Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Tor qatorlab ekish
Bunday usulda urug'lar ekilganda, qator- 
lar o'rtasida 7-8 sm oraliq qoldiriladi. Tor qatorlab ekilganda qa- 
torlar bir-biriga yaqinlashib, qator oralari birm uncha torayadi, 
o'sim liklar bir-biriga halaqit bermaydi, begona o 'tla r kamayadi. 
O 'sim lik yaxshi rivojlanib, ekin hosili ortadi. Bunday ekishlarni 
seyalkalar bajaradi.
Keng qatorlab ekish
Bunday usulda ekilganda, qatorlar orasida 25- 
30 sm dan tortib to 60-70 sm gacha va ko'proq joy qoldiriladi. G 'o 'za, 
qand lavlagi, makkajo'xori, oq jo'xori, xashaki lavlagi, kungaboqar, 
kartoshka, nut va shu kabi ekinlar keng qatorlab ekiladi. Bu usulning 
afzalligi shundaki, qator oralariga ishlov berib boriladi.
Uyalab ekish usuli
Uyalab ekishda urug'lar bir-biridan baravar 
uzoqlikda bo'lgan uyalarga bir necha donadan to'da-to'da qilib ekiladi. 
Maxsus seyalkalar uyalar oralig'ini bir xil masofada qoldirib, belgi- 
langan urug'ni tashlab ekib ketadi, urug' kam sarflanadi. O'simliklami 
yaganalash osonlashadi. T o 'p -to 'p urug' tuproq qatqalog'ini ham 
yorib, unib chiqadi, bunday o'simliklar begona o'tlarga ham bardosh 
bera oladi. Makkajo'xori, oq jo'xori, kartoshka, g'o'za, kanakunjut 
kabi ekinlaming urug'i uyalab ekiladi.
Egatlab ekish
Tog' etaklari va tog'lardagi lalmi yerlarda donli ekin­
lar egatlab ekilsa, tuproqni ostki qatlamidagi namlik urug'lam i bir 
tekis unishiga yordam ko'rsatadi. Bunday usulda ekishda seyalkaning 
soshniklarini oldiga 45 sm oraliqda, chuqurligi 12-15 sm keladigan
61


egat ochib ketadigan moslama qo‘yiladi. Urug‘lar ana shu egat tubiga
7-8 sm chuqurlikda ko‘miladi.
Uruglami ekish m e’yorlari.
Bir gektar yerga ekish uchun sarflana- 
digan urug' miqdoriga ekish m e’yori deyiladi. M e’yor kilogramm, 
million dona bilan hisoblanadi. M o‘l hosil yetishtirish urug' ekish 
m e’yorini aniq belgilanishiga bog'liqdir. Ekish m e’yori har bir ekin 
uchun alohida belgilanadi. Urug'larning maydaligi, yirikligiga qarab 
ham ekish m e’yori har xil bo‘ladi.
Urug‘lami ekish m e’yorida ekiladigan joyning joylanishi, tuproq 
holati, lalmi yoki suvli yerdaligi, yog'inlar miqdori kabi ko'plab 
sharoitlar hisobga olinadi.
Masalan, bug‘doy urug'i gektariga o ‘rtacha 120 kg dan 250 kg 
gacha, zig'ir 120-140 kg dan, moy olish uchun bo'lsa, 20-50 kg dan 
ekiladi. Beda urug‘i mayda bo‘lgani uchun 12-14 kg, boshqa ekinlar 
bilan qo‘shib ekilganida 16-18 kg urug' sarflanadi, chigit yakka qator 
ekilganda 40-45 kg dan, qo'sh qator qilib ekilganda 90-95 kg dan urug' 
ketadi. Makkajo'xori urug'i esa gektariga 22-25 kg dan sarflanadi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling