Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Nazorat savo/lari
1. G ‘o ‘za bargida qanday jarayon sodir bo‘ladi?
2. G ‘o ‘za barglarining tuzilishini tushuntirib bering.
3. G 'o'za bargining rangi qanaqa bo‘ladi?
4. G 'o'za guli necha jinsli bo‘ladi?
5. G 'o 'za gullari qanday changlanadi?
6. G ‘o ‘za gulining tuzilishini aytib bering.
25-§. G‘o ‘za ko‘sagi
K o‘sak g 'o 'z a n in g mevasi hisoblanadi. K o ‘sak u ru g 'ch asi 
urug‘langandan boshlab, 20-25 kunlarda eng katta shaklga kiradi va 
yana 40-45 kunlarda ko'sak ichidagi tola hamda chigit to'la yetiladi. 
Pishib yetilgach, paxta b o Llib ochiladi. G ‘o ‘za turlariga qarab 
ko ‘saklarning diam etri 5-6 sm, b o ‘yi 6-7 sm bo'ladi. Bir dona 
ko'sakdagi chigitli paxta o ‘rta tolali g‘o ‘za navlarida 7-8, ingichka to ­
lali g‘o ‘za navlarida 2,8-4 g keladi. G ‘o ‘za navlariga, tuproq sharoiti va 
qanday parvarish qilinganligiga qarab ko‘saklar yirikligi har xil bo'ladi. 
G ‘o ‘za tupining pastki shoxlaridagi ko'saklar yirikroq, yuqori qismida 
bundan kichikroq bo'ladi.
Ko‘sak rangi to ‘q yashil, och yashil va qizg'ish yashil tusda bo‘lib, 
quyoshga qaragan tomoni pushti, qizil ba’zan qoramtir qizil rangda 
bo'ladi. Ko'sak yuzasi silliq, g'adir-budur, mayda chuqurchali va burish- 
gan ko'rinadi. O'rta tolali g‘o ‘za navlari ko'sak sirti silliq, ingichka tolali 
g'o'za navlarida mayda chuqurchali, bezsimon bo'ladi.
Ko'sak ichi to'siqlar bilan xonalarga bo'lingan bo'ladi. Ushbu 
xonalar tashqi tomondan chanoqlar bilan o'ralgan. O 'rta tolali g'o'za 
navlarida ko'saklar 4-5 chanoqli, ingichka tolali g'o'za navlarida 3-4 
chanoqli bo'ladi.
Ko'saklar tuxumsimon, cho'ziq tuxumsimon, dumaloq, ovalsi- 
mon shakllarda bo'ladi. Ko'sakning tumshug'i to'm toq yoki nayzasi- 
mon, uzun yoki qisqa bo'lib, 3-4-5 qirrali yulduzchalar hosil qiladi. 
Ushbu yulduzcha qirralari ko'sakdagi chanoqlar sonini belgilaydi. 
Ko'sak pishib yetilgach, quriydi, sarg'ayadi, choklari yorilib, paxtasi 
ochiladi. Ko'sagi yetilganda sal-pal ochiladigan yoki butunlay ochil- 
maydigan g'o'za turlari ham bor. Ko'sak yaxshi ochilsa, paxtani terib 
olish osonlashadi.



Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling