242
deskriptiv tilshunosligi: L.Blumfild, Z.Xarris, G.Glisson va
boshqalar.
TEZAURUS (yun. thesauros – xazina, boylik)
. Muayyan
tildagi barcha so‘zlarni qamrab oladigan,
ularning matnda
qo‘llanish holatlarini to‘la-to‘kis aks ettiradigan lug‘at.
TERMINLAR. Fan, texnika, adabiyot, san’at
va boshqa
sohalarga oid ixtisoslashgan tushuncha nomlari.
TERMINOLOGIYA (lot. terminus chek, chegara
belgisi,
logos - so‘z, ta’limot). 1.Ma’lum sohaga oid terminlar majmui.
2.Tilshunoslikning terminlar yaratish tamoyillari,
ularni
tartibga solish muammolari bilan shug‘ullanuvchi, terminlarga
doir ilmiy-nazariy va amaliy masalalarni o‘rganuvchi bo‘limi.
TIL SATHLARI. Tilni tekshirish jarayonida,
uni tahlil
etishning turli usullarida belgilanadigan qatlamlari. Tilning
asosiy sathlari: 1)
fonetik sath; 2) leksik sath; 3)
grammatik
sath.
TIL SHOXOBCHALARI. Genetik jihatdan yaqinlik
belgilariga ega bo‘lgan til oilalarining ichki guruhlari, shu oila
ichidagi til guruhlari.
TILLAR OILASI. Kelib
chiqish asosining umumiyligi,
fonetik, leksik va grammatik jihatdan o‘zaro o‘xshashligi,
yaqinligi bilan izohlanadigan tillar guruhi. Mas.,
turkiy tillar
oilasi.
Do'stlaringiz bilan baham: