Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Poya va shoxlari
G ‘o‘zaning poyasi tik, shoxlanuvchan, pishiq, asosiy poya va o‘suv, 
hosil shoxlaridan iborat. G ‘o ‘za poyasining balandligi 70-150 sm gacha 
boradi, ingichka tolali g‘o ‘za poyalari esa 125-200 sm gacha o ‘sadi.
Poyada barglar navbat bilan spiral holda joylashadi. Poya tukli, 
tuksiz bo'ladi. Rangi yashil, qoramtir qizil yoki qizil bo ‘lishi mumkin. 
Poyaning quyoshga qaragan tomoni qizil rangda ko‘rinadi. Poyaning 
pastki ildiz bo‘g‘zi yaqinigacha jigarrangda boiadi, chunki bu joy po‘kak 
to‘qimalar bilan qoplangan bo‘ladi.
G ‘o ‘za shoxlari
Asosiy poyaning barg qo‘ltig‘idagi kurtaklaiidan g‘o‘za shoxlari o‘sib 
chiqadi. G ‘o ‘za chinbarg chiqargan davrgacha o ‘suv kurtagi shikast- 
lanib qolgan taqdirda urug‘barg qo‘ltig‘idan shox chiqishi mumkin.
G ‘o ‘zaning (monopodial) o ‘suv shoxi va (simpodial) hosil shoxi 
bo'ladi. 0 ‘suv shoxi asosiy poyaning pastki qismidagi kurtakdan, hosil 
shoxi o‘suv shoxi yuqorisidagi barg qoitiqlaridan o ‘sib chiqadi. 0 ‘suv 
shoxi asosiy poyadan o'tkir burchak hosil qilib, bo‘yiga qarab to‘g‘ri 
o‘saveradi. Bu shox bir kurtakdan o‘sib chiqqanligi uchun monopodial 
shox deb ataladi. Bu baquwat shox bo‘lib, agar asosiy poya (zararlanib) 
o‘sishdan to'xtasa, eng baquwat bitta yoki ikkita o ‘suv (monopodial) 
shox asosiy poyaning o ‘mini egallaydi. Monopodial shoxning barg 
qo‘ltig‘idan ikkinchi tartib o‘suv shoxlari o ‘sib chiqadi.
Simpodial shox o‘sish xarakteri va tuzilishi jihatidan monopodial 
shoxdan tubdan farq qiladi. Jumladan, u asosiy poyadan o ‘tmas bur­
chak hosil qilib chiqadi.
Barglar qo‘ltig‘idagi kichik piramida shaklidagi birinchi shona pay­
do b o ‘lishiga qarab, birinchi hosil (simpodial) shoxini aniqlash 
mumkin.
84


Sim podial shoxlar asosiy poya barg q o ‘ltig‘idagi kurtakdan 
rivojlanib, bitta bo‘g‘im hosil qiladi va uning uchi gul kurtak chiqarish 
bilan tugaydi. Ushbu barg qo‘ltig‘idagi kurtaklardan bittasi rivojlan- 
gach, ikkinchi bo‘g‘im paydo bo‘ladi va ikkinchi bo‘g‘im oralig‘i uchida 
navbatdagi barg va gul kurtak shakllanadi.
0 ‘rta tolali g‘o ‘za navlarida birinchi hosil shoxi 4-7, ingichka tolali 
g‘o ‘za navlarida esa, 3-9 barglar qo‘ltig‘idan chiqadi. G ‘o ‘za navining 
ertapisharligi birinchi hosil shoxi chiqqan joyga qisman bog‘liq bo‘ladi. 
Sug‘oriladigan yerlarda turli sharoitda g‘o‘za 1-4 ta monopodial va 15- 
20 ta simpodial shox chiqaradi. Hosil shoxining har qaysi bo‘g‘im 
oralig‘i ketma-ket alohida o ‘sganligi uchun ular bir necha pog‘onadan 
iborat bo‘ladi va zig-zag, ya’ni tirsak shaklini oladi. Hosil shoxi shu 
tartibda rivojlangani uchun simpodial shox nomini olgan.
G ‘o ‘zada hosil shoxlarining o‘sishi o‘suv shoxlarinikiga qaraganda 
boshqacharoq bo‘ladi. 0 ‘suv shoxlari awal sekin o‘sadi, keyin tezlasha- 
di va oxirida o‘sish yana tekislashadi. Hosil shoxlari dastlab tezroq o ‘sib, 
keyin o‘sish sekinlashadi va pirovardida o‘smay qoladi. Shunga mutanosib 
ravishda, hosil shoxlaridagi bo‘g‘im oraliqlari ham turli uzunlikda bo‘ladi. 
Bunda asosiy poyaga yaqin turgan oraliqlari kevingilarga qaraganda oziq 
m oddalar bilan yaxshiroq ta ’minlanadi, b o ‘g‘im oraliqlari asosiy 
poyadan uzoqlashgan sari oziqlanishi kamroq bo'ladi. Demak, asosiy 
ozuqa asosiy poyaga yaqinroq turgan hosil a’zolarida ushlanib qolib, ul­
aming shakllanishi uchun sarflanadi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling