Texnologiyasi
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-§. G‘o ‘za ko‘sagi
Nazorat savo/lari
1. G ‘o ‘za bargida qanday jarayon sodir bo‘ladi? 2. G ‘o ‘za barglarining tuzilishini tushuntirib bering. 3. G 'o'za bargining rangi qanaqa bo‘ladi? 4. G 'o'za guli necha jinsli bo‘ladi? 5. G 'o 'za gullari qanday changlanadi? 6. G ‘o ‘za gulining tuzilishini aytib bering. 25-§. G‘o ‘za ko‘sagi K o‘sak g 'o 'z a n in g mevasi hisoblanadi. K o ‘sak u ru g 'ch asi urug‘langandan boshlab, 20-25 kunlarda eng katta shaklga kiradi va yana 40-45 kunlarda ko'sak ichidagi tola hamda chigit to'la yetiladi. Pishib yetilgach, paxta b o Llib ochiladi. G ‘o ‘za turlariga qarab ko ‘saklarning diam etri 5-6 sm, b o ‘yi 6-7 sm bo'ladi. Bir dona ko'sakdagi chigitli paxta o ‘rta tolali g‘o ‘za navlarida 7-8, ingichka to lali g‘o ‘za navlarida 2,8-4 g keladi. G ‘o ‘za navlariga, tuproq sharoiti va qanday parvarish qilinganligiga qarab ko‘saklar yirikligi har xil bo'ladi. G ‘o ‘za tupining pastki shoxlaridagi ko'saklar yirikroq, yuqori qismida bundan kichikroq bo'ladi. Ko‘sak rangi to ‘q yashil, och yashil va qizg'ish yashil tusda bo‘lib, quyoshga qaragan tomoni pushti, qizil ba’zan qoramtir qizil rangda bo'ladi. Ko'sak yuzasi silliq, g'adir-budur, mayda chuqurchali va burish- gan ko'rinadi. O'rta tolali g‘o ‘za navlari ko'sak sirti silliq, ingichka tolali g'o'za navlarida mayda chuqurchali, bezsimon bo'ladi. Ko'sak ichi to'siqlar bilan xonalarga bo'lingan bo'ladi. Ushbu xonalar tashqi tomondan chanoqlar bilan o'ralgan. O 'rta tolali g'o'za navlarida ko'saklar 4-5 chanoqli, ingichka tolali g'o'za navlarida 3-4 chanoqli bo'ladi. Ko'saklar tuxumsimon, cho'ziq tuxumsimon, dumaloq, ovalsi- mon shakllarda bo'ladi. Ko'sakning tumshug'i to'm toq yoki nayzasi- mon, uzun yoki qisqa bo'lib, 3-4-5 qirrali yulduzchalar hosil qiladi. Ushbu yulduzcha qirralari ko'sakdagi chanoqlar sonini belgilaydi. Ko'sak pishib yetilgach, quriydi, sarg'ayadi, choklari yorilib, paxtasi ochiladi. Ko'sagi yetilganda sal-pal ochiladigan yoki butunlay ochil- maydigan g'o'za turlari ham bor. Ko'sak yaxshi ochilsa, paxtani terib olish osonlashadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling