Texnologiyasi
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tolaning uzilish uzunligi.
- Tolaning buraluvchanligi.
- Tola chiqishi.
Tolaning pishiqligi.
Bitta tolani cho'zganda to uzilgunga qadar gramm hisobida kuch talab qiladi va g bilan belgilangan. Shu tolaning pishiqligini ko'rsatadi. M e’yorida yetilgan tolaning pishiqligi 4-7 g ga yetadi. O 'rta tolali g'o'za navlarida tola pishiqligi 4,5 dan 5,5 g gacha, ingichka tolali g'o'za navlarida 5-6 g atrofida bo'ladi. Jumladan, to'la yetilgan va yaxshi ochilgan paxta tolasi pishiq, yetilmagan va xom ko'sakdagi tolalar unchalik pishiq bo'lmaydi, uziluvchan bo'ladi. Tolaning uzilish uzunligi. Tolalar uchma-uch ulanadi. Bunda umumiy uzunlik hosil bo'ladi. Ana shunday holatda o'z og'irligi bilan tola uzilishi tolaning uzilish uzunligi bo'ladi. Bu km bilan o'lchanadi. O'rta tolali g'o'za navlarida tolaning uzilish uzunligi 25-27 km, ingichka tolali g'o'za navlarida 33-35 km, ba’zi navlarda 36-37 km bo'lishi mumkin. Tolaning uzilish uzunligi quyidagicha aniqlanadi. Tolaning pishiqligi (4,8)ni tolaning metrik nomeri (5000)ga ko'paytirib 1000 ga bo'linadi. (4,8x5000=24000 m yoki 24 km) Tolaning buraluvchanligi. Toladan ip yigirilganda, tolalar o'zaro ilashimli bo'lishi kerak. Bunda ip yigirish osonlashadi va ipning pishiqligi ortadi. Tolaning buraluvchanligi, uning 1 mm uzunligidagi 90 buralish soni bilan ifodalanadi. Tola qanchalik ingichka boisa, shun- chalik yaxshi buraladi. Masalan, jaydari g‘o ‘zaning har 1 mm dag‘al tolasi 6-8 marta buralsa, o ‘rta va ingichka tolali g‘o ‘za navlarida bu uzunlikdagi tola 10-12 marta buraladi. Tola mikroneyri uning muhim sifat ko‘rsatkichidir va bu 4,1 dan 5,0 va undan yuqori raqamlarda ifoda qilinadi. Tola chiqishi. Paxtaning cliigiti ajratilganda, tola chiqadi. Tolani hisoblash chigitli paxtaga nisbatan foiz hisobi bo‘yicha belgilanadi. 0 ‘rta tolali g‘o ‘za navlarida tola chiqishi 32 dan 36 % gacha (ko‘proq 34- 36%), ingichka tolali g‘o‘za navlarida 38 dan 41% gacha bo'ladi. - To‘qimachilik sanoatida 7 xil turga bo'linadigan paxta tolalari ishla tiladi. I-II-1II turdagi tolalar ingichka tolali g‘o ‘za navlaridan olinib, bu navlar kech pishadi, shuning uchun 0 ‘zbekistonning janubida o ‘stiriladi. Bunday paxta tolalaridan maxsus gazlamalar to ‘qiladi, ular yupqa va pishiq bo‘ladi. Satin, batis va trikotajlar ingichka tolalardan to ‘qilgan gazlamalardir. IV, V, VI turga kiruvchi tolalar o‘rta tolali g‘o‘za navlaridan olinadi. Bular ertapishar va serhosil bo'ladi. IV tur toladan markazet va shu kabi gazlamalar to ‘qiladi. V turga kiruvchi tolalar to ‘qimachilikda eng ko‘p ishlatiladi. Ushbu tur toladan turli xil ichki kiyimlar, ko‘ylaklarva astarlik bo‘ladigan gazlamalar to ‘qiladi. VI turga kiruvchi tolalardan kostumbop gazlamalar to ‘qiladi. VII tur tolalar V tur tolalarga qo‘shib ishlatiladi. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling