Texnologiyasi


Mamlakatimizda paxta yetishtirish1


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Mamlakatimizda paxta yetishtirish1
12-jadval
Yillar
G V z a ekilgan 
maydon, ming ga
Hosildorlik,
s / g a
Yalpi hosil, 
ming tonna
1924
264,8
7,8
205,8
1930
883,8
8,4
744,3
1940
923,5
15,0
1385,9
1950
1098,1
20,3
2225,6
1960
1386,6
20,4
2823,5
1970
1709,2
26,3
4495,2
1980
1877,2
29,7
5578,7
1990
1830,1
27,6
5058,0
1992
1666,7
24,8
4127,9
1993
1695,1
25.0
4235,0
1995
1492,8
26,4
3934,1
1996
1487,3
22,5
3350,1
2001
1451,9
22,5
3266,7
2002
1387,9
23,0
3194,5
2004
1,3 mln ga dan ko'p
26,5...
3500,1
2005
1,3 mln ga dan ko'p
X
3600 ming 
tonnadan ko'p
Nazorat savollari
1. G ‘o ‘za o‘simligi qanday ekin hisoblanadi?
2. Paxtachilikning ahamiyatini bilasizmi?
3. G ‘o ‘za o ‘simligining asalarichilikka qanday bog'liqliligi bor?
4. 0 ‘zbekistonda XIX asr oxirlarida qancha paxta yetishtirilganini 
bilasizmi?
21-§. G‘o ‘zaning kelib chiqishi va 0 ‘zbekiston paxtachiligining
tarixi
G ‘o ‘zoning kelib chiqishi
G ‘o ‘zagulxayridoshlar oilasi, gossipium avlodiga mansub ko‘p 
yillik o'simlikdir. G ‘o ‘za Osiyo, Afrika, Amerika va Avstraliyadan kelib 
chiqqan.
1 Jadval “Paxtachilik spravochnigi” kitobi va statistik m a’lumotlardan olindi.
80


Tabiatda g‘o ‘zaning 37 turi, juda ko‘p formalari va navlari m a’lum. 
Ulaming hammasi «Gossipium» deb ataluvchi botanikavlodgabirlash- 
gan.G ossipium avlodi gulxayridoshlar oilasigakiradi.Kanop, dag‘al 
kanop, bo ‘ritaroq, Xitoy atirguli, tugmachagul ham ana shu oilaga 
kiruvchi 
0
‘simliklar hisoblanadi.
G ‘o ‘za avlod sifatida juda qadimdan, taxminan bo‘r davrining 
boshlanishidan m a’lum. U tropik mintaqa o‘simligidir.
G ‘o ‘za navlarining yovvoyi turlari va formalari uzoq yashashi, 
yer tanlamasligi, qurg‘oqchilikka chidamliligi, monopodial (o‘suv) 
shoxlanganligi, hosil shoxlari sust rivojlanganligi, ko‘saklari juda 
mayda bo‘lishi, chigitning po‘sti «toshdek qattiq» bo‘lishi, qo‘ng‘ir 
rangli siyrak tuk bilan qoplanganligi tufayli hozir ekiladigan navlar- 
dan farq qiladi. G ‘o ‘zaning yovvoyi turlari orasida muhim ahamiyat- 
li, qimmatli belgilari kasallik va zararkunandalarga, ayniqsa, vilt va 
ildiz ch irish kasalligiga qarshi im m u n itetn i, past h a ro ra t va 
sho‘rlanishga cliidamlilikni o‘zaro mujassamlashtirgan formalar ko'p. 
Ayrim turlar juda serhosil, ertapishar, ipaksim on, tolasi pishiq, 
yaltiroq bo‘ladi. Seleksionerlar, nav yaratuvchi olimlar yangi g‘o ‘za 
navlarini yetishtirishda yovvoyi g 'o 'z a form alarining xarakterli 
xususiyatlaridan foydalanib keladilar.
Ko'pchilik yovvoyi turlari qurg‘oqchilikka chidamli, kechpishar, 
kalta va ingichka hosil shoxli, barglari, guli, ko‘sagi va chigiti mayda, 
chigitidagi tolasi kalta va siyrak bo‘ladi.
G ‘o‘za 70-100 million yillik tarixga ega bo‘lib, geologik jarayonlar 
va iqlim sharoitining o ‘zgarishi natijasida uning uchta tur va formalar 
guruhi vujudga kelgan: Osiyo-Afrika, Amerika va Avstraliya g‘o ‘zalari.
Yovvoyi g‘o‘za navlari tupining bo‘yi 1 metrdan va daraxtsimonlari 
10-12 metrgacha bo‘ladi.
Yuqoridagi har bir guruh sharoitning o ‘zgarishi natijasida kichik 
guruhlarni vujudga keltirgan. Masalan, Osiyo-Afrika guruhi — Janu- 
biy, Janubi-sharqiy Osiyo, Afrika va Janubi-g‘arbiy Osiyo guruh- 
chasiga, Amerika gumhi esa Markaziy Amerika va Janubiy Amerika 
guruhchasi ajralib chiqqan. Ular tuzilishi va xususiyatlari bilan bir- 
biridan keskin farq qiluvchi o ‘zgarishlarga uchragan.
Hozirda ekib o‘stirilayotgan madaniy g‘o‘zalar qadimgi yovvoyi 
turlarini uzoq yillar davomida tanlash, parvarish qilish, chatishti-
6-184
81


rish, turli tuproq iqlim sharoitiga moslashtirish natijasida kelib cliiqqan. 
G ‘o ‘zalar ko‘p yillikdan bir yillikka moslashgan, ko‘saklari yirik, 
tashqi muhit sharoitlariga talabchan, tolasi uzun bo‘lib, yowoyi turlar- 
dan farqi yaqqol sezilib turadi.
Hozirgi vaqtda g‘o ‘zaning faqat 5 turi o ‘stiriladi.
1. Meksikag‘o ‘zasi — (Gassipium Barbadenze) — Markaziy Osiyo 
va Amerika Qo‘shma Shtatlarida, Ozarbayjonda ekiladi. Ko‘saklari yirik, 
to iiq . Lo‘ppi bo ‘lib ochiladi, tolalari mayin (42 mm gacha).
2. Peru g‘o ‘zasi — (Gassipium Xirzutum) — Markaziy Osiyoda, 
Misr, Ozarbayjonda ekiladi, tolasi ingichka (40-60 mm).
3.Hindi-Xitoy g‘o ‘zasi. (Gassipium Xerbatseum) — Hindiston va 
Xitoyda ekib kelingan, hosili past, ko'sagi mayda, tolasi dag‘al va 
qisqa (12-27 mm).
4.0siyo-Afrikag‘o ‘zasi (Gassipium Arbareum) — Markaziy Osiyoda 
ekilgan, jaydari turga kiradi, ko‘sagi to ‘liq ochilmaydi, tolasi dag‘al 
(15-32 mm).
5. 
V est-Indiyag‘o ‘zasi. (Gassipium Trikospidatum) — Markaziy 
Amerikaning Antil orollaridan kelib chiqqan, tolasi mayin va uzun 
(30-50mm), boshqa sharoitlarda ekilmaydi.
12—rasm. 0 ‘rta tolali Markaziy Amerika g‘o ‘zasining bargi, guli va ko‘sagi.
13-rasm . Ingichka tolali Peru g‘o‘zasining bargi, guli va ko‘sagi.
82



Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling