Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Nazorat savollari
1. G 'o 'z a o'simligining xavfli zararkunanda va kasalliklarini ayting.
142


2. Zararkunanda va kasallik bilan zararlangan g‘o ‘za o ‘simligida qan­
day holatlar yuz beradi?
3. So‘ruvchi, kemiruvchi hasharotlarga qarshi qanday kurashiladi?
4. G om m oz kasalligi va unga qarshi kurash choralari qanday?
5. G ‘o ‘za ko‘sagi va tolasi ham kasallanadimi?
6. Biologik kurash choralarining iqtisodiy va ekologik afzalligini b i­
lasizmi?
7. Qanday foydali hasharotlar laboratoriya sharoitida tayyorlanadi?
8. Trixogramma va gabrobrakonlar g‘o ‘za o ‘simligining qaysi hasharot- 
lariga qarshi qo‘yiladi?
9. Foydali hasharotlarning afzalliklari nitnada?
42-§. G‘o ‘zani defoliatsiya, desikatsiya qilish va uning ahamiyati
Paxtasi m ashinada teriladigan m aydonlar chigit ekish davridayoq 
belgilab q o ‘yiladi. K o‘chatni tekislash, qator oralariga ishlov berish 
ishlari m ashina terimiga bop qilib sifatli, yuqori agrotexnika asosida 
o'tkaziladi. Bunday sharoitda g‘o ‘zalam i bir tekisda o'stirish muhim
ahamiyat kasb etadi.
G ‘o ‘zani chilpish inexanizm yordamida o ‘tkazilganda esa, g‘o ‘zalar 
m ashina terimiga yanada moslashib qoladi, g'o 'za qator oralarida bego­
na o ‘tlar m utlaqo bo'lmasligi kerak.
Paxtani m ashinada terish uchun g‘o ‘za barglari defoliatsiya qilib 
to'ktirilishi zarur. G ‘o 'za bargini kimyoviy preparatlar bilan dorilab
to'ktirishga defoliatsiya, o ‘sim!ikni tupi bilan quritishga desikatsiya 
deyiladi.
G ‘o ‘za barglarini to ‘ktirilishi bilan ko'saklar tezroq ochiladi, paxta- 
lar ertaroq mashinalarda terib olinadi va paxta yuqori sortlarga sotiladi.
Defoliatsiya va desikatsiya qilish uchun ruxsat etilgan preparat- 
lardan foydalaniladi.
Masalan: magniy xlorat [M g(C 103)2 x 6H 20 ] oq rangli, kristall 
m odda, tarkibida 58-66% ta ’sir etuvchi moddasi bor. Suvda yaxshi 
eriydi. Namni o'ziga tortadi. Ushbu dorini suvda eritib g‘o ‘zaga purkaladi. 
H am defoliant, ham desikant uchun foydalaniladi.
Kalsiy xlorat-xlorid [Са(СЛ03)2 + C u C l2] - och sarg'ish rang­
da, suyuqlik. Tarkibida 30-32% kalsiy xlorat va 28-29% kalsiy xlorid 
bor. Suvdan 2 m arta og‘ir, suvda yaxshi eriydi, o ‘ziga nam tortadi.
143


Dropp Ultra nomli yangi preparatdan gektariga 0,61 dan 0,81 gacha 
ishlatiladi. Bunda barglar qurimaydi, yashil holda to ‘kiladi, paxta rangi 
o ‘zgarmaydi, qayta dori purkalmaydi, ko'saklar qurimaydi, hasharot­
lar ( ko'sak qurti, shira kabilar) ga ozuqa yetishmay qiron keladi, kel- 
gusi yilga ham zararkunanda kamayadi. Suvda eritib ishlatiladi.
G 'o 'zag a purkash uchun eritm a tayyorlash
D efoliant tayyorlashda m e’yor oz b o is a , g 'o 'z a barglari to 'liq
to 'k ilm ay d i, m e ’yori k o'paysa, g 'o 'z a tu p in i kuydirib yuboradi. 
Shuning uchu n g 'o 'zan in g rivojlanish bo'yi, tu proq, iqlim sharoitiga 
qarab quyidagi m e ’yorda eritm a tayyorlanishi tavsiya etiladi:
Past bo'yli g'o 'zalam i defoliatsiya qilishda bir gektar yerga o'rtacha
10 kg magniy xlorat, 26 kg kalsiy xlorat-xlorid, o 'rta bo'yli g'o'zalar 
uchun 12 kg magniy xlorat va 30 kg kalsiy xlorat-xlorid sarflanadi. 
Havo sovib ketsa, defoliantlar miqdori 10-20% ga oshiriladi.
Ingichka tola g 'o'zalar uchun 14-15 kg va 28-30 kg m iqdorida d e­
foliantlar ishlatiladi.
Birinchi defoliatsiyada g'o'za bargining 70% dan kam qismi to'kilsa, 
6-7 kun o'tkazib qayta defoliatsiya qilinadi. Agar kalsiy xlorat-xlorid 
dorisi bilan birinchi m arta defoliatsiya qilingan b o is a , takroriy defoli­
atsiyada magniy-xloratdan foydalanish mumkin. Birinchi defoliatsiya 
magniy xlorat bilan qilingan b o is a , takroriyda faqat magniy xlorat- 
dan foydalanish kerak. Bunda dori miqdori biroz oshiriladi.
G 'o 'z a n i defoliatsiya qilishda magniy xloratdan gektar bosliiga 25- 
30 kg sarflanadi.
Purkash oldidan q o 'r eritma tayyorlanadi, buning uchun traktor 
rezervuariga 50 kg magniy xlorat solinadi va 100 1 bo'lguncha suv 
quyiladi, yaxshilab aralashtiriladi. Shunda 50% li eritma tayyor bo'ladi. 
Ishlatiladigan suyuqlik tayyorlash uchun har bir gektarga ikki barobar 
ko'p q o 'r eritma sarflanadi. Masalan, gektariga 8 kg texnik preparat 
talab etilsa, unda 16 1 q o 'r eritma ishlatiladi. G 'o 'z a holatiga qarab gek­
tariga 100 dan 300 1 gacha suyuqlik ishlatiladi.
Katta g'o'za maydonlarida defoliatsiya va desikatsiya ishlari samolyot- 
lar yordamida bajarilsa, samarali bo'ladi.
A holi yashash joylariga yaqin dalalarda, albatta, trak to rlarg a 
OVX-14, OVX-14M m ashinalari osilib, dori purkash ishlari amalga 
oshirilishi kerak. Bunda bir martadayoq g 'o 'za barglari to 'liq to'kiladi.
144


Defoliatsiya, desikatsiyada kimyoviy dorilar ishlatiladi, shuning 
uchun bunda ishtirok etuvchilarga alohida mehnat muhofazasi, dorilar- 
ni ishlatishda ehtiyot choralarini ko‘rish haqida tushu ntirish o'tkaziladi, 
ish davomida maxsus kiyimlar, sut va sut mahsulotlari bilan ta’minlanishi 
kerak. M utaxassislar o ‘z vaqtida tegishli ko‘rgazma va tavsiyalar berish 
bilan ishning borishini nazorat qilib turishlari shart. Ishlovchilar tibbiy 
ko‘rikdan o'tib, toza suvda yuvinib turishlari kerak.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling