Texnologiyasi


-§. Sho‘r bosgan yerlarni melioratsiyalash


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

18-§. Sho‘r bosgan yerlarni melioratsiyalash
Meliorativ jihatdan nobop yerlar g‘o ‘za va boshqa ekinlardan oli- 
nadigan hosilni oshirib borishga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi.
Ekin ekiladigan yerlaming holati o‘rganilganda, sug‘oriladigan yer- 
larning sho‘rlanishga moyilligi ortib borishi aniqlanyapti.
73


O'zbekistonda sug‘oriladigan yerlaming 60 foizi (2 mln gektardan 
ortiq) sho‘rlanishga moyil bo‘lib qolislii g‘o ‘za, g‘alla va boshqa al­
mashlab ekiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, ularning 
o ‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga salbiy ta’sir qiluvchi ortiqcha tuzlarni 
yo‘qotish b o ‘yicha o ‘ziga xos agrotexnik va meliorativ tadbirlar 
o ‘tkazishni taqozo etadi.
Bu yerlarda sug‘oriladigan dehqonchilik tizimi quyidagi asosiy tad- 
birlami o ‘z ichiga oladi:
Zovur shoxobchalari qurish, mavjud zovurlami ishlatish, yerlami 
biryo'la va joriy tekislash, tuproq sho‘rini biryo‘la va joriy yuvish, g‘o‘za, 
g‘alla, beda almashlab ekishni tatbiq qilish, sizot suvlari sathi rejimini 
va ularning minerallashuvini rostlash, sizot suvlari sathi va tuproq sharoit- 
Iariga qarab ekinlarni sug‘orishning tabaqalashtirilgan rejimini amalga 
oshirish zarur.
Tuproq sho ‘rlanishining asosiy sabablari.
0 ‘zbekistonning bo'z 
tuproqlari va cho‘l zona tuproqlarining barchasida m a’lum miqdorda 
suvda eriydigan tuzlar boiadi. Ana shu tuzlar miqdori ortib ketganda, 
qishloq xo'jalik ekinlarining o‘sishiga, rivojlanishiga va hosildorligiga 
zararli ta ’sir qiladi.
Tuproqdagi ortiqcha namlik uning botqoqlanishiga olib keladi. Tupro­
qning sho‘rlanish darajasi tuproq tarkibidagi tuzlaming miqdoriga qarab 
belgilanadi. Tuproqda Na+, Ca++, Mg"! kationlari va C P , CO v SO- “4 
anionlari bo‘lib, ular tuproqda turli xil tuzlarni hosil qiladi. Ayniqsa, 
tuproqda N aCl (osh tuzi), MgCl2, CaCl;, N a,S04, M gS04, N aC 0 3 
kabi tuzlaming ko‘payib ketishi g‘o‘za va boshqa ekinlar uchun zararlidir.
Bunday o ‘sirn!ik ildizlari tukchalarining so‘rish kuchi kamayadi, 
natijada suv va suvda erigan oziq moddalarini o'simliklar tomonidan 
o ‘zlashtirilishi qiyinlashadi. Shuningdek, zararli tuzlaming m e’yordan 
ortib ketishi tuproqdagi foydali mikroorganizmlami halok qiladi, tup­
roqdagi foydaU xossalar sustlashadi.
Tuproq sho‘rlanishi, asosan, undagi xlor tuzlari miqdoriga qarab 
belgilanadi. Agar xlor tuzlari miqdori tuproqning 80-100 sm li qatlamida
0,01-0,02% dan ortib ketsa, o‘simliklaming o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Tekshirish natijalariga ko‘ra cliigitning unib chiqishi uchun tuproqning 
bir metr qatlamidagi xlor tuzlarining miqdori tuproq og‘irligiga nisbatan
0,04-0,05 % dan oshmasligi kerak. Tuproqdagi tuz miqdorining ortishi 
o‘simlikning rivojlanishini kechiktiradi va hosildorlikni keskin kamayti-
74


radi. Tuproqda tuzlarning miqdori turli yo‘llar bilan oitadi, kamayadi. Bu 
holat asosan ekinlami sug'orish bilan bogiiq. Shuningdek, yog‘in-sochin 
suvlarining ham ta’siri bor. Sug‘orish vaqtida suv bilan birga tuproqqa 
tuzlar kirib qoladi. Suv yerosti suvlarida tabiiy holda to‘plangan tuz 
zaxiralarini bir joydan ikkinchi joyga siljitadi ham.
Dalani, ekinlami pala-partish sug‘orish, suvni ortiqcha isrof qilish 
hisobiga sizot suvlar miqdori ko‘payadi va tuproq sho'rlanib botqoqlashadi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling