Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


Olingan natijaylarni rasmiylashtirish


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

Olingan natijaylarni rasmiylashtirish. Daftaringizga o‘t kislotaning nomini,
bajaradigan vazifasini hamda reaksiya natijasini yozing.
Letsetinni ajrtish usuli va tarkibiy qismlarga sifat reaksiyalar jadvalga muvofiq
rasmiylashtiriladi.
53-jadval
Gidroliz mahsulotlari
Ishlatilgan reaktivlar
Reaksiya mahsuloti
Reaksiyaning asosi
95-ish. MIYA XOLESTERININI AJRATISH VA UNGA SIFAT
REAKSIYALARI O‘TKAZISH
Vazni 70 kg bo‘gan odam organizmida 140 g xolesterin bo‘ladi, ya’ni y 0,2%
ni tashkil qiladi. Xolesterin hujayra va to‘qimalarning muhim tarkibiy qismidir.
To‘qimalarda erkin xolesterin va uning yog‘ kislotalar bilan hosil qilgan efirlar –
oleilxolesterin uchraydi. Bir kunda odam oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘rtacha 0,4-
0,5 g xolesterin iste’mol qiladi. Ammo xolesterinning ko‘proq qismi organizmda
sitezlanadi (kuniga 0,7- 1,0 g). Ayniqsa miya to‘qimalar xolesteringa boy bo‘ladi.
Xolesterin asosan hujayra membranasi tarkibiga kiradi va membrananing qattiq
yumshoqligini ta’minlaydi. Hujayra membranalarning organik eritmalar bilan ishlov
berilishi natijasida xolesterin eritmaga o‘tadi, ya’ni ekstraksiyanalanadi. Xolesterin
aniqlash uchun konsentralangan sulfat kislotadan foydalaniladi, ya’ni ularni
to‘yinmagan uglevodorodlarga aylantiriladi. Hosilalar sulfat kilsota va sirka angidrid
bilan rangli birikma hosil qiladi.
Tekshiruluvchi material: miya to‘qimasi.
Reaktivlar: mis (II) sulfat tuzi, xloroform, konsentrlangan sulfat kislota, konsentralangan sirka
kislota, sirka angidridi.


116
Kerakli anjomlar: quruq probirklar va shtativlar, voronkalar, pipetkalar, shisha tayoqchalar, shisha
oynachalar, filtrlar, skalpel, filtrlar.
Bajariladigan ish tartibi. 1g miya to‘qimasi 2-3 g mis (II) sulfat bilan chinni
xovonchada quyuq qiyma hosil bo‘lguncha eziladi. Hosil bo‘lgan qiyma skalpel
yordamida shisha oynacha ustiga ingichka qatlam qilib yoyiladiva 60°C da quritiladi.
Shisha oynacha alangandan ancha yuqorida tutilishi kerak. Mis sulfat ilan quritilgan
miya to‘qimasi skalpel bilan asta-sekin qirib olinadi va probirkaga solinadi. Uning
ustiga 5 ml xlorofom quyiladi. Xolesterin xona haroratida 5 daqiqa ekstraksiyalanadi.
Ekstrat quruq probirkaga filtrlanadi va ikki qismga bo‘linadi, ularga sifat reaksiyalar
o‘tkaziladi.
Zalkov reaksiyasi. 1 ml miya ekstratiga shuncha miqdorda konsentrlangan
sulfat kislota solib aralashtiriladi. Eritma bir oz tingandan keyin suyuqliklarning
yuqorigi xloroformli qavati qizil ranga, pastki sulfat kislota qavati esa sariq qizg‘ish,
yashil flyuoressensiyalovchi ranga bo‘yalganligi kuzatiladi. Suyuqlikni yuqori qismi
olib tashlangach, pasti qismga konsentrlangan sulfat kislota quyulsa, eritma pushti-
qizil ranga bo‘yaladi, flyurissensiya hosil bo‘ladi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling