olish kerak, undan so’ng tekshirilayotgan ob`ektning texnik xujjatlarini olinadi va klassifikatsiya rubrikasi aniqlanadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling