Texnologiyasi


S u g ‘oriladigan yerla rd a zovu rlar qurish va uning afzalligi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

S u g ‘oriladigan yerla rd a zovu rlar qurish va uning afzalligi. 
Sug‘oriladigan yerlarda tuproqning meliorativ holatini yaxshilab tur­
ish maqsadida zaxi kam qochirilgan, juda kam qochirilgan va sizot 
suvining oqimi yo‘q uchastkalarda sun’iy zovur quriladi.
Zovurlaming gorizontal, tik va kombinatsion xillari bor. Sug‘oriladigan 
yerlaming butun foydalanish davrida ishlaydigan doimiy va kuchli 
sho‘rlangan yerlaming sho'rini biryo'la yuvish vaqtida doimiy zovur 
bilan birgalikda bir-ikki yil mobaynida foydalaniladigan muvaqqat- 
vaqtinchalik zovurlar quriladi.
Zovur qurilgan sharoitda sug‘oriladigan yerlardan sizot suvlari 
sathi rejimini va minerallashuvini rostlash hamda tuproq sho‘ri bar- 
qaror ketkazilishini ta ’minlash mumkin.
Gorizontal zovur tarmog‘i zovurlar va gidrotexnika inshooti bor 
kollektorlardan iborat bo‘lib, bularning vazifasi ortiqcha sizot suvlari- 
ni sug‘oriladigan maydon chegarasidan sun’iy ravishda olib ketishdir. 
Gorizontal zovurlar ochiq yoki yopiq bo‘ladi.
Amalda 2,5-3,5 metrli chuqur zovurlar 1,2 metrli sayoz zovurlarga 
nisbatan samarali bo'ladi.
Gorizontal yopiq zovur qurilishida tuproq qatlami, sizot suvlarining 
haqiqiy chuqurligi, tuproqning suv-fizik xossalari, talab etilayotgan 
zax qochirish m e’yori, zovur o ‘lchaini, zovurlar orasidagi masofa
zovur tubining eni, qiyalik hosil qilish kattaligi, quvurlar diametri 
kabi ko‘plab holatlar va o ‘lchamlar hisobga olinadi. Yopiq gorizontal 
zovurlar quvurining suv kiradigan teshiklari quvuming hamma yuziga 
nisbatan 0,3-0,5% ni tashkil qilishi kerak. Sizot suvlar zovur tubiga 
qurilgan quvurlaming teshigidan sizib kiradi va nishabi olingan to- 
monga yo‘naiadi. Yopiq zovuming ochiq zovurdan afzalligi shundaki, 
yopiq zovur qurilganda, yerdan to'liq foydalaniladi.
Sug‘oriladigan yerlarda tik zovur qurish yuqori samaralar beradi. 
Tik zovur qurishda diametri 25-30 sm bo‘lgan po‘lat trubadan foydala-
75


niladi. Truba yaxlit va teshikli qismlardan iborat bo‘ladi. Trubaning teshikli 
qismi shag‘al to ‘kilgan qismi bilan birga suzg'ichni hosil qiladi. Yerosti 
suvlari chuqurlikda o‘matilgan elektr nasoslari bilan tortib olinadi. Tik 
zovur texnik jihatdan takomillashtirilgan zovurlar xiliga kiradi, u 
sho‘rlangan tuproqlardan tuz ketkazilishini tezlashtirish, bosimli yerosti 
suvlari bor zonalarda sizot suvlarini chuchuklashtirishni ta’minlaydi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling