Tez-tez kasal bo’luvchi bolalar soni


SOMATOMETRIK KO’RSATKICHLARNI ANIQLASH


Download 82.5 Kb.
bet4/5
Sana18.11.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1784658
1   2   3   4   5
Bog'liq
1mavzu

SOMATOMETRIK KO’RSATKICHLARNI ANIQLASH
Somatometriya - tana uzunliklari, diametrlari, aylanalar va tana og’irligini o’lchashdan iboratdir. Uzunliklarni o’lchash: tana uzunligi (tik holda) organizmdagi plastik jarayonlar holati bilan tavsiflanadi va yog’och bo’y o’lchagich yoki metall antropometr yordamida o’lchanadi. Yog’och bo’y o’lchagich 2 metrli yog’och ustundan iborat bo’lib, keng platformaga mahkamlangan. Yog’och ustun bo’yicha mufta bilan planshyotka harakatlanadi. Ustunning ikki yon tomonidan santimetrlarga bo’lingan: bir tomonidan hisoblash platformadan boshlansa, ikkinchi tomonida o’tirg’ichdan boshlanadi. Bo’y o’lchagich maydonida o’tirgan holda bo’yini o’lchash uchun ochiladigan o’tirg’ich o’rnatilgan. O’tirg’ich balandligi bolalar uchun 25 santimetr, kattalar uchun 35-40 santimetrli bo’lishi kerak.Tekshiriluvchining turgan holatda bo’yini aniqlash uchun platformaga yelkasi bilan turg’aziladi. Tekshiriluvchi qaddi-qomatni tik, yelkalarni to’g’ri tutib, qo’llarni tanasi bo’ylab cho’zgan holatda oyoqlarni birlashtirib turadi.Bunda tekshiriluvchining tovoni, dumbasi va kuraklararo qismi bo’y o’lchagichni vertikal taxtasiga tegib turishi kerak. Boshini shunday to’tish kerakki bunda ko’zning pastki burchagi bilan quloqning yuqori burchagidan o’tgan chiziq bir gorizontal tekislikda yotsin.
Bo’y o’lchagichning siljuvchi taxtasi shu turgan holatda boshning eng yuqori sagital chizig’igacha suriladi. Bo’y o’lchash platformaning vertikal taxtasi bo’yicha olib boriladi. O’lchash aniqligi 0,5 santimetr. Ikki yoshgacha bo’lgan bolalar tana uzunligini o’lchashga moslashtirilgan bo’y o’lchagich 100-120 santimetrli yog’och doskadan iborat bo’lib, ikkita planshyotkaga ega. Ulardan biri (siljimaydigan) bola kallasini ushlab turish uchun xizmat qiladi, ikkinchisi bola oyoqlariga keltiriladi. O’lchash vaqti bola yelkalari bo’y o’lchagich doskasiga to’g’rilanadi, oyoqlari oldinga uzatiladi, tovoni to’g’ri burchak ostida bukiladi, bosh ko’zning tashqi burchagi va quloqning yuqori burchagi bir vertikal chiziqda joylashtiriladi. Doska yonida shtrixlangan lineykasi bor. Yog’och bo’y o’lchagich bilan o’tirgan vaqt turgan holatda tana uzunligi o’lchanadi.
Antropometr bilan tananing turli uzunliklari o’lchanadi. Antropometr bir xil uzunlikdagi 4 ta metall shtangalardan iborat. Antropometrni umumiy uzunligi 2 metr. Yuqori shtanga oxiriga harakatsiz mufta qotirilgan, unga lineyka qo’yiladi. Ikkinchi mufta antropometrning butun uzunligi bo’yicha siljib yuradi, unga ham lineyka biriktirilgan. Antropometrning butun uzunligi 1mm li bo’lakchalardan iborat shkalalardan tashkil topgan. Bu pastdan yuqoriga qarab o’lchanadi. Bosh tomondan yuqoridan pastga o’lchanadigan 100 sm li shkalasi bor.
Tekshiriluvchi odam antropometrda yuzi bilan chiroqqa qarab to’g’ri turadi. Tekshiruvchi tekshiriluvchining o’ng tomonida turib antropometrning o’ng qo’li bilan, to’rtta barmog’i orqali shtangani, bitta barmog’i bilan harakatlanuvchi muftani pastdan ushlaydi. Antropometr tekshiriluvchini oldi tomonidan vertikal holda joylashtiriladi. Tekshiruvchi tekshiriluvchining boshini chap qo’li bilan to’g’ri holatda ushlab, o’ng qo’lini bir barmog’i bilan gorizontal lineykani muftasini boshning yuqori nuqtasiga siljitadi.
O’lchash natijalari yuqoridan pastga harakatlanuvchi muftani shkalalari bilan aniqlanadi. O’lchash aniqligi 1mm
O’tirgan holatdagi tana uzunligi - tana proporsiyalarini bir-biriga mo’tanosibligini ko’rsatadi. O’tirgan holatda tana uzunligini o’lchashda tekshiriluvchining kuraklararo sohasi bilan dumg’azasi bo’y o’lchagichning vertikal taxtasiga tegib turishi kerak. Oyoqlar birlashtirilib tizza BO’G’imlari to’g’ri burchak ostida bukiladi, qo’llar ikki tomonga tushiriladi. Harakatlantiruvchi o’lchov taxtasi boshning yuqori nuqtasiga tushiriladi. O’tirgan holatda tana uzunligini antropometrda o’lchash ham xuddi shu tartibda o’lchanadi. Antropometr kursisiga tekshiriluvchining orqa tomonidan mustahkamlanadi. Chap tomonda turgan tekshiruvchi o’lchash taxtachani tekshiriluvchi boshining yuqori nuqtasiga tekkunicha tushiradi va o’lchab oladi.Antropometr yordamida o’tirgan va turgan holatdagi tana uzunliklaridan tashqari qo’l, oyoq, va tana uzunliklarini va bundan tashqari qo’l va oyoqning alohida qismlari uzunliklarini o’lchash mumkin. Bu uzunliklarni o’lchash uchun asosiy antropometrik nuqtalarni tanada joylashishini bilish kerak. Istalgan uzunlikni o’lchash uchun yuqori va pastki antropometrik nuqtalarni bilish zarur. Antropometrik nuqtalarni balandligini aniqlash uchun tekshirilayotgan odam yuzi bilan yorug’likka qarab tik holda turishi kerak. Antropometr tekshirilayotgan odamning oldiga o’rnatiladi . Chap qo’l bilan kerak bo’lgan antropometrik nuqtani topiladi, uni ikkinchi barmoq bilan fiksatsiya (qotirilib) qilib, gorizontal lineyka yordamida uning poldan qancha baland turganligi aniqlanadi. Juft nuqtalar o’ng tomonda o’lchanadi. O’lchashni yuqoridan boshlash kerak. Antropometrni shunday o’zgartirish kerakki, bunda uning o’qi sagital yoki frontal tekislikda bo’lishi kerak. Ketma - ket ravishda quyidagi nuqtalarning balandligi o’lchanadi.
1. Cho’qqi nuqta;
2. Ko’krakning yuqori nuqtasi;
3. Qov nuqtasi;
4. Yelka nuqtasi;
5. Tirsak;
6. Bigizsimon;
7. Barmoq;
8. Son suyagi boshchasi;
9. Son suyagi yuqori nuqtasi;
10. Son suyagi pastki nuqtasi.
Tana uzunligi poldan ko’krakning yuqorisigacha bo’lgan (r.suprastemale) uzunlikdan qov nuqtasigacha (r. symphysion) bo’lgan uzunlikning ayirmasiga teng. Buning uchun antropometr lineykasining o’tkir qirrasi to’sh suyagining o’rta chizig’ining eng yuqori nuqtasi bo’lgan yoysimon chuqurchaga qo’yiladi, keyin chanoq suyagi birlashgan joyning yuqori tomoniga qo’yiladi.Qo’llarning uzunligini o’lchash uchun yelkaning yuqori nuqtasi bo’lgan akromial o’simtaga qo’yiladi (r.asgomіon), so’ng barmoqlarning uchidagi nuqtaga (r. dactylion) lineyka qo’yiladi (Sh-barmoq). Shuni esda to’tish kerakki, yelka nuqtasini topish uchun osilib turgan qo’lni aylanma harakatga keltirish kerak, shunda yelka nuqtasi harakatsiz holda bo’ladi.Yelka uzunligi yelka nuqtasi (r.asgomіon) bilan tirsak nuqtasi (r. radiale) oralig’idagi masofaga tengdir, tirsak nuqtasi tirsak suyagining bo’g’im yuzasi qirrasida aniqlanadi, uni bilish punkti «go’zallik chuqurchasi» tirsak buqilishda aniqlanadi, uning tubida qo’l osiltirilganda, tirsak boshchasining chekkasini paypaslab topish mumkin. Bilaklar uzunligi tirsak (r. stylion radiale) va radial nuqtalar orasidagi masofalar bilan belgilanadi.Bigizsimon nuqta bigizsimon qsimtaning pastki chekkasiga to’g’ri keladi, anatomik tobakokorqaning proksimal qismidan qidiriladi. Barmoqlarning uzunligi bigizsimon nuqtadan barmoqlar uchidagi nuqtagacha bo’lgan masofa hisoblanadi. Oyoqlarning uzunligi son suyagining yuqori bosh suyagidan pastki nuqtasigacha (r. trochanterion) o’lchanadi. Boldirning uzunligi tizza suyagining yuqori nuqtasidan pastki (r. tibiale mediale) nuqtasigacha bo’lgan masofa. Oyoq osti uzunligi tovon suyagini orqa nuqtasini (r. pternion) tirnoq falangasining eng uchki nuqtasigacha (r. acropodion) bo’lgan masofaning uzunligi hisoblanadi.
Diametrlarni o’lchash - diametrlarni o’lchashda katta va kichik sirkullardan foydalaniladi. Sirkul ikki oyoqchadan va unga biriktirilgan yoysimon yoki to’g’ri lineykadan iborat. Kichik o’lchov sirkuli ham xuddi shunday tuzilgan. Sirqo’lning birinchi oyoqchasi xuddi ruchkani ushlagandek I va II barmoqlar ushlanadi va antropometrik nuqtaga qo’yiladi. Sirqo’lning ikkinchi oyoqchasi ikkinchi antropometrik nuqtaga qo’yilib o’lchami aniqlanadi.
Bosh diametri - orqa va ko’ndalang diametrlari - kichik sirkul yordamida o’lchanadi. Boshning orqa oldi diametri o’lchanayotganda bolaga nisbatan chap tomonda turiladi, chap qo’l bilan sirqo’lning bir oyoqchasini glabellaga qo’yadi. Glabella (r. glabella) sagital chiziq bilan qoshlar yoyi yuqori qismini to’tashtiruvchi chiziq kesishgan nuqtada joylashgan ko’zning pastki qirg’og’i bilan quloqning yuqori qirg’og’i bir gorizontal tekislikda yotgan holatda ensaning eng baland nuqtasi aniqlab olinadi (r. opisthokranion). Shundan keyin aniqlab olingan ikki antropometrik nuqtalar (glabella va ensa nuqtasi) aro masofa boshning orqa oldi diametriga teng bo’ladi. Boshning kundalang diametri o’lchanayotganda tekshiruvchi tekshiriluvchining orqa tomonidan turib sirqo’lning oyoqchalarini simmetrik ravishda quloq suprasidan 1,5-2 sm balandlikda qo’yib, kattaligi aniqlanadi.
Ko’krak diametrlari - oldi, orqa va ko’ndalangiga o’lchanayotganda tekshiruvchi bolaning yonidan turib yo’g’on sirkul yordamida o’lchanadi. Bunda sirqo’lning bir oyoqchasi ko’krakning o’rta nuqtasiga qo’yiladi, ikkinchi oyoqchasi esa umurtqa pog’onasining xuddi o’sha balandlikda joylashgan nuqtasiga qo’yiladi. Ko’krakning o’rta nuqtasi to’shning o’rta chizig’ining IV qovurg’a balandligida joylashgan (r. mesosternale). Ko’ndalang ko’krak diametri o’lchanganda sirqo’lning oyoqchalari o’rta qo’ltiq osti chizig’ining o’rta ko’krak nuqtasi balandligiga qo’yilib, kattaligi aniqlanadi. Yelka diametri katta yo’g’on sirkul yordamida o’lchanadi. Bunda tekshiruvchi bolaning old tomonida turib sirkul oyoqchalarini yelka nuqtalariga qo’yadi va kattaligini o’lchaydi. Vertel diametri ham yo’g’on sirkul yordamida o’lchanadi, bunda sirkul oyoqchalari vertel nuqtalariga qo’yiladi va kattaligi aniqlanadi.
Aylanalarni o’lchash. Bosh, ko’krak, yelka, son, tizza aylanalari temir ruletka (1m) yoki rezinali santimetrli lenta (1,5m) bilan o’lchanadi. Ruletka prujinali mexanizm bilan ensa nuqtasi ustidan o’tadi.
Ko’krak aylanasi kattaligi jismoniy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. U tana hamma ko’krak, bel mushaklari rivojlanganligi, shuningdek Diametrlarni o’lchash - diametrlarni o’lchashda katta va kichik sirkullardan foydalaniladi. Sirkul ikki oyoqchadan va unga biriktirilgan yoysimon yoki to’g’ri lineykadan iborat. Kichik o’lchov sirkuli ham xuddi shunday tuzilgan. Sirqo’lning birinchi oyoqchasi xuddi ruchkani ushlagandek I va II barmoqlar ushlanadi va antropometrik nuqtaga qo’yiladi. Sirqo’lning ikkinchi oyoqchasi ikkinchi antropometrik nuqtaga qo’yilib o’lchami aniqlanadi.
Bosh diametri - orqa va ko’ndalang diametrlari - kichik sirkul yordamida o’lchanadi. Boshning orqa oldi diametri o’lchanayotganda bolaga nisbatan chap tomonda turiladi, chap qo’l bilan sirqo’lning bir oyoqchasini glabellaga qo’yadi. Glabella (r. glabella) sagital chiziq bilan qoshlar yoyi yuqori qismini to’tashtiruvchi chiziq kesishgan nuqtada joylashgan ko’zning pastki qirg’og’i bilan quloqning yuqori qirg’og’i bir gorizontal tekislikda yotgan holatda ensaning eng baland nuqtasi aniqlab olinadi (r. opisthokranion). Shundan keyin aniqlab olingan ikki antropometrik nuqtalar (glabella va ensa nuqtasi) aro masofa boshning orqa oldi diametriga teng bo’ladi. Boshning kundalang diametri o’lchanayotganda tekshiruvchi tekshiriluvchining orqa tomonidan turib sirqo’lning oyoqchalarini simmetrik ravishda quloq suprasidan 1,5-2 sm balandlikda qo’yib, kattaligi aniqlanadi.
Ko’krak diametrlari - oldi, orqa va ko’ndalangiga o’lchanayotganda tekshiruvchi bolaning yonidan turib yo’g’on sirkul yordamida o’lchanadi. Bunda sirqo’lning bir oyoqchasi ko’krakning o’rta nuqtasiga qo’yiladi, ikkinchi oyoqchasi esa umurtqa pog’onasining xuddi o’sha balandlikda joylashgan nuqtasiga qo’yiladi. Ko’krakning o’rta nuqtasi to’shning o’rta chizig’ining IV qovurg’a balandligida joylashgan (r. mesosternale). Ko’ndalang ko’krak diametri o’lchanganda sirqo’lning oyoqchalari o’rta qo’ltiq osti chizig’ining o’rta ko’krak nuqtasi balandligiga qo’yilib, kattaligi aniqlanadi. Yelka diametri katta yo’g’on sirkul yordamida o’lchanadi. Bunda tekshiruvchi bolaning old tomonida turib sirkul oyoqchalarini yelka nuqtalariga qo’yadi va kattaligini o’lchaydi. Vertel diametri ham yo’g’on sirkul yordamida o’lchanadi, bunda sirkul oyoqchalari vertel nuqtalariga qo’yiladi va kattaligi aniqlanadi.
Aylanalarni o’lchash. Bosh, ko’krak, yelka, son, tizza aylanalari temir ruletka (1m) yoki rezinali santimetrli lenta (1,5m) bilan o’lchanadi. Ruletka prujinali mexanizm bilan ensa nuqtasi ustidan o’tadi.
Ko’krak aylanasi kattaligi jismoniy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. U tana hamma ko’krak, bel mushaklari rivojlanganligi, shuningdek nafas olish tizimi holatiga bog’liq. Ko’krak aylanasi yyengil nafas, chuqur nafas olishda va nafas chiqarishda o’lchanadi. Lenta orqadan kurakning pastki burchagi (qo’llar cho’zilgan holatda, keyin qo’llar tushiriladi, lenta ko’krak burchagi sohasida yotadi). Oldinda lenta o’rta ko’krak nuqtasi orqali yotadi. Lenta qimirlamasligi, ko’krak qafasida yaxshi harakat qilishi kerak . Ko’krak aylanasi birinchi tinch holatda o’lchanadi. Bu paytda bola e'tiborini har xil gaplar bilan chalg’itish kerak.
Keyinchalik ko’krak aylanasi chuqur nafas olganda va chuqur nafas chiqarganda aniqlanadi. Uchta aniqlash usuli ham bitta lenta qo’yilgan paytda ketma-ket o’tkaziladi. O’lchash aniqligi 0,5 sm. Ko’krak aylanasining chuqur nafas olgandagi va chuqur nafas chiqargandagi farqi ko’krak qafasi ekskursiyasini bildiradi.
Yelka aylanasi mushaklar bo’shashganda va mushaklarning maksimal yo’qlama paytida o’lchanadi. Lenta o’ng qo’lining ikkiboshli mo’shagining kengaygan qismiga qo’yiladi. Oldin mushaklar bo’shashgan va qo’l tushirgan holda o’lchanadi, keyin tirsak suyagining egilgan va mushaklarning maksimal yo’qlama berilganda o’lchanadi. Ikki o’lcham farqi mushaklarning rivojlanganligini bildiradi.
Son aylanasi - eng katta joyidan o’lchanadi . Buni o’lchash boldirni o’lchash bilan bir xil . O’lchash tartibi: Tana og’irligi suyak va mushak apparatlarining rivojlanganligi bilan tasvirlanadi. O’lchash tibbiy tarozining Ferbenks tipidagi turida olib boriladi. O’lchashdan oldin tarozi to’g’rilanadi. O’lchashda tekshirilayotgan odam tarozining o’rtasida erkin holdaa turadi. Tarozining o’lchash toshini siljitish natijasida muvozanat hosil qilinadi. O’lchash aniqligi 50gr. Yosh bolalar o’tirgan yoki yotgan holda o’lchanadi.
Barcha gigiyenik me'yorlar va sog’lomlashtiruvchi ishlarni tashkillashtirishda o’sib, rivojlanayotgan bolalar organizmining morfologik, funksional, psixologik holatining o’ziga xosligi asos qlib olinadi.
Bolalar va o’smirlar gigiyenasi shifokorining vazifasi uyushgan bolalar jamoasidagi bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini tekshirish ustidan nazorat qilish va ma'lumotlar yig’ishdan iborat. Respublika, viloyat, shahar tuman sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, ilmiy-tekshirish institutlari, tibbiyot institutlarining bolalar va o’smirlar gigiyenasi kafedralari bilan birgalikda bolalar va o’smirlar qontingentlari jismoniy rivojlanishni dinamik ravishda kuzatib boradilar.Bolalar orasidagi jismoniy rivojlanganlikni tekshirishni tashkil ztish va uslubiy metodik boshqarishda BO’G shifokori jismoniy rivojlanishni tekshirish usullari va baholashni mukammal ravishda bilishi kerak.

Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling