Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Gabrobrakon. K o'sak qurtining turli xil rivojlanish bosqichlarida 
unga qarshi kurashishda gabrobrakon samarali parazitlardan hisobla­
nadi. G abrobrakonning faqat lichinkalarigina parazit holda hayot 
kechiradi.
G abrobrakon vegetatsiya davrida turli joylarda tarqalgan bo'lib, bu 
tabiatdagi zararkunandalaming inavjudligiga bog'liq bo'ladi. U 6-7 tagacha 
nasi berib, rivojlanadi. Kuzgi sovuq tushishi, ya’ni oktabr oyining 
boshlarida qishlovga ketadi.
Hozirda gabrobrakonning laboratoriya sharoitida un kuyasi qurt- 
larida ommaviy ko'paytirish va ulardan mavsumiy foydalanish usul­
lari ishlab chiqilgan. Masalan, ko'sak qurti g'o'za mevalarini zararlayot- 
gani aniqlanganda gabrobrakon unga qaram a-qarshi qo'yiladi. Jum - 
ladan, har qaysi urg'ochi parazit (gabrobrakon) ni 10-15 ta zararkunanda 
(ko'sak qurti) ga qo'llash samarali bo'ladi. G abrobrakon g 'o 'z a may- 
donlariga qo'yilganda ko'sak qurtlariga o'm ashib shikastlaydi, natijada 
ko'sak qurti nobud bo'ladi. G abrobrakonni zararkunandaga qarshi ikki 
m arta qo'yish kerak bo'ladi.
141


Zararkunandani kasallantirish
So‘nggi davrlarda g‘o ‘za zararkunandalariga qarshi uning kasalliklaridan 
foydalanilmoqda. Bunda g‘o ‘zaga zarar yetkazuvchi karadrina va ko'sak 
qurtiga qarshi m arkazlashgan tartibda tayyorlangan m ikrobiologik 
preparat - dendrobatsilin ishlatiladi. D endrobatsilin zam burug4 spo- 
rasi bo‘lib, u g‘o ‘zaga sepiladi. Spora hasharot ichiga kirgach, tez rivojlana 
boshlaydi, hasharot kasallanadi va nobud bo'ladi.
H ar gektar yerga 2 kg dan dendrabatsilin 0,5 kg xlorofos yoki 
fazalon dorisiga aralashtirilib sepiladi, shunda ko'sak qurti bilan karadrina 
qirilib ketadi.
G 'o 'zan in g k o 'p tarqalgan kasalhgi bo'lgan viltga qarshi ham b i­
ologik usulni qo'llash tavsiya etiladi. Bunda vilt zam burug'in ing tabiiy 
kushandasi trixoderm a zam burug'idan foydalaniladi. H ozirda trixo- 
derma zam burug'i laboratoriya sharoitida ko'paytirilyapti va g 'o 'z a ka- 
salliklarini yo'qotishda qo'llanilyapti.
Trixoderm a zam burug'i kompostga aralashtirib, yerga solinadi. 
Buning uchun go'ng bilan tuproq aralashtirilib, kom post tayyorla­
nadi. K om post kuzda, yer haydovi oldidan yerga solinadi. Xuddi shu 
paytda kompostga trixoderma aralashtiriladi. Bunda 30 tonna kompostga 
4-4,5 kg trixoderm a sporasi aralashtiriladi va dalaga sepiladi, bunda 
g 'o 'zan in g vilt kasalligi bilan zararlanishi keskin kamayadi.
Bitoksibatsilin - mikrobiologik preparat hisoblanib, ko'sak qurtiga 
qarshi kurashda biologik usul sifatida ishlatiladi. Bitoksibatsilin preparati 
suspenziya holida ertalabki soatlarda gektariga 3-4 kg m e’yorda purkaladi.
D em ak, g 'o 'z a zararkunandalariga qarshi biologik kurash usulini 
qo'llash natijasida atrof-m uhitni zaharli ximikatlardan muhofaza qilish 
va tabiatni asrab-avaylash mumkin.
Agar biologik kurash uchun zararkunandalaming kushandasi hisob- 
langan yirtqich va parazit hasharotlar hozirgidan bir necha barobar 
k o'p tayyorlansa, asosiy ekinlam i zararkunandalardan saqlab qolish 
bilan bir qatorda shaxsiy tom orqa xo'jaliklarida ham k o 'proq va sifatli- 
roq m ahsulot yetishtirsh imkoniyati yaratilar edi.
Biologik m ahsulotlar tayyorlash ishini keng ko'lam da rivojlanti­
rish payti yetib keldi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling