Texnologiyasi


-§. Kuzgi boshoqli don ekinlarini o ‘stirish texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

15-§. Kuzgi boshoqli don ekinlarini o ‘stirish texnologiyasi
Ekinlarni parvarish qilish.
Uruglardan unib chiqqan o ‘simliklarni 
parvarish qilishdan asosiy maqsad ulardan yuqori va sifatli hosil olishdir.
1 Jadval A ndijonda nashr etilgan “ Kuzgi boshoqli don ekinlarini parvarish qil­
ish q o ‘llanm asi”dan olindi.
64


Shu jihatdan o'simliklami parvarish qilayotganda, ularning tuproq-iqlim 
va boshqa mahalliy sharoitlarga bo‘lgan talabini ko‘zda tutish zarur. Har 
bir ekin uchun, har bir dala va uning har bir bo'lagi uchun alohida 
parvarish qilish bilan bog‘liq hamrna tadbirlar agrotexnika jihatidan eng 
muvofiq muddatlarda va a’lo sifatli qilib o'tkazilishi kerak.
Ekinlami qishloq xo‘jalik mashina va agregatlarida parvarish qilish- 
ga alohida e’tibor kerak. Qishloq xo'jalik mashinalari bilan o'simlik 
qator oralariga ishlov berish, oziqlantirish, hosilni yig'ishtirish ishlari­
ni sifatli qilib bajarilishi hisobiga parvarish ishini tez bajarish mumkin.
Sug‘oriladigan maydortlarda kuzgi g'alla yetishtirish texnologiyasi. 
Bu texnologiya asosida gektaridan 70-75 sentnerdan va undan yuqori 
sifatli don yetishtirish uchun quyidagi agrotexnik chora-tadbirlami 
vaqtida amalga oshirish muhim. Tadbirlar xo'jalikning muayyan agro- 
ekologik tuproq-iqlim sharoitlarini (tuproq bonitetini hisobga olgan 
holda), uning suv bilan ta ’minlanganligi, moddiy — texnika bazasini 
hisobga olgan holda kuzgi g'alla navlarini to'g'ri joylashtirishni, amalga 
oshiriladigan texnologik jarayonlarni oldindan rejalashtirib, ularni 
qat’iy kalendar grafik asosida bajarilishini taqozo etadi.
Sug'oriladigan yerlarda intensiv texnologiya asosida sifatli don 
yetishtirish 30 dan ortiq texnologik jarayonlarni o ‘z ichiga oladi. Bu 
texnologik jarayonlar nafaqat yuqori va sifatli don yetishtirishga
balki atrof-m uhitning kimyoviy modda va birikmalar bilan kamroq 
ifloslanishining oldini olishga ham qaratilgandir.
Intensiv texnologiyada quyidagi tadbirlar alohida o'rin egallaydi: 
birinchidan, ekinlarni almashlab ekishda navbatdagi ekinni yaxshi 
o'tmishdosh ekindan so'ng joylashtirish; ikkinchidan, yuqori hosilh 
(90-120 s/ga) navlarini ekish kerak; uchinchidan, o'simlikning vege­
tatsiya davrida oziq moddalar bilan yetarli ta ’minlash talab etiladi. 
To'rtinchidan, ekinni sug'orishni m a’lum va qisqa davrida o'tkazish 
kerak, beshinchidan, o'simlik kasallik va hasharotlardan himoya qilinishi 
hamda begona o'tga bostirilmasligi kerak. Oltinchidan, ishlov berish 
texnologiyalarini o'z vaqtida va sifatli o'tkazilishi, hosilni yig'ishtirishda 
bir kvadrat sathda 300-400 o'simlik bo'lishi, boshoqlar soni 500- 
600 taga yetishi, bir dona boshoqda o'rtacha 35-40 dona don bo'lishi, 
1000 dona don vazni 45-50 g kelishi kerak.
Kuzgi g'alla ekinlarining urug'i 3-5 sm chuqurlikka tushishi, buning 
uchun tuproq sifatli ishlanishi kerak. Tuproq holatiga ko'ra 25 va bego-
5-184
65


na o ‘tlar ko‘proq uchraydigan sharoitda 35 sm gacha chuqurlikda yer 
haydaladi, tekislanadi.
Bug‘doy urug‘larining 99% dan 97% gacha tozalikda bo‘lganlari, 
95% dan 92% gacha unuvchanlari ekilishi zarur. Begona urug'lar kam 
bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
Kuzgi g‘alla ekinlari qulay muddatlarda (20 oktabrgacha) ekilishi 
muhim. Ekilgandan so'ng darhol gektariga 550-600 m 3 hisobida sug‘orish 
talab etiladi. Birinchi suv bilan urugiar to iiq unib chiqmasligi mumkin. 
Shuning uchun ham, ikkinchi suv berish zarur.
Keyingi sug‘orish bahorgi b o ‘lib, ekinning vegetatsiya davri 
boshlanadi, ya’ni tuplash fazasida 600-650 m 3/g a, naychalash- 
boshoqlash fazasida 700-750 m 3/ga, sut - mum pishishda 750-800 
m3/ga hisobida sug‘orishlar o ‘tkaziladi. Sug‘orishda tuproq - iqlim 
sharoiti hisobga olinadi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling