Texnologiyasi
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paxta tolasi
- Tola uzunligi.
G ‘o ‘za chigiti
Ko‘sak ichida chanoqlar bo‘lib, chanoqlarda chigitli paxta yetiladi. Har bir chanoqda 5 tadan 10 tagacha, bir dona ko‘sakda esa, 25 tadan 50 tagacha chigit joylashadi. Chigit tuxumsimon, uzunligi 12-14 mm va diametri 6-8 mm bo‘ladi. Chigit murtak, ichki va tashqi qobiq, urug‘band va tashqi tomonini qoplab olgan tuklardan iborat. Tuklar uzun va qisqa bo‘ladi. Uzun tuklar tola, qisqalarini linter deyiladi. Chigit qanchalik yetilgan, og‘ir bo‘lsa, undan unib chiqqan ni- hollar shunchalik baquwat rivojlanadi va hosildor bo'ladi. Chigit 50- 200 mg va undan og‘irroq bo‘lishi mumkin. Chigitning murtagi (mag‘zi) ikkita urug‘palladan, o‘sish nuqta- si, urug‘palla osti tirsagi va boshlang‘ich ildizdan iborat bo‘ladi. Chigit unishida urug‘palladan urug‘barg, o ‘sish nuqtasidan poya, uruglpalla osti tirsagidan urug'barg osti o ‘sib, urug‘pallani tuproqdan tashqariga olib chiqadi. Boshlang'ich ildizidan o ‘q ildiz o ‘sib chiqadi. Paxta tolasi Tola chigitni sirti tomonidan o'rab turadi va chigit yerga ekilganda, tolalar haddan tashqari namlanishdan, tuproq nami ko‘p b o isa, chirib ketishdan saqlab qoladi. Agar namlik kam boisa, uni yetarli miqdorda saqlab turadi. Paxta tolasi uzaygan bitta hujayradan iborat boiadi. Urug1 kurtakning tashqi epidermis hujayrasining rivojlanishi natijasida tola hosil bo‘ladi. G ‘o‘za gullaganda, paxta tolasi o‘sa boshlaydi. Chigitdagi qisqa tola lar ham urug‘kurtak epidermis hujayrasining o ‘sishidan hosil bo‘ladi, biroq ular sekin o ‘sgani uchun qisqa b o iib qoladi. Tola ikki davrda rivojlanadi. Birinchi davrda tola uzunasiga o ‘sadi, 15-16 kun o‘tgach, haqiqiy uzunligining yarmiga yetadi. 25-30 kun o'tgach esa, qolgan qismi o‘sib, o‘sishdan to ‘xtaydi. Ikkinchi davrda tolaning ichki qismida o ‘zgarish sodir bo‘ladi, ya’ni selluloza to ‘planadi, u qalinlashadi va ko‘saklar yetilib qariguncha, ushbu jarayon davom etadi. Tola boshqa hujayralar kabi po‘st, protoplazma, mag‘iz va hu jayra shirasidan iborat. Tolalar yetilgan sari buraladi, hujayradagi shira quriy boshlaydi. Ko‘saklar ochilgandan so‘ng tolaning qurishi tezlashadi. Tola ko‘p buralsa, uning pishiqligi va sifati shuncha ortadi. Bitta chanoqdagi bir nechta chigit rivojlanib siqiladi, bukiladi va chigit tolalari bir-biri bilan kirishib ketadi. Natijada, ko‘sak ochilgan- 89 dan so‘ng chanoqdagi tolali chigitlar bir-biridan ajralmay turadi. M e’yorida yetilgan tola yaltirab ko‘rinadi. Tola uzunligi. G ‘o ‘za turiga qarab tolalar uzunligi 18-20 mm dan 45-50 mm gacha, ba’zan 55-60 mm gacha yetadi. Ingichka tolali g‘o‘za navlarida tolalar uzun bo'ladi. Hindiston g'o'zasining tolasi kalta, Af- rika-Osiyo g'o'zasining tolasi uzunroq bo'ladi. Vest-Indiya orollari- dan tarqalgan o'rta tolali g'o'za navlarida tola uzun va Si-Ayland Amerika g'o'zasi ingichka tolali g'o'za bo'lib, tolasi juda uzun bo'ladi. O'zbekistonda ekilayotgan o'rta tolali g'o'za navlarida tola uzunligi 33-36 mm, ingichka tola g'o'za navlarida 38-42 mm gacha bo'ladi. Tola qanchalik uzun bo'lsa, sanoat to'qimachiligi uchun muhim hisoblanadi, chunki gazlama chidamli bo'ladi. Tolaning ingichkaligi mikron bilan o'lchanadi, ya’ni 7 dan 30 mikrongacha bo'ladi. Ko'proq tolalar diametri 15-20 mikronli bo'ladi. Tolaning ingichkaligi metrik nomer bilan ifoda etiladi. Metrik no- mer 1 g tolaning metr hisobida yoki 1 mg tolaning mm hisobida umumiy uzunligini bildiradi. O'rta tolali g'o'za navlarida tolasining metrik nomeri 4500 dan 6500 gacha, ingichka tolali g'o'za navlarida 6500 dan 8000 gacha bo'ladi. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling