Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Ikkinchi oziqlantirish
g'alla o ‘simligining naychalash davrida 
o ‘tkaziladi. Bunda gektariga azotli o'g'itlardan 80 kg sof holda beriladi. 
Shu davrda naycha ichida shakllanayotgan boshoqlaming yirik bo‘lishiga 
va boshoqdagi donlar salmog‘iga zamin yaratiladi.
Uchinchi oziqlantirish
o ‘simlikning gullash, sut-mum pishish davr­
ida o'tkaziladi. Har gektar g‘alla o‘simliklari maydoniga 30-40 kg sof 
holda azotli o ‘g‘itlar suv orqali yoki barglari (samolyot bilan) orqali 
oziqlantirilsa, o ‘rtacha har gektariga 10-12 sentnerdan qo‘shimcha 
hosil qo‘shiladi. Yoki uchinchi oziqlantirish maxsus 2x3 metrli han- 
daqlarga to ‘kilgan mahalliy o ‘g‘itlarga azotli o'g'itlar aralashtirilib, suv 
orqali oqizilsa, yana ham yuqori hosil olishga, don tarkibidagi oqsil 
moddasi, kleykovina miqdorining 2-3% ga ortishiga erishiladi.
Nazorat savollari
1. Kuzgi g‘alla yetishtirish texnologiyasi haqida nimalarni bilasiz?
2. G ‘o ‘za qator oralarida bug‘doy qanday o ‘stiriladi?
3. Kuzgi bug‘doy yetishtirishda “Andijon texnologiyasi”ni bilasizmi?
4. Kuzgi bug‘doy qanday parvarish qilinadi?
5. Kuzgi bug‘doyni go'ng sharbati bilan oziqlantirish mumkinmi?
16-§ . G‘o ‘za qator oralariga kuzgi g‘alla ekish
Respublikamiz dehqonchiligida g'o'za qator oralariga g'alla urug'i 
ekish yo‘li bilan asosiy maydonlarda don yetishtirilmoqda. Chunki 
g‘alla urug‘ini ekish muddati aynan paxta terimi davriga to ‘g‘ri kelib 
qoladi. Aynan shunday sharoitda N RU-0,5 o ‘g‘it sepgich bug'doy 
urug'i ekishga moslashtirilib foydalanilmoqda va urug'lar dalaga sepilib 
kultivatorlar yordamida tuproqqa aralashtiriladi. Aksariyat hollarda 
urug'lar g‘o ‘za qator oralariga ekilgandan so'ng sug'oriladi. Urug' ekilib 
so'ng sug'orishda jildiratib, namina-nam sug'orish usulini qo'llash 
kerak. Chunki tez va ko'p m e’yorda sug'orilganda urug'lar suv bilan 
yuvilib ketishi, jo'yaklar jarlanib ketishi mumkin. Ochiq maydon-
67


lardagi kabi g‘o ‘za qator orasiga ekilgan urug‘lar qishning sovuq kun- 
larini o'tashi zarur. G ‘o ‘za qator oralariga kuzgi g‘alla ekish muddati, 
m e’yori ochiq maydondagidan farq qilmaydi.
Ochiq yerlarga ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlarga nisbatan g‘o‘za 
qator oralariga ekilgan g‘alla ekinlari ozuqa moddalari bilan durustroq 
ta’minlangan bo‘ladi. Negaki, g‘o ‘za o‘simligi uchun vegetatsiya davrida 
yetarlicha azotli, fosforli, kaliyli o ‘g‘itlar solinadi. Ana shu o ‘g‘itlardan 
ma’lum miqdori tuproqda qoladi. G ‘alla ekish oldidan va bahorgi oziqlan- 
tirishda shuni hisobga olish kerak.
G ‘o ‘za qator oralarida g‘alla o ‘simliklarini o ‘stirishda qishda yer 
usti muzlagan paytda g‘o ‘zapoyalar qo‘l bilan o'rib, yig‘ishtirib oli­
nadi. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi g‘alla o‘stirishda butun vegetatsiya 
davomida o‘simlikning o ‘sish davrida tuproqda yetarli miqdorda nam ­
lik, o ‘simlik oson o'zlashtira oladigan miqdorda ozuqa moddalar 
bo‘lishini ta ’minlash kerak bo'ladi. G ‘alla o ‘simligi orasidagi begona 
o‘tlarni yosh davrida tozalab turish yaxshi natija beradi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling