Nafas olish a zolarining rivojlanishi
H ar xil turdagi hayvonlarning nafas olish a ’zolari uzoq yillar davo
mida takomillashgan, bunga atrof-muhitning ta’siri katta b o ‘lgan, suvda
yashovchi hayvonlarning nafas olish a ’zosi quruqlikda yashovchilami-
kidan tubdan farq qiladi.
T uban hayvonlar (yum aloq chuvalchanglar), b a ’zi hasharotlar,
baliqlar va baqalar teri orqali nafas olishga moslashgan. Ba’zi baliqlar
(laqqa, vyun) ichaklari orqali, asosiy baliq xillari jabrasi orqali,
umurtqasiz hayvonlar traxeyalari (naycha) orqali nafas oladi. Q uruq
likda yashovchi hayvonlar, amfibiya, qushlar va sut emizuvchi hayvon
lar o ‘pkasi orqali nafas olishadi.
Gaz almashinuvi
0 ‘pka alveolalarida alveola havosi bilan alveolalar devorida tarmoqlanib,
to ‘r hosil qilgan kapillarlardagi qon o ‘rtasida doim o uzluksiz ravishda
gaz almashinuv jarayoni sodir bo'lib turadi. Alveola havosi bilan qon
o'rtasida gazlar almashinuviga alveolalar va kapillarlaming yuza kengligi,
devorlarining gazlam i o'tkazish xususiyatlari va kapillarlardagi qon
bosimi ta ’sir ko‘rsatadi.
T u rli k a sallik lard a alv eo lalar ich k i b o ‘sh lig ‘iga su y u q lik lar
to ‘planishi, kapillarlardagi bosimning ortib ketishi va shu kabi turli
om illar gazlar almashinuviga to'sqinlik qiladi.
Shunday qilib, alveola havosi bilan qon o ‘rtasidagi gazlar al-
mashinishi oqibatida, o ‘pkaga olinayotgan havo tarkibidagi kislorod-
ning 5,0 foizga yaqini qonga o ‘tadi, qondan 4 foizdan ziyodroq kar-
bonat angidrid alveola havosiga o ‘tadi. Nafasga olinadigan va chiqarila-
digan havo tarkibini o ‘rganib, bunga ishonch hosil qilish mum kin.
Nafas olish va chiqarishda azot deyarli o ‘zgarmaydi, bu jadvaldan
k o ‘rinib turibdi.
Alveola havosining tarkibi nafas olish va chiqarish paytlarida kam
o ‘zgaradi, nafas chiqarilayotgandagina tarkibdagi karbonat angidrid
0,3 - 0,4 % kamayadi.
14-184
209
Do'stlaringiz bilan baham: |