Tilshunoslik


Qo‘shimchalarning turlari


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Qo‘shimchalarning turlari. Mustaqil holda leksik ma’no 
anglatmay, o‘zak va negizga qo‘shilib turli xil ma’no jilolarini 
qo‘shadigan morfologik birliklar qo‘shimchadir. Qo‘shimcha 
morfemalar uchga bo‘linadi: a) so‘z yasovchi; b) shakl 
yasovchi; v) so‘z o‘zgartiruvchi.
So‘z yasovchi qo‘shimcha morfemalar o‘zak yoki negizga 
qo‘shilib uning ma’nosi bilan bog‘liq bo‘lgan yangi so‘z 
yasaydi: -chi, -la, -paz, -kor va hakozo. 
So‘zning lug‘aviy ma’nosini o‘zgartirmasdan, qo‘shimcha 
ma’no 
qo‘shadigan 
morfemalarga 
shakl 
yasovchi 
qo‘shimchalar deyiladi: -jon, -xon, -cha, -choq va hakozo. 
Bunga otlardagi ko‘plik, erkalash, kichraytirish, fe’llardagi 


102 
zamon, nisbat, mayl sonlarning ma’no turlarini yasovchi 
qo‘shimchalar kiradi. 
Bir so‘zni boshqa so‘zlarga bog‘laydigan, gapda ma’lum 
gap bo‘lagi vazifasida kelishini ta’minlaydigan qo‘shimchalar 
so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar deyiladi: -ng, -si, -ning,- ni, 
-ga, -da, -man, -san va hakozo. 
Qo‘shimchalar o‘zakka ko‘ra joylashishiga qarab uchga 
bo‘linadi: prefiksal, infiksal, postfiksal.
Prefiksal morfemalar ko‘proq fors-tojik tillaridan kirib 
kelgan so‘zning olidga qo‘shiladigan ba-, ser-, no-, be- 
kabilardir. 
Infiksal morfemalar so‘z o‘zagining ichiga joylashadi: 
kitob-kutub kabi.
Postfiksal morfemalar so‘z o‘zagidan so‘ng qo‘shiladi: 
bog‘bon, oshpaz, gulchi kabi. 
So‘z yasalishi tizimi. Tillarda yangi ma’noli so‘zni hosil 
qiluvchi har qanday usul so‘z yasalishi deyiladi. O‘zbek tilida 
ot, sifat va fe’l so‘z turkumlarida so‘z yasalish tizimi bor. 
Professor A.Hojiyev ravish turkumida morfologik usuldagi 
so‘z yasalishi yo‘qligini qat’iy aytgan: O‘zbek tiliga oid ilmiy 
adabiyotlarda, darslik va qo‘llanmalarda „ravish turkumi“ 
o‘ziga xos morfologik kategoriyalarga ega emasligi, lekin 
o‘ziga xos so‘z yasalishiga egaligi bilan alohida so‘z turkumi 
hisoblanishi tan olinadi. Biroq ravish yasovchilar deb 
qaralayotgan faktlarning tahlilidan ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek 
tilida ravish yasash uchun xizmat qiluvchi bironta ham 
morfema (affiks yoki yordamchi so‘z) yo‘q. O‘zbek tilida 
ravish yasovchi faol qo‘shimchalar deb baholanuvchi -cha, -
larcha, -lab kabilarni ravish yasovchi (umuman, so‘z yasovchi) 
hisoblash mumkin emas. [A.Hojiyev, 2007: 59]. 
Bugungi zamonaviy tilshunoslikda asosan besh xil usul 
bilan so‘z yasalish usuli mavjud. 


103 
1.So‘z o‘zagiga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shib yangi 
so‘z yasash usuli eng keng tarqalgan usullardandir. Bunday 
so‘z yasash usulini morfologik yoki affiksatsiya usuli ham 
deyiladi. Masalan: suvchi, gulli, bilimli, aqlli kabi so‘zlarda 
qo‘shimcha qo‘shilishi orqali mutloq yangi so‘z yasalgan.
2.Ikki va undan ortiq so‘zning qo‘shilishidan yangi
qo‘shma so‘z yasaladi. Bu usulga sintaktik yoki kompozitsiya 
usuli 
ham 
deyiladi. 
Masalan: 
xontaxta, 
ko‘zoynak, 
gultojixo‘roz, oybolta kabi so‘zlar. Shuningdek, ikki so‘zni 
juftlash orqali ham yangi so‘z yasalishi sintaktik usulga misol 
bo‘ladi: bordi-keldi, omon-eson, qovun-tarvuz kabi. 
3.Qisqartirib yangi so‘z yasashga qisqartma so‘zlar yoki 
abbreviatura ham deyiladi. Bunday so‘z yasash xususiyati 
faqat ot so‘z turkumiga xos: AQSH– Amerika Qo‘shma 
Shtatlari, XDP–Xalq demokratik partiyasi, SamDCHTI– 
Samarqand davlat chet tillar instituti kabi. 
4.Bir so‘z turkumidan boshqa so‘z turkumiga ko‘chirish 
orqali yangi so‘z yasalishi konversiya yoki semantik usulida 
so‘z yasalishi deyiladi. Sifat va fe’l ot so‘z turkumiga, son 
ravish so‘z turkumiga o‘tadi. Boshqa so‘z turkumiga ko‘chgan 
so‘z yangi ma’no anglatadi va gapdagi vazifasi ham o‘zgaradi. 
5.Takrorlash orqali yangi so‘z yasash. Bunday so‘z 
yasalish usulida so‘zlar takrorlanish orqali yasaladi. Masalan: 
xola-xola (o‘yin nomi), yo‘l-yo‘l (mato rangi), bip-bip 
(avtobus) kabi.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling