Tilshunoslik


Tovush moslashuvi hodisasi


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Tovush moslashuvi hodisasi. Bu hodisa bo‘yicha 
so‘zlarni talaffuz qilish paytida ikki jarangsiz tovushdan biri 
ikkinchisini o‘ziga qisman o‘xshatib oladi: to‘qson – to‘xson, 
taqsim – taxsim, maqsad – maxsad kabi. 
Gaplologiya hodisasi. Gaplologiya hodisasiga ko‘ra so‘z 
tarkibidagi ma’lum bir bo‘g‘inning to‘liq tushib qolishi 
nazarda tutiladi: qayin og‘a – qaynog‘a, qayin ona – qaynona 
kabi. 
Diareza hodisasi. Diareza hodisasida so‘z talaffuzi paytida 
biror tovushning tushirilib qoldirilishi nazarda tutiladi. Bu 
hodisa faqat talaffuz shakliga xos. Yozma shaklida asliga 
muvofiq to‘g‘rilab yoziladi. Masalan: Samarqand – Samarqan, 
go‘sht – go‘sh, past – pas kabi. 
Epenteza hodisasi. Epenteza hodisasida so‘z o‘zagiga 
qo‘shimcha qo‘shilganda yangi tovush qo‘shilishi kuzatiladi. 
Masalan: bu + ga – bunga, u+da – unda, shu+ dan – shundan 
kabi. 
Tilning morfologik qurilishi. O‘zak va negiz. Sintaktik 
munosabat orqali nutqda qo‘shimchalar asosida so‘zlarni 
shakllantiramiz. Shunday ekan o‘z-o‘zidan ularni tahlil 
qilishda qismlarga bo‘lib o‘rganamiz. Masalan: gul-chi, o‘qi-t-
uvchi-lik, ish-chi-lar-i-miz. Bu yerda sanalgan misollardagi 
qismlardan faqat uchtasigina ya’ni gul, o‘qi, ish mustaqil holda 
leksik ma’no ifodalaydi. Qolganlari mana shu uchta so‘zni 
shakllantirishga hissa qo‘shadi, xolos. Ammo, o‘zicha leksik 
ma’no anglatmaydi. So‘zning o‘zicha leksik ma’no ifodalab 
boshqa lug‘aviy qismlarga ajratilmaydigan shakli o‘zak 
deyiladi. Masalan: gul, suv, ish, o‘qi kabi. 
O‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimchalarning qo‘shilishi 
natijasida negiz hosil qilinadi. Demak, negiz faqat yasama 
so‘zlardagina mavjud bo‘ladi. Barcha so‘zlarda negiz 


101 
bo‘lavermaydi, ba’zan bir so‘zda birdan ortiq yasovchi 
qo‘shimcha bo‘lsa, birdan ortiq negiz bo‘laveradi. Masalan: 
temir+chi+lik, chorva+chi+lik kabi. Negizga ham o‘z 
navbatida shakl yasovchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalar 
qo‘shiladi. Masalan: gul+chi+ga, kitob+xon+lar va hakozo. 
Bundan ko‘rinadiki, negiz turli xil tarkibiy qismlarga bo‘linadi. 
Bu tarkibiy qismlar ma’no bildiruvchi o‘zak va leksik ma’no 
anglatmovchi qo‘shimchalardan iborat bo‘ladi. Morf va 
morfemalar ham bir - birdan farqlanadi. Bularni bo‘g‘inlar 
bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Masalan: suv+chi so‘zi ikki 
bo‘g‘indan tashkil topgan. Bu so‘zning bo‘g‘inga va 
morfemalarga bo‘linishi mos keladi. Ammo, u+kam so‘zi ikki 
bo‘g‘inga shu tarzda bo‘linadi. Morfemaga esa u+kam tarzida 
emas uka+m tarzida ajratiladi.
Ba’zan bir morfemani 2 ta 3 ta morf bilan ifodalash 
mumkin. Bunda bu morflarni allamorf deb ataymiz. Bir 
qo‘shimchaning turli xil yozilishi allamorfdir. Masalan: 
kelguncha, chiqquncha so‘zlaridagi -guncha, -quncha yoki 
uyga, boqqa so‘zlaridagi -ga va -qa qo‘shimchalari 
allamorflardir. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling