Texnologiyasi


Sug‘orishni ekinlarga ishlov berish bilan bog ‘lab olib borish


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Sug‘orishni ekinlarga ishlov berish bilan bog ‘lab olib borish.
Qa­
to r oralari kultivatsiya qilinib, tuproq yumshatiladigan ekinlarni 
o'stirishda suvdan tejab-tergab, isrof qilmasdan foydalanish mumkin. 
G ‘o ‘za, qand lavlagi, makkajo'xori, kanop, kartoshka kabi qator 
ekinlar sug‘orilgandan so‘ng «yetilishi» bilan obi-tobida qator oralari 
kultivatsiya qilinib yumshatilishi muhim agrotexnik tadbir hisobla­
nadi. Bunday qilinganda, suv tejaladi, o ‘simlik ildiziga havo, issiqlik 
boradi, natijada o ‘sish va rivojlanish m e’yorida o ‘tadi, o'simlikning 
oziqlanish rejimi yaxshilanib ekin hosildorligi 60% gacha ortadi. Shu 
bilan bir qatorda, suvdan so‘ng kultivatsiya o‘tkazilganda, tuproq 
yuzasidan bug'lanish kamayadi, tuzning kapillar bo‘ylab yuqoriga 
ko'tarilishi sekinlashadi. Agar suvdan keyin tuproq ishlanmasa yoki 
ishlov berish kech o ‘tkazilsa, foyda o ‘miga zarar keltirishi mumkin. 
Bunday sharoitda tuproq yuzasidan namlik intensiv bug'lanadi. Bu 
bilan sug‘orish davri qisqaradi, o ‘z navbatida, q o ‘shim cha suv 
sarflash talab qilinadi.
Sug'orilgan maydonga qancha tez ishlov berilsa, tuproqdagi nam 
shuncha yaxshi saqlanib qoladi va g‘o‘za hamda boshqa chopiq qilinadi- 
gan ekinlar uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Kuzgi-qishki va erta bahor davrlarida suvdan foydalanish rejasi 
bug'doy, а ф а va boshqa kuzgi don ekinlari, beda, ildiz mevali 
o‘simliklarni sug‘orish, sho‘rlangan yerlaming sho‘rini yuvish, bog‘lar, 
tokzorlar, tomorqalami sug‘orishni qamrab oladi. Kuzgi-qishki va erta 
bahor davrlari uchun reja tuzish tartibi vegetatsiya davri uchun ham 
reja tuzishning aynan o ‘zidir. Biroq yeming sho‘rini yuvish maqsadida 
sug‘orish davrlarida sug‘orish tarmog‘i va inshootlar sho‘r yuvish 
muddati qisqa (20-30 kungacha) bo‘lganligi uchun maksimal o‘tkazish 
qobiliyati bilan zo‘riqib ishlaydi, chunki sho‘rlangan yerlami yuvish 
muddatlarini sovuq tushib qolganligi uchun kuzda, ekin muddatlari 
yaqin bo‘lganligi sababli bahorda qisqartirishga to'g'ri keladi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling