Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Nazorat savollari
1. Meliorativ tadbirlar deb nimaga aytiladi?
2. Yerlami tekislashda nimaga ahamiyat beriladi? Yerlar qanday 
usullarda tekislanadi?
3. Yemi tekislash guruhi qanday tashkil etiladi?
4. Suvdan foydalanish rejasi nima va u qanday tuziladi?
5. Sho‘r yerlar nima uchun melioratsiyalanadi?
6. Tuproq qanday sho'rlanadi? Sho‘rlanishda qanday moddalar 
ishtirok etadi?
7. Daryo suvlarida ham tuzlar bo'ladimi?
8. Meliorativ tadbirlar tizimini tushuntirib bering.
9. Agrotexnik melioratsiyada qaysi tadbirlar amalga oshiriladi?
10. Zovurlar qanday boladi? Nima uchun zovurlar quriladi?
11. Tuproqning sho'rlanish darajalanni bilasizmi?
12. Tuproq sho'ri qanday va qachon yuviladi?
13. Tuproqda eroziya qanday sodir boiadi? Unga qarshi nimalar 
qilish kerak?
78


2 0-§. 0 ‘zbekiston qishloq x o ‘jaligidagi asosiy ekinlar. Paxtachilik
Paxtachilik 0 ‘zbekiston qishloq xo'jaligining asosiy tarmog‘i hisobla­
nadi. G ‘o ‘za qimmatli texnika o'simligidir. G ‘o ‘za asosan tolasi uchun 
o ‘stiriladi. Jahon bozorida ham tola yuqori baholanadi. Tola xalq 
xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun xomashyo hisoblanadi.
Tola turli gazlamalar, paxta, ip, arqon, sun’iy tolalar, rezina 
shlanglar uchun maxsus to ‘qimalar va boshqa mahsulotlar tayyor- 
lashda ishlatiladi. Elektr va avtotnobil sanoatlari ham toladan foy- 
dalanadi.
Paxta chigitining tarkibida 20-27% moy bo‘ladi. Chigit moyi oziq- 
ovqat sifatida keng qoilaniladi. Chigit moyidan margarin, kir va atir 
sovunlar, texnik moy, alif, glitseriri kabi mahsulotlar tayyorlanadi. 
Chigitdan moy ajratishda chiqqan kunjara tarkibida 40 % gacha oqsili 
bor, shuning uchun u chorva mollariga to‘yimli oziqdir. Har 100 kg 
chigitdan 17-19 kg moy, 40-42 kg kunjara va 38-40 kg sheluxa chiqadi.
Chigit mag‘zidan zaharli gossipol moddasi, polimerlar. turli 
dori-darmonlar, bo‘yoq moddalari tayyorlanadi.Gossipol smolasidan 
issiqqa chidamli kiyim-kechak tayvorlashda foydalaniladi. Chigit she- 
luxasi chorvachilik uchun qimmatli yem -xashak, shu bilan bir 
qatorda sheluxadan oshlovchi moddalar, texnik spirt, lak, dag'al 
qog‘oz, karton, elektroizolatorlar, furfurol, plastmassa kabi m ah­
sulotlar olinadi.
G ‘o ‘za poyasi qurilish materiallari tayyorlashda ishlatiladi, g'o'za 
po‘chog‘i ham qimmatli mahsulot hisoblanib, uning tarkibida oshlov­
chi moddalar bor.
G ‘o ‘za bargidan organik kislotalar olinadi.
G ‘o ‘za o ‘simligi asalarichilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga 
ega. Asalarilar g‘o ‘za gulidan nektar yig‘adi, bu bilan gullami chang- 
lab ketadi, natijada ham paxta hosildorligi ortadi, ham asal mahsuloti 
yetishtiriladi.
G ‘o ‘zadan olinadigan mahsulotlar qariyb 150 xildan ortiqdir.
0 ‘zbekistonda paxta 1890-yili 100 ming gektami, 1913-yilgacha 
424,6 ming gektardan 517,2 ming gektargacha maydonni tashkil et- 
gan. Gektaridan olinadigan hosildorlik 12,2 sentnerga yetgan. 1990- 
yilda 1,830,1 ming gektarda paxta yetishtirilgan bo ‘lsa, 2003-yilda 1,4 
mln gektarga chigit ekildi.
79



Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling