Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

I I - jadval
Sho‘r yuvishda sarflanadigan suv miqdorining taxminiy me’yorlari,
m3/g a
Tuproqning
sho'rlanish
darajasi
Suv berish me’yorlari
Suvniyaxshi 
о ‘tkazadigan 
tuproqlar
Suvni yomon 
о ‘tkazadigan o g ‘ir 
tuproqlar
Sug'orish soni
Zovur tizimi qurihnagan sharoitda
Kuchsiz
1500-2000
2000-3000
1
o ‘rtacha
2000-3000
30004000
1-2
kuchli
3000-4000
4000-5000
2-3
Zovur tizimi bo 'Igan sharoitda
Kuchsiz
1500-3000
2000-4000
1-2
o'rtacha
3000-4000
4000-5000
2-3
kuchli
4000-6000
6000-8000
2-4
19-§. Tuproq eroziyasi va unga qarshi kurash
Tuproq eroziyasi deganda uning ustki qatlamini atmosfera yog‘inlari, 
sug'orish suvi bilan yuvilishiga va shamol uchirib ketishiga (nurashi- 
ga) aytiladi.
Eroziya paytida tuproqdagi oziq elementlar uchastkaning pastki qismiga 
oqib va uchib ketishi natijasida tuproqning unumdorligi pasayadi.
Eroziyaning asosan ikki turi, ya’ni suv va shamol eroziyasi bo‘ladi. 
Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida irrigatsiya (sug‘orish) eroziyasi 
ham uchraydi. Suv eroziyasi yomg‘ir va jala, sel suvlari, shuningdek
qor suvlari natijasida paydo bo‘ladi. Suv eroziyasida tuproq yuzi yuvilib 
ketib, tekis bo ‘lib qoladi yoki o‘pirilib ketadi. Tuproq yuzi bir tekisda 
yuvilganda, uning ustki unumdor qatlamini suv oqimi yuvib ketadi
natijada kichik chuqurchalar paydo bo‘ladi, keyinchalik u egatchasi- 
mon va nihoyat tuproqning o'pirilib ketishiga sabab bo'ladi. Suv eroziya­
si tog‘li va tog'oldi zonalarida ko‘proq uchraydi. C ho‘l zonasi tu p ­
roqlarida ko‘proq shamol eroziyasi sodir bo‘iib turadi. Shamol erozi­
yasi ikki turga — tuproqning kundalik va chang bo‘roni eroziyalariga 
bo‘linadi. Chang bo‘ronlari kuchli shamollar paytida ro‘y beradi. Ular 
kun davomida tuproqning anchagina qatlamini uchirib ketadi va katta
77


maydonlardagi ekinlarni xarob etadi. Kundalik eroziyada esa tuproq 
asta-sekin yemirilib boradi.
Tuproq eroziyasiga qarshi quyidagi kurash choralari qoMlaniladi.
1. Tuproqni kuzda sifatli qilib shudgorlash, almashlab ekishni joriy 
qilish va yerga organik o‘g‘itlar solish bilan tuproq zarrachalarini 
pishiqligini oshirish.
2. Tog‘ yonbag‘irlarini terassalash bilan qoming uzoq saqlanishi va 
uning asta-sekin erishi ta’minlanadi. Yomg‘ir va qor suvlarini ushlab 
qolish uchun terassalarda nishab ariq-zovurlar qazish. Terassalardagi 
daraxtlarning o ‘sishini ta ’minlash.
3. Tuproqning shamol eroziyasiga qarshi davlat o‘rmon ihota daraxt - 
zorlari barpo etish, shamol esadigan tomonga nisbatan ko‘ndalang 
qilib sug‘orish egatlar olish, kartadagi sug‘orish egatlarini yaqinroq 
joylashtirish.
4. Tuproqning irrigatsiya eroziyasiga qarshi nishabni 0,02 darajada 
bo'lgan yerlami yaxshilab, sifatli tekislash, sug'orish egatlarini to ‘g‘ri 
va uzunligiga moslab olish, ekinlarni sug‘orishda egatlarga bir xilda suv 
tarash va boshqa agrotexnik tadbirlami amalga oshirish.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling