244
UMLAUT (nem. Umlaut – unlini almashtirish). So‘zdagi
unlilarning
grammatik
shakl
yasash
vositasi
sifatida
almashinuvi.
Bu hodisa, mas., nemis tilida a, o,
u unlilarining
yumshashida ko‘rinadi. O‘zbek tilining ayrim shevalarida,
mas., Namangan viloyatidagi
shevalarida umlaut hodisasi
uchraydi.
FLEKSIYA (lot. flexio – egilish, bukilish)
. So‘z
o‘zgarishlarida namoyon bo‘ladigan grammatik kategoriyalar
majmui ko‘rsatkichi; qo‘shimchalar qo‘shilishi
yoki asos
(negiz)dagi ba’zi tovushlarning o‘rin almashinishi natijasida
so‘zlarning dastlabki shaklini yo‘qotishi yoki o‘zgartirishi.
FLEKTIV
TILLAR.
Morfologiyada, ba’zan so‘z
yasalishida fleksiya hodisasi ustunlik qiladigan tillar.
FLEKTIV. Fleksiya xususiyatiga ega bo‘lgan; fleksiyaga
oid.
FONEMA.
So‘zlar,
morfemalar
va
grammatik
shakllarning tovush qobig‘ini,
binobarin, ma’nolarini ham
farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik segment birlik.
Fonetik jihatdan yaqin va funksional jihatdan o‘xshash
tovushlar sinfining qisqacha ifodalanishi. Bir fonemaga aynan
bir tovushning turli-tuman ko‘rinishlari
birlashib, muayyan
tilda ushbu barcha turlar aynan bir vazifaga ega bo‘ladi.
FONEMA VARIANTI. Fonemaning nutqda yondosh
tovushlar ta’sirida paydo bo‘ladigan ko‘rinishi. Masalan, v
fonemasining
lab-lab variantlari.
Do'stlaringiz bilan baham: