Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Tolaning pishiqligi.
Bitta tolani cho'zganda to uzilgunga qadar 
gramm hisobida kuch talab qiladi va g bilan belgilangan. Shu tolaning 
pishiqligini ko'rsatadi. M e’yorida yetilgan tolaning pishiqligi 4-7 g ga 
yetadi. O 'rta tolali g'o'za navlarida tola pishiqligi 4,5 dan 5,5 g gacha, 
ingichka tolali g'o'za navlarida 5-6 g atrofida bo'ladi. Jumladan, to'la 
yetilgan va yaxshi ochilgan paxta tolasi pishiq, yetilmagan va xom 
ko'sakdagi tolalar unchalik pishiq bo'lmaydi, uziluvchan bo'ladi.
Tolaning uzilish uzunligi.
Tolalar uchma-uch ulanadi. Bunda umumiy 
uzunlik hosil bo'ladi. Ana shunday holatda o'z og'irligi bilan tola uzilishi 
tolaning uzilish uzunligi bo'ladi. Bu km bilan o'lchanadi. O'rta tolali 
g'o'za navlarida tolaning uzilish uzunligi 25-27 km, ingichka tolali g'o'za 
navlarida 33-35 km, ba’zi navlarda 36-37 km bo'lishi mumkin.
Tolaning uzilish uzunligi quyidagicha aniqlanadi. Tolaning pishiqligi 
(4,8)ni tolaning metrik nomeri (5000)ga ko'paytirib 1000 ga bo'linadi. 
(4,8x5000=24000 m yoki 24 km)
Tolaning buraluvchanligi.
Toladan ip yigirilganda, tolalar o'zaro 
ilashimli bo'lishi kerak. Bunda ip yigirish osonlashadi va ipning 
pishiqligi ortadi. Tolaning buraluvchanligi, uning 1 mm uzunligidagi
90


buralish soni bilan ifodalanadi. Tola qanchalik ingichka boisa, shun- 
chalik yaxshi buraladi. Masalan, jaydari g‘o ‘zaning har 1 mm dag‘al 
tolasi 6-8 marta buralsa, o ‘rta va ingichka tolali g‘o ‘za navlarida bu 
uzunlikdagi tola 10-12 marta buraladi.
Tola mikroneyri uning muhim sifat ko‘rsatkichidir va bu 4,1 dan
5,0 va undan yuqori raqamlarda ifoda qilinadi.
Tola chiqishi.
Paxtaning cliigiti ajratilganda, tola chiqadi. Tolani 
hisoblash chigitli paxtaga nisbatan foiz hisobi bo‘yicha belgilanadi. 0 ‘rta 
tolali g‘o ‘za navlarida tola chiqishi 32 dan 36 % gacha (ko‘proq 34- 
36%), ingichka tolali g‘o‘za navlarida 38 dan 41% gacha bo'ladi. 
-
To‘qimachilik sanoatida 7 xil turga bo'linadigan paxta tolalari ishla­
tiladi. I-II-1II turdagi tolalar ingichka tolali g‘o ‘za navlaridan olinib
bu navlar kech pishadi, shuning uchun 0 ‘zbekistonning janubida 
o ‘stiriladi. Bunday paxta tolalaridan maxsus gazlamalar to ‘qiladi, ular 
yupqa va pishiq bo‘ladi. Satin, batis va trikotajlar ingichka tolalardan 
to ‘qilgan gazlamalardir. IV, V, VI turga kiruvchi tolalar o‘rta tolali 
g‘o‘za navlaridan olinadi. Bular ertapishar va serhosil bo'ladi. IV tur 
toladan markazet va shu kabi gazlamalar to ‘qiladi. V turga kiruvchi 
tolalar to ‘qimachilikda eng ko‘p ishlatiladi. Ushbu tur toladan turli 
xil ichki kiyimlar, ko‘ylaklarva astarlik bo‘ladigan gazlamalar to ‘qiladi. 
VI turga kiruvchi tolalardan kostumbop gazlamalar to ‘qiladi. VII tur 
tolalar V tur tolalarga qo‘shib ishlatiladi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling